1.7. Yerga ishlov beruvchi mashinalarning ishchi organlarini tiklash.
Qishloq xo’jalik mashinalari uta murakkab changlanishi sharoitda ishlagani sababli, ularning ishchi organlari traktor va avtomobillarning detallariga nisbatan ko’proq darajada obraziv yeyilishiga uchraydi.
Lemexlarni remonti. Lemexlar L-65 yoki L-53 markali po’latdan tayyorlanib, tig’idan 20…45 mm kenglikda toblangan qismi 444….650 NV qattiqlikkacha termik ishlov beriladi.
Lemexlarning asosiy nuqsonlari: tig’ining o’tmaslashishi, eni bo’yicha yeyilishi, sirtning egilishi tob tashlashi, tig’ning uvalanishi. Yangi lemexning birinchi marta Cho’zishgacha eni bo’ylab ko’pi bilan 108 mm yeyilishiga yo’l qo’yiladi.
Lemex tig’i O’tmaslanganda uning ishlaydigan tomoni kengligi 5…7 mm li faska yasab 25-40o burchak ostida kamida 1 mm qalinlikkacha charxlanadi. Eni bo’yicha yeyilgan lemex cho’zib tiklanadi. Uni 800…1200 oS gacha qizdiriladi va maxsus moslamada pnevmatik bolg’a (PM-50 yoki PM-75) bilan cho’ziladi. Cho’zish uchidan boshlanadi, bunda metall lemexning butun buyi va eni bo’yicha cho’ziladi. Cho’zilgandan keyin lemexlar old tomonidan charxlanadi va tig’i bo’ylab uning eni 20…45 mm kenglikda 820 oS haroratgacha issiq ishlov beriladi va 30-40 oS gacha isitilgan suvga solib toblanadi.
Toblash vannasiga lemex orqa tomonini pastga qaratib tushiriladi, bu tadbir tig’da g’adir-budirlik va yoriq paydo bo’lishning oldini oladi. Cho’zilish sifati maxsus tayyorlangan andoza bilan tekshiriladi.
Lemex tig’ining yeyilishga chidamliligini oshirish uchun uning orqa tomoniga qattiq qotishma suyuqlantirib qoplanib, o’z-o’zidan charxlanadi. (1-rasm)
1-rasm. Lemexlarni tiklash sxemasi :
a-o’zi charxlanadigan lemex; b-yig’ma,payvand lemex;
1-polosa, 2-elka, 3-tumshuq.
Qotishmani suyuqlantirib qoplashdan oldin lemex tig’i tomondan 25..30 mm,ponasimon lemex tumshug’i esa 55…65 mm kenglikdagi qismi cho’ziladi. Suyuqlantirib qoplangan qatlam qalinligi 1,4…2,0 mm bo’lishi kerak. Suyuqlantirib qoplashning quyidagi usullari qo’l lanilishi mumkin: yeyilishga chidamli sormayt N1 qattiq qotishmani yuqori chastotali tok (YuCHT) qurilmasida suyuqlantirib qoplash, sormayt N1 dan yasalgan 6 mm li chiqiqni atsetilen-kislorod alangasida suyuqlantirib qoplash; yuqori sifatli qoplamli (T-590 markali) elektrodlarni suyuqlantirib qoplash mumkin. Qattiq qotishma suyuqlantirib qoplangandan keyin lemex charxlanadi. Bunday lemexlar qumli va toshli tuproklardan tashkari Hamma yerlarda ishlatilishi mumkin. Yeyilib va bir necha marta cho’zilib, 92 mm dan ensiz bo’lib qolgan lemexlarni ularga polosa va tumshuq payvandlab, So’ngra uni ham o’zi charxlanadigan qilib tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |