ELEKTRON-KOVAK O‘TISHI
– yarimo’tkazgichning biri
n
-tur elektr
o‘tkazuvchanlikka, ikkinchisi esa,
p
-tur elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikki
sohasi orasidagi metallurgiyaviy o‘tish sohasi.
FERMI SATHI
- mutlaq nol temperaturada fermionlar egallagan eng yuqori
energiya sathi.
KAMBAG‘ALLASHGAN QATLAM
- potensial to‘siq borligi tufayli asosiy
zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi ionlashgan donorlar va akseptorlar
konsentrasiyalari ayirmasidan kam bo‘ladigan yarimo‘tkazgich qatlam.
KOVAKLI YARIMO‘TKAZGICH
- asosiy zaryad tashuvchilari kovaklardan
iborat yarimo‘tkazgich.
KUCHLI LEGIRLANGAN YARIMO‘TKAZGICH
- juda kata konsentratsiyali
kirishmalar(yoki kristall panjaraning tuzilmaviy nuqsonlari) ga ega bo‘lib, qo‘shni
kirishma atomlar orasidagi masofalarning kichikligidan ular yaqinida joylashgan
elektronlarning kuch maydonlari va to‘lqin funksiyalari bir-birini qoplaydigan
yarim o‘tkazgich.
Do'stlaringiz bilan baham: |