Bitiruv malakaviy ishi


II BOB. ILMIY IZLANISHNI, MAQSADI, VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNI TASHKIL ETISH



Download 394 Kb.
bet2/3
Sana28.06.2017
Hajmi394 Kb.
#18784
1   2   3

II BOB. ILMIY IZLANISHNI, MAQSADI, VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNI TASHKIL ETISH.



II.1. Ilmiy izlanishni, maqsadi, vazifalari.

Izlanishning maqsadi: ilmiy izlanishning olib borilishidan maqsad yosh futbolchilarda tezkorlik-kuch sifatlarini rivojlantirish, kuchlilik dinamikasini oshirish, yillik mashg’ulotlar mobaynida mashg’ulotlarni to’g’ri taqsimlash va bir qancha faktorlarni tezlikni oshirishiga ta’sirlari xakida.

Izlanish vazifasi: Ilmiy izlanishning asosiy vazifalari:

  1. Yosh futbolchilarning tezkorlik-kuch sifatlarini rivojlantirishning ilmiy izlanishi.

  2. Yillik mashg’ulotlar davrida sport mahoratini rivojlanishini oshirishning ilmiy izlanishlari

  3. Tadqiqot yo’li bilan yosh futbolchilarda o’quv-mashg’ulotlar jarayonida tezkorlik-kuch sifatlarining o’sishini tekshirish.

II.2.Ilmiy izlanishning usullari.

Oldimizga qo’yilgan vazifalarni xal etishda qo’yidagi usullardan foydalaniladi:



  1. Adabiyotlarning o’rganilganligi.

  2. Pedagogik kuzatuvlar: xronometraj o’quv-mashg’ulot jarayonida va o’yin jarayonida .

  3. Pedagogik nazoratlarni qo’llash.

  4. Pedagogik tadqiqot .

  5. Matematik va statistik usullar.


II.2.1.Ilmiy uslubiy adabiyotlarning o’rganilganligi.

Ilmiy izlanishga qo’yiladigan savollarni chet el va yurtimizda yozilgan ilmiy uslubiy adabiyotlardan foydalanilib, o’rganilib to’zildi. Foydalanilgan adabiyotlarda yillik mashg’ulotlarni to’zish, tezkorlik-kuch sifatlarini rivojlantirish, jismoniy sifatlarni oshirish yo’llari ishlab chiqilgan.



II.2.2. Pedagogik ko’zatuv.

Bizning pedagogik kuzatuv jarayoni Samarqand shahrida joylashgan futbol maktablari va B.O’.S.M. da olib borildi. Pedagogik kuzatuv davri 2011 yilning sentyabr oyidan 2012 yilning mart oyigacha olib borildi.



II.2.3. Pedagogik nazorat sinovlari.

Pedagogik nazorat sinovlari (testlar, maxsus adabiyotlar tahlili va olingan anketalar natijalaridan kelib chikib, ushbu testlar orqali futbolchilarda tezkorlik-kuch sifatlarini oshirish mumkin bo’ladi;

1. 15 metrga yugurish


    1. metrga yugurish

3.Uzunlikka sakrash

4.Balandlikdan sakragandan sung uzunlikka sakrash

5.Uch xatlab sakrash

6.Yuqoriga sakrash


II.2.4 Pedagogik tadqiqot.

Pedagogik tadqiqot to’zishdan maqsad yosh futbolchilarda tezkorlik-kuch sifatlarini oshirish, jismoniy tayyorgarligini baholashdir.



II.2.5. Matematik statistik usullar.

Tadqiqot jarayonida mashqlarning samaradorligini tahlil qilish uchun o’rta arifmetik (X), sredneye kvadraticheskoye otkloneniye (G), koefisiyent variasii (V%) va dostovernost razlichii po t-kriteryu Styudenta matematik statistik usullardan foydaliniladi.



II.3 Ilmiy izlanishni tashkil qilish.

Ilmiy izlanishni tashkil etishda qo’yidagi vazifalarni o’z oldimizga kuyamiz:



  1. Yosh futbolchilarda tezkorlik-kuch sifatlarini oshirishni yillik o’quv-mashg’ulotlar jarayonida ishlab chiqarish va qo’llash;

  2. Yillik o’quv-mashg’ulotlar jarayonini tarkibini ishlab chiqish va qo’llash;

  3. Yosh futbolchilar tomonidan bajariladigan tezkorlik mashg’ulotlar hajmini ishlab chiqish;

Ilmiy izlanish 2011 yilning sentyabr oyidan 2012 yilning mart oyigacha olib borildi.

Tadqiqot ishlari Samarqand shaxridagi futbol maktabida olib borildi. Unda 1996-1998 yilda to’g’ilgan 40 nafar yosh futbolchilar qatnashdilar.



III BOB. YOSH FUTBOLCHILARNING YILLIK MASHG’ULOT DAVRIDAGI O’QUV – MASHG’ULOT JARAYONLARINING HAJMI VA TARKIBI.
III.1. Yillik mashg’ulotlar davridagi o’quv-mashg’ulot ishlari tahlili.
Bizga ma’lumki, maxsus bolalar va o’smirlar futbol maktablarida o’quv-mashg’ulot jarayonlari maxsus ishlab chiqilgan va tasdiklangan dastur asosida mashg’ulot jarayonlari olib boriladi. Yosh futbolchilarning yillik mashg’ulot davridagi o’quv-mashg’ulot jarayonlarining hajmi va tarkibini o’rganish maqsadida 2 xil yoshli guruxlarning 11-12 va 13-14 yoshli futbolchilarning o’quv-mashg’ulot jarayonlarini tahlil kildik.
3.1.1. Yillik mashg’ulot davridagi o’quv-mashg’ulot ishlarining 11-12 yoshli futbolchilarning tayyorgarligidagi tahlili.

Yillik mashg’ulotlar davridagi o’quv-mashg’ulotlar ishlarining tahlil natijalariga kura 260 ta o’quv-mashg’ulot darslari tashkil kilindi va kalendar bo’yicha 430 soatni tashkil etdi. Oylik xisobda o’quv-mashg’ulot yuklamalarini o’rtacha 35,8 soatni tashkil etdi. Lekin bu soatlar to’g’ri taqsimlanmadi. Agar 2003 yilning noyabr va dekabr oylarida o’quv-mashg’ulotlar soati 37-38 soatni tashkil etsa, 2011 yilning yanvar va fevral oylariga kelib yuklama 33-34 soatga tushib ketdi. Keyin esa oyiga yana kutarilib va yana o’rtacha 35-37 soatni tashkil etdi. 2011 yilning sentyabr, oktyabr, noyabr, va dekabr oylarida yuklamalar yana to’g’ri taqsimlanmagan.

Shuni ta’kidlash kerakki, Samarqand shahar futbol internati murabbiylari o’z ishlarida B.O’.S.M. lar uchun ishlab chiqilgan dasturlarga juda muxim ravishda yondoshishadi. Unda to’p bilan ishlangan mashqlarning vaqt miqdori va to’psiz bajarilgan mashqlarning vaqt miqdorlari 1 yillik o’quv-mashg’ulot jarayoniga to’g’ri taqsimlangan.

Tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, futbolchilarning o’quv-mashg’ulot jarayonlarida to’p bilan bajargan mashqlari hajmi 87 % dan 93 % gachani tashkil etdi. To’psiz bajarilgan mashqlar miqdori esa 7 % dan 12 % gacha bo’lgan vaqtni tashkil etdi.

Tahlil natijalariga kura 10 oy davomida o’tkazilgan o’quv-mashg’ulot jarayonlarida qo’yidagilar ham aniqlandi. O’quv-mashg’ulot ishlarida katta hajmdagi mashg’ulotlar umumiy chidamkorlikni tarbiyalashga yo’naltirilgan. Mashg’ulotlarning umumiy hajmi esa 179 soatni tashkil etdi (45,3%). Shuni ta’kidlash kerakki, katta hajmdagi o’quv-mashg’ulot ishlari umumiy chidamkorlikni tarbiyalashga qaratilgan, metodika nuktai nazaridan olib qaralganda bu ish unchalik ham to’g’ri emas. Mualliflarning ta’kidlashicha, 11-12 yoshli futbolchilarga mashg’ulotlar jarayonida katta hajmda mashg’ulotlarni, jismoniy sifatlarni tarbiyalashga, chaqqonlikni, egiluvchanlikni, tezkorlik va tezkorlik kuch sifatlarini tarbiyalashga qaratilishi kerak. Umumiy chidamkorlikni tarbiyalash esa 12-13 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan davrlarni o’z ichiga oladi. Bu jarayonda tezkorlik va chidamkorlikni tarbiyalashga 23,7 soat (64%) vaqtni ajratdi.

Chaqqonlik va egiluvchanlikka ajratilgan mashq miqdori 22,3%, kuch imkoniyatlariga esa 6,8 % mashq miqdoriga vaqt ajratildi.

Yugurish tezligini tarbiyalashga esa 46,2 soat vaqt ajratildi. Bu esa har bir mashg’ulotda 10,7 daqiqa vaqt demakdir. Bu degani ushbu bosqichda tezkorlik sifatlariga murabbiylar juda kam vaqt ajratishgan.

Tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalashga 31,9 soat vaqt ajratilgan. Bu esa o’rtacha 8,2 % o’quv-mashg’ulotlar jarayoni vaqtini tashkil etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, tezkorlik va tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalashga ham deyarli bir xil vaqt ajratilgan.



Izlanishlar natijasida tezkorlik ishlari hajmi shuni ko’rsatadiki, musobaqa davrida futbolchilar tomonidan bajarilgan umumiy tez yugurishlar soni deyarli bir xil. 3 jadvaldan ko’rinib turibdiki, o’yinlar bo’yicha umumiy masofa 4840 metr, to’p bilan tez yugurishlar esa 1860 metr, bu esa 38,4% to’psiz tezlik 2890 metr (61,6%) bu dalil esa o’quv-mashg’ulot jarayonida tezkorlik-kuch sifatlarini oshirish uchun nomaxsus bo’lgan mashqlarni qo’llash qanchalik kerak bo’lishini isbotlaydi.

3 jadval
O’rtoqlik va kalendar uchrashuvlardagi 12 yoshli futbolchilar tomonidan bajarilgan
tezkorlik ko’rsatkichlari.

Masofa(m)

To’p bilan

To’psiz

Jami

Tez yugurishlar soni

Umumiy ulcham

O’yin uchun o’rtacha ulcham

Tez yugurishlar soni

Umumiy ulcham

O’yin uchun o’rtacha ulcham

Tez yugurishlar soni

Umumiy ulcham

O’yin uchun o’rtacha ulcham

5
10
15
20


135
63
21
12

675
630
315
240

15,3
14,3
7,15
5,45

227
86
39
20

1135
860
585
400

25,8
14,5
13,3
9,1

362
149
60
32

1810
1490
400
640

41,13
33,8
20,4
14,5

Jami

231

1860




372

2890




603

4840




O’rtacha

5,25

42,3




8,45

67,7




13,7

110




III.1.2. 13-14 yoshli futbolchilar tayyorgarligini yillik aylanma o’quv-mashg’ulot ishlarining tahlili.

13-14 yoshli futbolchilarning o’quv-mashg’ulot jarayoni hajmi va tarkibini solishtirib ko’rish maqsadida tahlil o’tkazildi. O’quv-mashg’ulotlar hajmi va musobaqa davrlari uchun 522 soat vaqt ajratildi. Mashg’ulotlar dasturiga umumiy mashqlar va maxsus jismoniy tayyorgarliklar kirgan: texnikalarni o’rganish va o’yin taktikasi, texnik va jismoniy tayyorgarlikning nazorat sinovlari kiritilgan.

Mashg’ulot va o’yinlar uchun umumiy 268 kunni tashkil etdi

(4 jadval ). Shuni ta’kidlash kerakki, sport maktablari uchun dasturda jami 594 soat vaqt belgilangan. Katta hajmdagi o’quv-mashg’ulot darslari (oylik 75 % dan 93% gacha) to’p bilan bajariladigan maxsus mashqlarga kiradi. Lekin bu maxsus va nomaxsus mashg’ulot usullari hamisha ham olimlarning nuktai nazaridan yosh futbolchilarda tezkorlik va tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalashdagi to’g’ri yo’l deb ko’rsatilmaydi.

Tahlillar natijasi shuni ham ko’rsatadiki, tezkorlik va tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalash usullari ham ko’p miqdorda emas, aksincha chegaralangan.

Shuni ta’kidlash kerakki, tezkorlik va tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalashga yetaqlovchi kichik vaqt hajmi mashg’ulotlarda qo’llaniladigan usullarning yetarli bulmagan samaradorligidan dalolat beradi. Murabbiylarning ta’kidlashlaricha, yosh futbolchilarning mashg’ulotlari jarayonida «zarba metodi»ni qo’llash samaradorlikni oshirishga to’g’ri yo’ldir. Lekin o’quv-mashg’ulot jarayoni tahlili bu metodni juda ham to’g’ri deb chiqarmadi. Shu bilan birga o’quv-mashg’ulot jarayoni tahlili shuni ko’rsatdiki, sportning nazariy metodik qo’llanmasi va yosh futbolchilarning amaliy tayyorgarligi o’rtasida sezilarli darajadagi farqni ko’rsatadi.



4-jadval

13-14 yoshli futbolchilarning o’quv mashg’ulotlar jarayonida jismoniy sifatlarini tarbiyalashga ketkazgan vaqt (minut) ko’rsatkichlari.


Tayyorgarlik bo’limlari

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

dekabr

Minut

UMJ ketkazilgan vaqt %

Vaqt. Tavsiya etilgan dastur bo’yicha

2250

2250

2250

2250

2250

2250

2250

2250

2250

2160

2160

2160

26730




Mashg’ulot va o’yinlarning umumiy vaqti

2340

1800

2160

1980

1890

2070

450

3150

1980

1890

1890

1890

23490




O’yinlar vaqti

540

360

630

360

450

540

90

810

360

630

450

360

5580




O’quv-mashg’ulot darslarining vaqti

1800

1440

1530

1620

1440

1530

360

2340

1620

1260

1440

1530

17910

100

Umumiy va ralash chidamkorlik

980

790

700

750

850

800

280

1300

950

500

750

700

9350

52,2

Tezkor chidamkorlik

80

90

80

90

70

120

-

200

150

100

80

100

1160

6,5

Kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik

350

300

370

300

180

250

50

300

200

200

160

250

2910

16,2

Tezkorlik

250

100

150

200

210

180

30

350

200

210

120

200

2200

12,3

Tezkorlik kuch sifati

140

160

230

280

130

180

-

190

120

250

330

280

2290

12,8

III.1.3. Har xil o’quv-mashg’ulotlar darsida tezlikni oshirishning dinamik hajmi.

Bizga ma’lumki, har xil o’quv-mashg’ulotlari darslarida amaldagi tezliklarning tebranishi judayam muximdir. Shunday kilib, mashqlarda minimal amaldagi tezlik masofasi hajmi 55m, maksimal masofasi hajmi -230m.ga to’g’ri keladi. Bu avvalam bor o’quv-mashg’ulot darslarining aylanma tayyorgarligi bilan aniqlanadi. Barcha mashg’ulotlar davomida futbolchilar tomonidan bajariladigan umumiy amaldagi tezliklar masofasi hajmi bir oz yuqori. Amaldagi tezlik masofalari hajmi rejalashtirilganda murabbiylar asosan yakshanba kuni o’tkaziladigan o’yinlarni o’tkazmaydilar.

Futbolchilar tomonidan bajariladigan ikki xaftalik aylanma mashg’ulotlarning amaldagi tezlik masofasi hajmining dinamikasi ko’rsatilgan. Futbolchilar o’yin davomida o’rtacha masofa 155 va 145m bajarishgan. Ertangi kuni, ya’ni dushanba kuni murabbiylar mashg’ulotlar olib borishganda amaldagi tezlik masofasi hajmi minimal bo’lgan (55-70m atrofida). Seshanba va Payshanba kuni tezlikka yugurish masofasi 190 metrdan 230 metrlar atrofida tebrangan. Ko’rinib turibdiki murabbiylar mashg’ulotlar davomida mashqlarni murakkablashtirishni aniqlab olishadi, tezlikka yo’naltirilgan mashqlar judayam samarali deb xisoblaydilar, bundan ko’rinib turibdiki, o’yin harakati va mashg’ulot darslari davomida amaldagi tezlik masofalari hajmi uncha yuqori emas.

11-12 yoshli futbolchilar ikki xafta davomida bajaradigan mashg’ulotlar aylanmasining amaldagi tezlik masofa hajmi, o’quv-mashg’ulot ishlarini tahlil kilganda qo’yidagi natija aniqlandi. Ikki xafta mashqlar aylanmasi davomida texnik-taktik mashg’ulotlari va texnikani oshirish mashg’ulotlarining eng ko’p bo’lgan masofasi hajmida tezkor yugurish 5 va 10 metr masofaga bajarilganda, ushbu kunlarga to’g’ri kelmoqda. O’quv- mashg’ulotlar vaqtida futbolchilar tomonidan bajarilgan umumiy tezkor yugurish miqdori 5m 45,5%ni tashkil kildi, 10 metr masofaga tezkor yugurish esa -32,8% tashkil etadi.

Shuni aniqlash mumkinki o’yin vaqtida futbolchilar 5 m oralikka tezkor yugurishlari 60% atrofida bo’ladi, 10 metrlida -24,7%, 15 metrlida -10%. Barchasi shuni ko’rsatadiki mashg’ulot vaqtidagi harakatlar musobaqaga o’tganda tezkorliklar hajmi o’zgaradi.
III.2. Yosh futbolchilarning tezlik va tezkorlik-kuchini rivojlantirish sifatining o’smirlik davridagi o’sish dinamikasi.
Yosh futbolchilarning tezlik va tezkorlik-kuchi sifatining o’smirlik davridagi o’sish dinamikasini sinchkovlik bilan tahlil kilganda biz tezkorlik-kuchi, tezlik va kuch sifatini aloxida kurib chiqdik.
III.2.1. Yosh futbolchilarning tezkorlik-kuchi sifatining o’smirlik davridagi dinamikasi.
Yosh futbolchilar o’sishi (o’smirlik davrigacha), ya’ni 9 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan davrda ularning tezkorlik-kuchi sifati 40-45% oshib boradi . Shuni aytish lozimki 100%li tezkorlik-kuchi sifati darajasini oshirishda, biz 19 yoshli malakali futbolchilarning qo’yidagi ko’rsatmalarini oldik, bular barchasi turli sakrash mashg’ulotlaridan tashkil topgan: joydan turib uzunlikka sakrash va sakraganda 40sm, uch xatlab sakrash va balandlikka sakrash 241,5 ±1,95sm, 238,5±2,07sm, 745±14,2sm va 500±2,5sm.larga mos keladi. Joydan turib uzunlikka sakrash va sakraganda balandligi 40sm bo’lishi kerak, hamda uch xatlab sakrash va balandlikka sakrash 11 yoshli futbolchilarda 70,8%, 69,2%, 65,6% va 62,6% tashkil kilgan xolda ko’rsatiladi. Bu ko’rsatmalarning o’rtacha bir yillik natijasi 2,92%, 3,1% va 3,75%ga oshishni tashkil kiladi. Futbolchilarning tezkorlik-kuchi sifatlari oshishi notekis xolda yuz beradi. Shunday kilib bularning dinamikasini 3 bosqichga bo’lish mumkin: 1) 9 yoshdan 13 yoshgacha; 2) 13 yoshdan 17 yoshgacha; 3) 17 yoshdan 19 yoshgacha. Ko’rsatmalarga tayangan xolda bu bosqichlarda yuqoriga sakrash 12,2%, 26,9% va 4,2% tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki futbolchilarning eng yuqori tezkorlik-kuchi sifati oshishi o’smirlik bosqichida ya’ni 13 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan davrda yuz beradi. Bu xol uzunlikka sakrash, balandga sakrash va uch xatlab sakrashda 24,7%, 25,9% va 23,6%ni ko’rsatganligi ham tasdiklayapti.

Joydan turib balandlikka sakrash natijalariga kura 9 yoshdan to 19-20 yoshgacha bo’lgan davrda tezkorlik-kuchi sifati ma’lum darajaga oshganligini ko’rsatadi. 9-10, 10-11, 11-12, 12-13, yoshlarda o’smirlar guruxida uning mavjud bulmagan o’sishi 2,5% dan 3,6% gacha yetadi, asosan 13-16 yoshli o’smirlar guruxlarida tez o’sish bilan o’zgaradi. 9-17 yoshli futbolchilarining joydan turib sakrash ko’rsatmalari bo’yicha ilmiy adabiyotlar asosida tezkorlik-kuchi sifatlarining baho shkalalari statistik materiallari ishlanmalariga ega. Bu shkala bo’yicha yosh futbolchilarning o’smirlik guruxlariga qarab ularning tezkorlik-kuchi sifatlarining o’sish darajasini baholash mumkin.


III.2.2. Yosh futbolchilarning tezkorlik sifatining o’sish dinamikasi.
Bizning tadqiqotlarimiz natijalariga kura va ilmiy metodik manbalarga tayangan xolda 10 yoshli futbolchilar 15 va 30 metr masofaga startdan boshlab yugurishning umumiy tezligi 17,7% va 19,3%dan oshadi.

Chuqurlashtirilgan mashg’ulotlar olib borish davrida (12 yoshdan 16 yoshgacha) tezlik imkoniyatlari ma’lum bir darajada samaraliroqdir. Ya.A.Salem ma’lumotlariga kura 30m masofaga yugurish tezligi 17,7% tashkil etadi. Ayniksa o’smirlar guruxi, ya’ni 13-14 yoshlardagi futbolchilarda o’sish samarali bo’ladi (9%-10% atrofida).

Tezkorlik imkoniyatlari eng kam o’sish tempi sportning mukammalashtirish bosqichida qo’yidagi xollarda aniqlanadi: 16 yoshdan malakali futbolchilar bo’lgan darajasigacha bo’lgan davrda 15 va 30 metrlar 4,9% va 5,6% startdan boshlagandan iborat.

III.2.3. Yosh futbolchilarning kuch sifatini oshirish dinamikasi.
Ilmiy-metodik adabiyotlar manbalariga asosan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan vaqt davrida futbolchilarning chap va ung qo’llarining dinamometriyasi 53,9% va 53,4%ga; gavda kismi dinamometriyasi 3,65%ga; oyoq kismining musqo’l kuchlarining dinamometriyasi 36,6%ga usadi.

V.F.Filin ma’lumotiga asosan har xil turdagi sportchilarning asosiy musqo’l kuchlarini tadqiqot kilganiga binoan 17-18 yoshdagi sportchilar professional sportchilar darajasiga yetadi.

Ya.A.Salem tadqiqotlari ushbu natijani ko’rsatadiki 15-16 yoshdagi o’smir guruxlarning gavda kismi kuchi va oyoq musqo’llari ma’lum darajada –8,6% va 10,6%ga usadi va 16-17 yoshlarda 11,4%-10,5%larga usadi.

Gavda kismining musqo’l kuchlari va oyoq musqo’l kuchlarining uspirinlik davrdagi kuch sifatini oshirish bir xildagi dinamika rejasiga e’tibor bering, bunda barcha 12-17 yoshdagi futbolchilarning koeffisiyent (korrelyasiyasi) juda yuqori ko’rsatkichni ko’rsatdi (r=0.77). Bu yoshdagi futbolchilarning tezkorlik-kuchi sifatini oshirish maqsadida mashg’ulotlarda «zarba metod»ini samarali qo’llash kerak.


III.3. Ushbu bo’lim bo’yicha xulosa.
1. Adabiyot manbalarni o’rganib va o’quv-mashg’ulotlari shuni ko’rsatadiki ko’pgina sport maktablari bo’limlarida o’smirlar va yoshlarni tezkorlik-kuchini tayyorlashga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Yosh futbolchilar tarbiyasini metod va vositalar bilan oshirish asosida asosan tezkorlik-kuchining tayyorgarlik darajasini oshirish kerak. Hozirgi vaqtgacha har xil uspirin futbolchilar guruxlarida tezkorlik sifatlarini oshirish bo’yicha «zarba»metodik ishlanmasini qo’llashga xech kanday tadqiqotlar olib borilmagan.

2. Bir yil mobaynida o’quv-mashqlar tahlili shuni ko’rsatadiki, o’quv-mashg’ulotlariga va o’yinlarga sarflangan umumiy vaqt 430 kalendar soatlarga mos keladi, bu kalendar soatlar sport maktablari uchun ko’rsatilgan dasturga mosdir. Bunda umumiy o’quv-mashg’ulotlarining 87%dan 93%gacha bo’lgan hajmi aniq mashg’ulotlarga ajiratiladi. Dasturda ko’pgina mashg’ulotlar miqdori noaniq xususiyatlarga ega bo’lgan xolda chora kurilgan.

3. Yillik aylanma o’quv-mashg’ulotlari tahlili shuni ko’rsatadiki o’quv-mashg’ulotlari hajmi va 12-13 yoshli futbolchilar musobaqasi 522 soatni tashkil etadi. Bu B.O’.S.M. dasturiga asosan bir oz kam vaqt ajratilganligidan dalolat beradi. Bu xol bir qancha ma’lumotlar bilan tushuntirilgan va aniqlangan. O’quv-mashg’ulotlarining ko’pchilik hajmi maxsus mashg’ulotlar bo’lib to’p bilan dars olib boriladi (har oy 75%dan 93%gacha). Bunday mashg’ulotlarning olib borish vositalari har doim tezkorlik va tezkorlik-kuchi sifatini oshirish yosh sportchilarda ijobiy natija bergan.Tezkorlik-kuchlarini tayyorlash mashqlarini dasturga kiritish va bu mashq to’p bilan bog’liq bulsa, qo’llaniladigan metodlarning samaradorligini pasaytiradi, ayniksa bunda «zarba» metodidir. 12-13 yoshdagi futbolchilarning asosiy o’quv-mashqlarga yo’naltirilganda, bunda ularni tarbiyalashda ularning umumiy va maxsus chidamligiga qaratiladi (vaqtning 52,2%).

Mashg’ulotlarning jami vaqtining 6,5% vaqti tezkorlikka va chidamlilikka, 16,2% chaqqonlikka va egiluvchan kuchlariga ajratiladi. Eng kam vaqt tezkorlikka (12,3%) va tezkorlik-kuchi sifatlarini (12,8%) yosh futbolchilarni tarbiyalashga ajratiladi. Sportchilarning tayyorgarligi nazariy-metodik manbalarning va murabbiylarning amaliy faoliyatlari asosiy har tomonlama yo’nalishlari ushbu ma’lumotlardan iborat.

4. 11-12 yoshli futbolchilarni amaliy tayyorgarliklarida ushbu xol aniqlandiki, bunda o’quv-mashg’ulotlarining ko’pgina, ya’ni 45% umumiy chidamlilikka yo’naltirilgan, yil davomida tezkorlikni va chidamlilikni sportchilarda tarbiyalash 61%, chaqqonlik va egiluvchanlikni tarbiyalash uchun 21,3% , kuch imkoniyatlariga fakat 6,8%, yugurish tezligiga 11,8%, tezkorlik-kuchi sifatiga 8,2% vaqtlar sarflanadi va ajratiladi. 11-12 yoshli futbolchilarning turli xil jismoniy sifatlariga yo’naltirilgan tarbiya, hamda ko’pgina yosh futbolchilarni tayyorlash maktablarida ajratilgan vaqtlar futbol nazariyasi va metodikasining ma’lum bir darajada talablarga javob bermaydi. Bu yoshda asosan yosh futbolchilarning tarbiyalashda chaqqonlikka, egiluvchanlikka, tezkorlikka va tezkorlik-kuchi sifatlariga ko’pgina vaqt ajratilishi kerak. Yosh futbolchilar ulgayganda ularni butunlay tezkorlikka chidamlilik asosida tarbiyalash kerak.

5. Musobaqa vaqtida 12 yoshli futbolchilar tomonidan bajariladigan tezkorlikka bajarishning umumiy hajmi o’rtacha xolda 110 metrni tashkil etadi. Bunda to’p bilan bajariladigan tezkorlik hajmi 42m.ga teng bo’ladi, to’psiz bajarish esa 68m tashkil etadi. O’yin davoimda sapchishning (rvok) umumiy miqdori 13,7ga teng, to’p bilan 5,2 marotaba, to’psiz 8,3 marotaba. O’yin davomida yosh futbolchilarda tezkorlikni oshirishning tez-tez bajarib turilish masofasi 5 metrdan 15 metrgacha.

O’quv-mashg’ulotini o’rtacha tezkorlik bajarilish hajmi 136,2 metrni tashkil etadi. Yuqorida ko’rsatilgan o’quv-mashg’ulotining tezkorlik bajarish hajmi yuqori emas deb xisoblash mumkin.

6. Chuqurlikdan balandlikka yuqoriga sakrash mashqlarini bajarganda ijobiy tomonlar aniqlandi. 12-13 yoshli yosh futbolchilar uchun 40sm, bu balandlikka bo’lgan sakrashning eng yuqorisi deb xisoblanadi. Joyidan turib yuqoriga sakrash balandligi, hamda chuqurlikka sakrashning balandligi 20sm, 40sm va 60sm balandliklarni tashkil etadi, bular 34,3sm, 36,4 va 34,4smga mos keladi.

Turli xil balandlikdagi dungaliklardan sakragandan keyin, yuqoriga sakrashni bajarishda tayanch joydan o’zini silkitish oralig’idagi vaqt o’zgarmaydi. Yuqoriga sakraganda yosh sportchilarning musqo’l kuchi ishlash vaqtini yengib utadi.


Download 394 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish