Bitiruv malakaviy ishi topshiriq varaqasi


MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana23.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#843987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Salimova Nilufar

MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish 
MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala yechiladi: 
1. Predmet sohasi obyektlarini qanday qilib ma’lumotlar modellarining abstrakt 
obyektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu masalaga ma’lumotlar bazasini 
mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi. 
2-rasm 
2.Ma’lumotlar bazasiga so’rovlarning bajarilish effektivligini qanday ta’minlash.Bu 
masalaga ma’lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi. 
Ixtiyoriy turdagi MB ni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet 
sohasini tahlil qilish bo’lib, u axborot tuzilmasini (kontseptual sxemalar) tuzish bilan 
yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so’rovlari tahlil qilinadi, axborot 
obyektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o’tkazilgan tahlil asosida 
predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch bosqichga 
bo’lish maqsadga muvofiqdir: 
kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; 
axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; 
predmet sohasining kontseptual modelini qurish va MBni kontseptual 
sxemasini loyihalashtirish. 
Kontseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi masalalarni hal 
qilish kerak: 
1. foydalanuvchilarning MBga bo’lgan talablarini tahlil qilish; 
2.MB dan o’rin olishi lozim bo’lgan axborotlarga ishlov berish bo’yicha 
mavjud masalalarini aniqlash; 
3.kelajakda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlash;


11 
4.tahlil natijalarini hujjatlashtirish. 
Ma’lumotlar bazasi – biror sohaga oid o’zaro bog’langan ma’lumotlar 
yig’indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib 
aytganda, ma’lumotlar bazasi – bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir 
strukturali, o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo’lib, u biror – 
bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o’rtasidagi munosabatni 
ma’lum ma’noda tavsiflaydi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – bu dasturiy va apparat 
vositalarining murakkab majmui bo’lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar 
bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT 
o’z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo’lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari 
deyiladi. MBBT ga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol 
keltirish mumkin.
MBBT asosiy xususiyatlari - bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda 
ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo’lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. 
Ma’lumotlarni o’zida saqlab va MBBT ostida boshaqariladigan fayl oldin ma’lumotlar 
banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi“ deb yuritila boshlandi. 
Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega: 
1. fayllar to’plami mantiqiy kelishuvni quvvatlaydi; 
2. ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi; 
3. har xil to’xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi; 
4. bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi. 
MBBT funksiyalari tarkibiga yanada aniqroq qilib quyidagilar qabul qilingan: 
1.
Tashqi xotirada bevosita ma’lumotlarni boshqarish. 
Bu funksiya MB ga bevosita kiruvchi ma’lumotlarni saqlash uchun kerakli 
strukturani ta’minlab tashqi xotiraga qo’shadi. MBBT ishlatishda mavjud fayl 
tizimi imkoniyatlari aktiv ravishda ishlatiladi. Rivojlantirilgan MBBT da 
foydalanuvchi istalgan holda MBBT tizimini ishlatayaptimi, yo’qmi, bu haqda 
bilishi shart emas. Agar ishlata olsa, u holda fayllar tashkil qilingan bo’ladi. 
Xususiy holda MBga berkitilgan obyektlarni MBBT qo’llab – quvvatlaydi. 
2.
Tezkor xotirani buffer bilan boshqarish. 
MBBT odatda ancha kata hajmdagi MB bilan ish yuritadi. Bu hajm tezkor 
xotiraning muhim bo’lgan hajmidan yetarli darajada katta bo’ladi. Ma’lumki, 
agar ma’lumotlarning biror elementiga murojaat qilishi kerak bo’lsa, tashqi 
xotira bilan aloqa o’rnatiladi. 
3.
Tezkor xotirani bufer bilan boshqarish. 


12 
MBBT odatda ancha kata hajmdagi MB bilan ish yuritadi. Bu hajm tezkor 
xotiraning muhim bo’lgan hajmidan yetarli darajada katta bo’ladi. Ma’lumki, 
agar ma’lumotlarning biror elementiga murojaat qilish kerak bo’lsa, tashqi 
xotira bilan aloqa o’rnatiladi, lekin barcha tizim tashqi xotira qurilmasi 
tezligida ishlaydi. Bu tezlikni oshirishning amaliy yagona usullaridan biri – bu 
operativ xotiraga ma’lumotlarni buferizatsiya qilishdir. 
4.
Tranzaksiya bilan boshqarish. 
Tranzaksiya – bu qaralayotgan MBBT MB ustida ketma – ket operatsiyalarni 
bajarishdir, ya’ni ma’lumotlar bilan monipulyatsiya qilib ketma – ket 
operatsiyalar yordamida MBBT ga ta’sir etishdir. Tranzaksiya ma’lumotlar 
bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o’tkazadi, ya’ni agar 
ma’lum sababga ko’ra tranzaksiyaning biror holati bajarilmaydigan bo’lsa yoki 
tizimda biror xatolik yuz bersa, ma’lumotlar bazasi boshlang’ich holatiga 
qaytadi. MB ning mantiqiy butunligini quvvatlash uchun tranzaksiya 
tushunchasi kerak bo’ladi.
5.
Jurnalizatsiya.
MBBT ga bo’lgan asosiy talablardan biri bu tashqi xotirada ma’lumotlarning 
ishonchli saqlanishidir. Ma’lumotlarning ishonchli saqlanishi deganda har 
qanday apparatli yoki dasturli to’xtab qolishdan (sboydan) keyin MBBT da 
MB ning oxirgi holatini qayta tiklashi tushuniladi. Odatda apparatli to’xtab 
qolish holati ikki xil bo’ladi: yengil to’xtab qolish, ya’ni bunda kompyuter 
ishlashi kutilmaganda to’xtashi (masalan, elektr toki manbayining o’chishi), 
ikkinchisi – qattiq to’xtab qolish, bu tashqi xotirada ma’lumotlarning yo’qolib 
ketishi bilan xarakterlanadi. Dasturli to’xtab qolishlarga quyidagilarni keltirish 
mumkin: MBBT ning to’satdan buzulishi bilan ishni tugatishi yoki 
foydalanuvchi dasturining avariya bilan tugallanishi bo’lib, natijada ayrim 
tranzaksiyalar tugallanmasdan qoladi. Har qanday holda ham MB ni qayta 
tiklash uchun qo’shimcha ma’lumotlarni joylashtirish kerak. Boshqacha qilib 
aytganda MB da ma'lumotl’rning butunligini saqlash uchun saqlanadigan 
ma’lumotlarning to’liqligi talab qilinadi. Ma’lumotlarning ishlatilayotgan 
qismi qayta tiklanishi uchun alihida ishonchli saqlanishi lozim. Bunda to’liq 
ma’lumotlarni quvvatlash uchun keng tarqalgan usullardan biri – MB ning 
o’zgartirish jurnalini olib boorish usuli ishlatiladi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish