46-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash fondlari
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tashkil etilishi mumkin.
47-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya manbalari iste’moli borasidagi imtiyozlar
Qishloq xo‘jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilar uchun energiya manbalari bo‘yicha belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyatni amalga oshirayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |