3
Kirish
Tadqiqotning dolzarbligi.
Mustaqillik davriga kelib O’zbekistonda
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy
strategik va pirovard maqsadlaridan biriga aylandi. Mamlakat Prezidenti
I.A.Karimov tomonidan ozod va obod Vatan qurishning asosiy poydevori
sifatida demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga doir konseptual
maqsadlarni ilgari surildi.
O’zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning
asosiy maqsad sifatida e’lon qilinishi – bu undagi hayot tarzi va insoniy
o’zaro munosabatlarni inson manfaatlariga, o’z-o’zidan milliy manfaatlariga
mosligi, har bir insonni erkinligi va huquqlarini amalga oshirishga qulay va
har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berishi, bu holatni esa mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishga bo’lgan kuchli ta’sirini
e’tiborga olish bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbekistondan demokratik
davlat va fuqarolik jamiyati shakllantirish «Jamiyatni boshqarish vazifalarining
aksariyati davlatdan fuqarolik va ijtimoiy o’z- o’zini boshqarish organlari
qo’liga o’tishini anglatadi».
1
Bizningcha mavzuning dolzarbligi qo’yidagi jixatlar bilan izoxlanadi.
Birinchidan, fuqarolik jamiyati shakllangan mamlakatlarda nafaqat
inson erkinligi, davlatning jamiyat uchun xizmat qilish mas’uliyatining
yuksakligi, o’zini o’zi boshqarishning avj olishi kabi qadriyatlarga amal
qilinadi, bu jamiyatlarda inson farovonligini har tomonlama ta’minlash
sohasida ham mislsiz natijalarga erishiladi. Jahondagi mamlakatlar
o’rtasida yalpi milliy mahsulotning o’rtacha kishi boshiga taqsimlanishida
ham fuqarolik jamiyati rivojlangan mamlakatlar peshqadamlik qilmoqda.
Buning asosiy sababi shundaki, inson siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
erkinliklar bag’ridagina o’zining yaratuvchanlik qobiliyatini to’liq namoyon
qila oladi. SHu bois ham mamlakatimizda «fuqarolik jamiyati asoslarini
1
Karimov I. A. Bunyodkorlik yo’lidan. – T.: O’zbekiston,1996. – B. 183.
4
shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda O’zbekiston aholisi turli
qatlamlarining manfaatlarini ifoda etish lozim bo’lgan keng tarmoqli, ko’ppartiyali
tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi
ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.‖
1
Ikkinchidan, O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki davridan
boshlangan fuqarolik jamiyati qurish islohotlari taboro chuqurlashib
bormoqda.O’tgan davr ichida Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek,
―fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik
qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya
qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o’z salohiyatlarini ro’yobga
chiqarishi, ularning ijtimoiy, sosial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini
oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini
ta’minlashga ko’maklashmoqda‖
Do'stlaringiz bilan baham: