4.
Guruxiy shakli. Guruxiy siyosiy madaniyat bir ijtimoiy guruxning
tub maqsad-manfaatlari, talab yehtiyojlarining aniq ifodasi sifatida namoyon
bo’ladi. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy – jamoat tashkilotlari siyosiy xatti –
harakatlarning mazmuni, ko’lami, darajasi bilan ham belgilanadi.
5.
Ommaviy shakli. Siyosiy madaniyatning ommaviy shakli guruxiy
siyosiy madaniyatning namoyon bo’lishiga nisbatdan kamroq, oldindan
rejalashtirilmagan xolda jamiyat siyosiy hayotining keskin pallalarida namoyon
bo’ladi. Siyosiy faoliyat keskin o’zgargan paytlarda, masalan: narx–navo
oshirilishi, siyosiy arboblarning quvg’in qilinishi tufayli omma noroziliklarida
ommaviy siyosiy madaniyat amal qilishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |