Bitiruv malakaviy ish


HDP loyihasini malakali kadrlar tayyorlashda qo’llash imkoniyatlari



Download 400,5 Kb.
bet13/13
Sana15.07.2021
Hajmi400,5 Kb.
#119708
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlashning ustivor yo`nalishlari

2.3 HDP loyihasini malakali kadrlar tayyorlashda qo’llash imkoniyatlari
Mehmonxona va restoranlar turizm industriyasining asoslaridir. Asosiy turistik tovar yaqinida tashkil qilinadigan va foyda keltirish maqsadida barpo etilib yuridik tomondan yuritiladigan turistik tashkilotlar deb hisoblanadi. Yer yuzida yagona xizmat hisoblanmish turizmda faqat turistlar ya`ni xaridorlar tovar-xizmat oldiga ya`ni turistik resurslar tomon kelishadi. Bundan kelib chiqib aytadigan bo`lsak turistik resursi boy joyda turizm rivojlanishi uchun asos juda ko`p. Shu jumlada bizning yurtimiz ham ko`plab turistik resurslarga ega hisoblanadi. Avvalambor ta`rixiy madaniy resurslar keyinchalik diniy, tabiiy-rekreatsion, ekstrimal, eko-turistik resurslardir. Har bir resursning o`ziga xos auditoriyasi yoki talabgorlari mavjuddir. Ularni esa o`z navbatida u talabgorlar diqqat e`tibori tushadigan darajada osonlashtirsak ulardagi qiziqish doirasiga qarab yetkazib bersak, turistlarni kelishlari ya`nada oshadi. Buning uchun esa bizning madaniy va manaviy ongimiz shularga tayyor bo`lishi hamda nazariy jihatdan ma`lumotlar bo`lishi kerak.

Demak mavzuga oid dolzarb muammolarni sanab o`tadigan bo`lsak ular quyidagicha:



  • Mahalliy va xalqaro turistlarning bizdagi past xizmat sifati bilan to`qnashuvi.

  • 90 % bitiruvchilarning industriyada ish topa olmasligi

  • O`rta maxsus va Oliy ta`limda hamkorliklar yaxshi rivojlanmagan

  • Industriyadagi ta`lim tizimi jahon andozalari darajasida emas

  • Tajriba va amaliyot, professional darajada emas

  • Industriya biznesi ta`lim bilan bog`lanmagan

  • Xodimlar uchun qo`yiladigan talabning pastligi

  • Tajriba maydonlarining yo`qligi yoki yetishmasligi

  • Mahalliy - unib o`sib kelayatgan yoshlarning milliy va madaniy tarixlaridan uzoqligi.

  • Tarixiy yodgorliklarga qiziqishi va hurmatining pastligi.

  • 70 % yoshlarning vesternizatsiya tasiriga kirib borishi.

  • Yoshlarning bo`sh vaqti kompyuter o`yinlariga sarflanishi.

  • Gender tabaqalangan jamoalar tuzilishi.

 Shunday muammolarga asoslangan holda mendagi innovatsion g`oyalar ya`ni turizm mehmonxona, restoran, kafe sistemasidagi yangi g`oyalar bo`lib, ularning ish ish jarayonini takomillashtirish , talabalarni real muammolar va ish jarayoni bilan tanishtirish haqidadir. Umuman olganda servis sohasidagi eskicha mafkuraviy g`oyalarni yo`qotib zamonaviy talab darajasiga javob beruvchi kadrlar tayyorlab berishni tashkil etish haqida. Foyda va sifatni kuchaytirish. Bozorda talab va taklifni rivojlantirish. Istiqbolli yo`llarni xalq ommasiga yetkazib berish. Kadrlar bilan ishlash , effektiv ishchini , samarador xodimni tayyorlash va tarbiyalash.

  Kadr tayyorlash-mehmondorlik industriya tashkilotlari boshliqlari oldidagi eng katta muammo hisoblanadi. Hozirgi kunda o`quv bilim yurtidagi bitiruvchilar xalqaro standart talablariga javob bera olmaydilar. Natijada faqatgina kadrlar tayyorlash programmasiga ega bo`lgan mehmonxonalar ishga qabul qilinayatganlarni qabul qilib qayta o`quv kurslarini tashkil etishlari mumkin. O`quv bilim yurtlarini tugatgan yosh mutaxasisslar ishlab chiqarish progresiga zamonaviy xizmat ko`rsatish metodlarini , inovatsion g`oyalarni, sog`lom ruhiyatni kirgizib tashkilot menejerlarining ilg`orlab borishiga yordam berishlari shart. Asosiy muammolar dan biri o`quv jarayonlarinnig mehmonxonalarning, restoranlarning, turfirmalarning zamonaviy ish faoliyatidan farq qilishi. O`quv dasturlari o`z navbatida orqaga qolib tashkilotlar ish faoliyati olidinlab bormoqda. Agar xalqaro mehmonxona zanjirlarini misol qilsak unda bizdagi farq juda katta namoyon bo`ladi. Chet el amaliyotidan juda kam darajada foydalaniladi. Ish beruvchilarning aniq ehtiyojlari qondirilmayapti. Bilim yurtlarining ish faoliyati yo`nalishlari ushbu ishlarni qamrab olmagan ya`ni aynan mazkur tashkilotlar uchun to`liq tayyor kadrlarni tayyorlash, o`quv kursi tugagandan keyin ular mehmonxona yoki restoranlarga kelishganida o`zlarini ushbu tashkilotlarda o`zga sayyoradan kelgan kabi xis qilishyapti. Yana bir katta muammolardan biri ko`plab xususiy tadbirkorlarning o`z bizneslariga o`zlarining qarindosh yoki do`stlarini jalb qilishlari servis sohasidagi o`ziga xos kamchiliklarni yaratib beradi. Chunki tilshunos bo`la turib restoranda ishlasa u albatta o`z qobiliyatlarini 100% ro`yobga chiqarib bera olmayatgan bo`ladi. Yoki tarix fakultetini bitiruvchisi bo`la turib u mehmonxona administratorligi o`rnida ishlashi albatta o`rinsizdir. Tan olish lozimki ko`proq mehmonxona va restoranlardagi ishchilar kollej va litsey o`quvchilari yoki shu tashkilotlarga qarindoshchilik aloqasi bo`lgan shaxslardir. Bizning ta`lim sohamizdagi vaziyatni o`rganib chiqadigan bo`lsak o`rta ta`lim o`quv yurtlari talabalarining oliy o`quv yurtlari talabalaridan ko`ra ko`proq o`z ishlari bilan band bo`lishlari. Oliy o`quv yurtlarida tayyorlayatgan kadrlar asosan ilm olish yo`nalishi menedjment , bizness boshqaruvi , moliyalashtirish marketing va soaolish qobilayatlarini o`stiradi. Bu ishlarning barchasi oliy darajada bajarilishi shart va butun region yoki davlat talabiga asosan tanlovlar uyushtirish kerak. Boshqaruvchi va tashkilotchi bitiruvchilarning katta qismi ishsiz yoki umuman boshqa sohada ishlashiga to`g`ri kelib qolyapti. O`rta o`quv yurtlarini tugatganlar soni esa hisoblab chiqganda defitsitni yaratadi. Bugungi kunga kelib jahon va Yevropa amaliyotiga asoslanadigan bo`lsak , zudlik bilan servis sohasidagi standart va talablarni o`rganib chiqish lozim va ularni barcha soxalari bo`yicha qayta ko`rib chiqish lozimdir. Ushbu ishlarni mexmonxonalar oldiga qo`yiladigan talablardan farqlash kerak ular bir narsa emas. Keyinchalik o`sha standartlar asosida kvalifikatsion talablarni ishlab chiqish lozimdir . Shu talablar asnosida o`quv jarayonlarini tuzish kerak .

  Bitiruvchilar bilan uyushtirilgan suhbatlar davomida malum bo`layaptiki , biror talabgor nazariy yoki amaliy jihatdan ishga oid bilimlarini to`liq namoyon eta olmayapti. Chunki o`quv kursi davomida bu ikki jihat birgalikda olib borilmayapti. Bundan tashqari nafaqat lingvistik bilimlarining pastligi balkim kompyuter savodxonligining ham darajasi lozimlik nuqtasida emas. Oratorlik yoki etik suhbat darajasi ham madaniy muloqotning pastligini ko`rsatib turadi. Oddiygina mexmonxonaning ichki tuzilishi haqidagi ma`lumot ham hammada mavjud emas. Odamlar "Rumservis", "Hauskiping" , "Konsyerj" kabi elementar narsalar haqida ma`lumotga ega emaslar. Bularning ildizini qidaradigan bo`lsak amaliyot jarayonining mukammal emasligidadir.

Yevropacha ta`limotning afzalliklari juda ko`p, ya`ni o`quv yurtini tugatgan talabalar to`liqligicha mexmonxona yoki servis soxasidagi ishlarga butunlikcha "harbiy" tayyorgarlikda bo`lishadi. Butun dunyoga mashxur bo`lgan Shveytsariyaning "Luzan mexmonxona xo`jaligi oliy o`quv yurti" koledji bozorga to`la tayyor kadrlarni yetishtirib berishi bilan mashxurdir. Ularda ham teoriya ham amaliyot bir jarayonda olib borilshi talabalarning tayyorlik darajalarining baland ekanligidan dalolat beradi.

Dunyo bozoridagi ishberuvchi aniq biladiki bunday o`quv yurtini tugatgan va diplomi bo`lgan inson, ish beruvchining tashkilotida ish jarayonini yaxshilab o`zining unumdor ishchi ekanligining kafolatidir. O`quv jarayoni shunday tuzilganki u yerda 50% nazariya va 50% amaliyot bo`ladi.

Har bir talaba o`quv kursi davomida 2 oy oshxonada, 2 oy "Xauskiping", keyinchalik "rumservis", kutib olish soxasida va boshqa sohalarda o`zini namoyon qilib o`quv yurtini tugatadi. U birin ketin tashkilotning barcha soxalaridan xabardor bo`lib keladi. Bunday mutaxassislarni o`ylamasdan olishingiz mumkin chunki ular ikkinchi kundanoq o`zlarini ish o`rinlarida oliy darajada his qilishadi.

Umuman O`zbekiston bozorida Lozan kolledjining bitiruvchilari bo`lmasada lekin ularni tashkilotga ishga olishganida minimal texnik standartlar tushuntirlishidan so`ng ular ikknchi kundanoq o`sha ish joyida ko`pdan biyon ishlab kelayatgandek his qilishlari mumkin. Chunki ulardagi o`quv tayyorlov sistemasi juda baland. Bunday yutuqlar bilan kamdan kam o`quv yurtlari faxrlana oladi.

Kam miqdorda bo`lsada bizning yurtimiz o`quv yurtlarida ham nazariy va amaliy jihatlarni hamjihatlikda olib borishyapti. Lekin tan olishimiz lozimki ishlab turgan tashkilotlar ish jarayonida amaliyotchi talabalarga vaqt ajratish juda qiyin bo`ladi. Amaliyotning o`quv jarayonida juda muhimligini takidlab o`tadigan bo`lsak, amaliyotni oliy o`quv yurtlarining o`zida tashkil qilishimiz mumkin. Yoki davlat tomonidan o`quv yurti uchun ajratiladigan tajriba va amaliyot uchun ixtisoslashgan mehmonxona yordamida salohiyatni ko`tarishimiz mumkin. Xizmat ko`rsatish va mehmonxona biznesi sohasidagi tajribali insonlarni jalb qilish yo`li bilan birgalikda tashkillashtirib.

  Hozirgi kunda o`quv yurtlarining ish olib borish standartlari xoish darajasidan pastroq bo`lsada samarali ishlar ham o`zini ko`rsatmoqda. Yurtboshimiz oxirgi yillarda ta`lim soxasiga katta e`tiborni qaratiyatganlari, yoshlar ucun katta qulayliklar yaratib beryatganlari e`tiborga sazovorlidir chunki " Kelajak yoshlar qo`lida" deb takidlab aytganlar. Keyingi yillarda ko`plab litsey va kolejlar qurilib oliy o`quv yurtlarida ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. endigi navbatda aytganlaridek "Eski mafkuraviy g`oyalardan xolib bo`lib kelajakni qurish" oliy vazifalardandir.

Turizm sohasidagi faoliyat davomida ko`plab turli xil odamlar bilan muloqotda bo`linadi. Har bir inson o`z xarakteriga, qarashlariga, fikriga ega. Shundan kelib chiqib, xodim xushmuomala, xushxulq, tushunuvchan va doim quloq sola oladigan bo`lishi shart. Xodim doimo xushchaqchaq bo`lishi lozim, albatta bu yerda yuzdagi doimiy kulgu ham odamning jig`iga tegishini mumkinligini unutmasligi lozim. Xodim doimo mehmon uchun qulay sharoitni yaratib bera oladigan va doim qandaydir jalb qilish yo`llarini biladigan bo’lishi kerak. O`z navbatida har bir xodim psixolog ham bo`lishi kerak.

Mening taklifim kollej va universitetlarga ana shu jihatga juda katta etibor berish va har zamonda trening va tashviqot ishlarini olib borishdir. Xodim mehmonni qancha yaxshi tushuna olsa, mehmonni qiziqtira oladigan qaysi tovarni taklif qilishni biladi va shuncha ko`p tovarni sota oladi. Shundan kelib chiqib bu mehmon doimiy xaridor yoki mijozga aylanishiga erishish mumkin bo’ladi.

O`z navbatida samarali xodimni tarbiyalash yoki samarali xodim haqida gapiradigan bo`lsak - u eng avvalo komil inson bo`lishi lozim. Xodim juda ko`plab shartlarga javob bera olsagina samarali xodim hisoblanadi. Avvalo, samarali xodimni ishga qabul qilish davomidaquyidagilarni aniqlay olish lozim bo’ladi:

Tabiatan ideal, komil xodim birdaniga paydo bo’lmaydi, shuning uchun eng muhimi tanlanayotgan shaxsning tashkilotga to`g`ri keladigan ustun jihatlarini to`g`ri aniqlash kerak. Bunda samarali xodimning qanday bo`lish shartlarini ko`z ongimizga keltirib, xodimni shuning asosida tanlashimiz kerak.

Bilim va qobiliyat prinsipial tamoyillardan biridir. Xodim o’z mehnati davomida turli usullarni qo`llashni bilishi uchun o`z ustida ko`p ishlashi va ularni ketma-ketlik bilan amalda qo`llay bilish kerak. Eng asosiysi yangi va dolzarb usullarni tanlay va qo`llay bilishi zarur.

Xodimlar vazifalarini qay darajada bajarishsa shunga qarab butun ish sistemasi ham tashkil topadi. Agar xodim mehmon uchun bor bilimini ayamasdan xizmat ko`rsatsa, unda mehmon albatta buni sezmasdan ketmaydi, va aksincha bilimsiz xodim biror ishni bajarsa, bu o’sha dargoh yoki tashkilot uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’ladi.

Xalqaro bozorda raqobatlashish uchun xodimning bilimlarini yanada takomillashtirish lozimdir. Har bir mehmon tashrif buyurarkan, xodim uning qayerdan ekanligiga qarab muloqot qilishi lozim. Albatta samarali xodim dini, irqi, tili har xil bo`lgan insonlarning qayerdan kelganligiga qarab, servis darajasi yoki muomala madaniyatini bir ko`rishda xayolida gavdalantira olib, u darhol mehmon bilan bo`ladigan muloqotga tayyor bo`lishi kerak. Insoniyat shunday tuzilganki, unga qanchalar g`ozal muomalada bo`lsangiz, u shunchalik sizga qaratilgan mehrini oshiradi. Demak biznesda ham biz shu yo`ldan foydalanishimiz kerak bo`ladi.

Ko`pincha yevropacha restoranlarda ovqatlanishga o`rganib qolishgan mehmonlarning asosiy maqsadi o`ziga qaratilgan diqqatning juda kattaligidir. “Nima uchun Yevropa davlatlarida ko`pincha ko`chada ovqatlanishadi” desangiz, ular o`ziga qaratilgan muomala juda oliyligini his qilishni yaxshi ko`rishadi, bu esa ular uchun qandaydir motivatsion model deb hisoblasak bo`ladi. Shunday ekan, biz ham o`zimizning restoranlarimizda turistlarimizni ko`rishni xohlasak o`shanday xizmatni ko`rsatib berishni tashkil qila olishimiz lozim.

Yana bir e`tiborli joylaridan biri, har qanday restoranga kirar ekansiz siz o`z uyingizdaqa xotirjamlik va qulaylikni sezasiz. Odam o`zini qanchalik erkin his qilsa, shunchalik undagi ijobiy g`oyalar tezroq xayolini to`ldiradi. Demak biror mijoz bir joyga bir necha marotabadan ortiq tashrif buyurar ekan, ular bilan gapirish va muomalani boshqa darajaga ko`tara olish zarur, ya`ni ular bilan o’zini do`stlashgandek ko`rsata olib, mehmonlar o`zini yanada erkinroq his qilib, hattoki qandaydir kayfiyatsiz bo`lgan paytida ham bemalol o`z uyiga kelayotgandek bo’lishi mumkin.

Har qanday muammo chiqqanda ham tashabbuskor ravishda uning yechimini yechib bilishga tayyor turish lozim. Demak xodim qisman ixtirochi ham bo`lishi kerak.

Xodimlarning ishlash dasturi-qo`llanmasini tuzish va uni 2 ta shaklda bo`lishini taminlash kerak. Biri ishxonada umumiy va ikkinchisi ularning har biri uchun shaxsiy-individual. Bu qo’llanmani ular uylarida bo`lganlarida ham o`qib turishlarini ta`minlash lozim.

Xodimni ishga olishda uning harakatchanligi va mohirligiga e`tibor qaratish kerak, chunki xodimning so’zlashishi, madaniyati va odobi servis tizimida birinchi o`rindadir.

Jamoada ishlay bilish eng katta talabdir. Ish jarayonida hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash, bir birini hurmat qilish, ularga ko`maklashish ish faoliyatining ysnada samarali kechishini ta’minlaydi. Ba’zan tashkilotga ko’p mehmonlar tashrif buyurganda mehnat jamoasida hamkasbi qilayatgan ishini o’z vaqtida bajarishga ulgurolmay qolayatgan bo`lsa, xodim hamkasbiga yordam qo`lini cho`zib, qo`lidan kelgan ishni bajarib berishi mumkin bo’ladi. Masalan, mehmonxona qabulxonasi oldida bir guruh mehmonlar kelib qolishdi deylik.

Ma’muriyat xodimlari ularga xizmat ko’rsatguncha barda ishlaydigan xodim bu mehmonlarni o`zining bari oldiga jalb qilib, qandaydir mehmondorlik ko`rsatib ularga arzimas bepul ichimliklar taklif etishi mumkin. Shu paytda mehmon ko`rsatilayotgan lutfni - mehmondorchilikni sezib, mehmonxona haqidagi birinchi taasurotlari qabulxonada, bir butun guruhni kutib turgani emas, unga bepul ichimlik uzatgan barmen haqida shakllanishi mumkin. Yoki o`z hamkasbigga yordam berib turganida, avvalambor mehmonga uzrni yetkazib, unga boshqa bo`limdan ekanligini bildirib, faqat ularning ya`ni mehmonlarning vaqtini tejash niyatida hamkasbiga yordamlashyatganini bildirsa, hatto juda charchab kelgan mehmon ham asabiylashmasdan vaziyatni tushunib, o’zi ham yordamlashishga o`tishi mumkin. Bunda mehmonlarga muomalada doimo shirinsuxanlik haqida unutmaslik lozim bo’ladi.

  Xodimlarning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishi ham mijozlarni qo`rqituvchi yoki xursand qiluvchi omil bo`lishi mumkin. Xodimlar o`zining ozodaligi haqida qayg`ursa yoki o`zining zebu husniga e`tibor qilsa, ular tashkilotning ko`rkiga ko`rk qoshishadi. Tanlagan uniforma doimo chiroyli va toza bo`lishi kerak, qo`l va barmoqlar doimo toza-ozoda, tirnoqlar o`smagan holatda bolishi lozim. Uniforma doimo toza tutilib, xushbo`y hidlar mijozlarni jalb etishi lozim.

Hisoblashlarga o`tadigan bo`lsak faqatgina har yili oliy o`quv yurtlarini tugatib chiquvchi bitiruvchilarimiz o`rtacha 400 kishini tashkil qiladi. Demak bu ko`rsatkichlar ushbu sohani minimal 5 - 10 % o`sishini olib kelishi kerak. Va xuddi shunday ko`rsatkichlarni kasb hunar koledj va litseylardan kutish mumkin. Lekin real tomondan qarab o`tadigan bo`lsak bitiruvchilarni ish bilan ta`minlash juda katta muammoni tug`dirayapti. Xizmat ko`rsatish soxasidagi xodimlarning tuzilish jihatdan tahlil qilsak boshqaruvchi xodimlar 12-15% ni tashkil etadi. Ya`ni "Supervayzerlar", "Metrdotellar", "Brigadirlar","Tozalik xizmati boshliqlari", "Menejerlar" umuman olganda kimningki qo`l ostida boshqa xodimlar bo`lsa. Kichik texnik xodimlar esa "Ofitsiantlar" , "Tozalik xodimlari", "Barmenlar", "faroshlar" qolgan 75% gacha bo`lgan qismni tashkil qilishadi. Bundan tashqari boshqa yo`nalishi ya`ni yuridik , iqtisodiyot, pedagogika, lingvistika bitiruvchilar ham mehmonxona va turizm sohasidagi ishlarga talabgorliklari juda baland bo`layapti bu o`z o`rnida no kasbiy taqsimotni ham vujudga keltiradi.

Fundamental jihatdan boshqa yo`nalishda ta`lim olib keyinchalik o`z amaliyotlarini turizm soxasida davom etayotgan xodimlar ovqatlanish sohasidan boshlab to xizmat ko`rsatish soxalarigacha yoki boshqaruvda o`zlarini sinab ishlab kelishmoqda.

Albatta ularni tahlill qilib chiqadigan bo`lsak chiroyli aytgan gaplardan boshqa hech qanday unumdorlik sezilmay qo`yiladi , chunki ulardagi fundamental bilimlar va ish maydonlari mutloq ikki boshqa boshqa olamdir. Bunday holatlarning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri oldindan korxona va tashkilotlardagi bo`sh o`rinlar rezervlashtirilmayatganidir. Shundan kelib chiqib o`rta umum ta`lim muassalaridan keladigan bitiruvchi ishchilar soni kamaymoqda. Ularning ish o`rinlarida qolish va xizmat darajalari bo`yicha o`sishlari juda kam miqdorda. Mehmonxonalardagi ishlayatgan servis soxasidagi talabalar soni hozirgi kunda 2-5% atrofida . Toki o`quv yurtlari va turizm soxasidagi tashkilotlar ko`chaning ikki chetida o`tirisharkan ularning umumiy muammolarni yechishlari qiyin bo`ladi. Qaysi tomonlari bilan Yevropa talimoti bizning ta`limotdan ustun deb o`ylaysiz? Birlashishlari bilan! U yerda doimiy talabgorlar mavjud bo`lib: mehmonxona, restoran, turfirmalar o`quv yurtlari bilan birgalikda o`quv dasturlari va rejalari ustida ishlab kelishadi. Olib qaraydigan bo`lsak bizdagi xizmat ko`rssatish soxasidagi tashkilotlar va o`quv yurtlari xuddiki bir birlariga qarama qarshi turishgandek. Bu o`z o`rnida juda katta xatodir.

Oliy o`quv yurtlari o`zlari uchun o`zlari dars o`tish rejalarini yoki standartlarini yaratishmaydi. Bularning barchasi ta`lim vazirligi tomonidan ish standartlariga asoslanib yaratiladi va ta`kidlanadi. Shu bilan birgalikda bu talablar shu soxaga oid tashkilotlar tomonidan ko`rib chiqilib o`z qoshimcha va takliflarini kiritish yordamida yaratiladi.

Yuqoridagilarni barchasini inobatga olgan holda HDP quyidagi vazifalarni o`z oldiga qo`yadi:



  • Industriya tashkilotlari elektron bazasini tuzish

  • Ta`lim muassasalari bilan hamkorlikdagi zamonaviy tajriba maydonini yaratish.

  • Ta`limni jahon andozalari darajasiga ko`tarish va raqobatbardosh kadrlar mikromuhitini Buxoro turizm kolleji va Buxoro davlat universiteti “Turizm” kafedrasi bilan hamkorlikda tajriba maydonlarida qo`llash va uni boshqarish.

  • Ijtimoiy tarmoqlarda guruhlar tuzish orqali jalb qilish.

  • Madaniy milliy obyektlar ro`yxatini tuzish.

  • Madaniy obyektlar ma`muriyatlari bilan hamkorlikdagi zamonaviy o`yinlarni tashkil qilish.

  • Mahalliy teleradio kompaniyalar bilan aloqani shakllantirish .

  • O`yin jarayonlari haqida online ma`lumotlar berib boorish.

O`zbekturizm milliy kompaniyasi, mehmonxona xo`jaligidagi tashkilotlar, turistik kompaniyalar tomonidan bularning barchasi ko`rib chiqilib birgalikda ishni tashkil qilishsa nur ustiga a`lo nur bo`lgan bo`lardi. Umuman olganda talabalarning orzusi yaxshi amaliyotni o`tab ishlarga joylashish ekan ta`lim va biznes sohalari bir birlari bilan juda yaqin ishlashlari zarur. Aytib o`tilganlarga nazar solsak birinchi navbatda real proffesional standartlar ishlab chiqilsa undan keyingina ta`lim sohasiga tadbiq qilish mumkin ekan.

XULOSA
Mamlakatimizda turizm rivojlanishi jamiyatning yangilanish davriga to`g`ri kelib, u asta-sekinlik bilan sodir bo`layotgan o`zgarishlar jarayonini hisobga olgan holda, uning sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. O`zbekiston sharoitida turizmni hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada rivojlantirish uchun etarlicha turistik resurs imkoniyatlari mavjuddir.

Bozor munosabatlarga o`tish davrida respublikada ro`y berayotgan chuqur siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar milliy iqtisodiyotning muhim va istiqbolli sohalaridan biri bo`lgan turizm faoliyatida ham o`z ifodasini topmoqda.

O`zbekiston xalqaro turizmni rivojlantirishda o`zining salohiyatiga va yuqori raqobatbardoshlikni ta`minlashda nisbiy ustunliklarga ega bo`lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov: “O`zbekiston sayr-u sayohatni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatlarga egadir. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi o`zbek shaharlari butun dunyoga mashhur. Respublika hududida to`rt mingdan ko`proq me`morchilik yodgorliklari bor... Tabiat-iqlim sharoitlari qishin-yozin sayohatchilarni qabul qilish imkoniyatini beradi31”- deb ta`kidlab o`tgan edilar. Turizmning asosini noyob tabiiy shart-sharoitlar, qadimdan O`rta Osiyoda yashab o`tgan xalqlarning uyg`onish davridan boshlab madaniy va etnik merosni tashkil qiluvchi ko`p sonli tarixiy-arxetektura yodgorliklari, kurortlar, dam olish uylari, sayr-sayohat ob`ektlari, milliy park va qo`riqxonalarning zamonaviy shaxobchalari tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda respublikada turizmning hozirgi davridagi rivojlanish darajasi uning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini bermayapti.

Xalqaro va “O`zbekturizm” Milliy Kompaniyasi ekspertlarining baholashicha bugungi kunda mamlakatimiz turistik salohiyatining 12-15 foizidan foydalanilmoqda, xolos.

Ayni vaqtda milliy iqtisodiyotimizda turizmning o`rniga nazar tashlaganda, shu narsa ko`rinadiki, mavjud resurslardan har doim ham samarali foydalanishga erishilmayapti. Mamlakatimizda turizm rivojlanishi jamiyatning yangilanish davriga to`g`ri kelib, u asta-sekinlik bilan sodir bo`layotgan o`zgarishlar jarayonini hisobga olgan holda uning sifatini yanada yaxshilashga to`g`ri kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma`lumki, iqtisodiyotning rivojlanishi turizm sohasi bilan ham bog`liq. SHuning uchun ham, bozor iqtisodiyoti asosida xo`jalik yuritishga o`tayotgan mamlakatlarda halqaro turizmga katta e`tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.

Turistik resurslar muhim ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lib, ayniqsa ulardan samarali foydalanish mahalliy aholi hayotiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu ijobiy xususiyatlar quyidagilar orqali asoslanib berildi:



    • ish o`rinlarining yaralishi;

    • daromadning ko`payishi, mahalliy aholini yashash darajasini oshishi;

    • ijtimoiy va madaniy jarayonlarning tezlashishi;

    • mahalliy madaniyat o`choqlarning yaralishi, xalq ijodiyoti, an`analari, udumlarining rivojlanishi;

    • qishloq xo`jaligi mahsulotlari va mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga talabning oshishi;

    • mahalliy madaniy yodgorliklarni tiklanishi va muhofazasi;

    • tabiiy komplekslarning kengayishi;

    • mintaqa jozibadorligining oshishi;

    • mahalliy madaniy hayotning jonlanishi va boshqalar.

Shu bilan birga loihaning ahamiyatini ko`rib chiqadigan bo`lsak u nimalarga olib keladi degan savolga javob sifatida undan kutilayatgan natijalar quyidagicha:

    • Servis sifatining oshishi

    • Professional xodimlarning ko`payishi

    • Sektorga bo`lgan ijobiy qarashlarning oshishi

    • Regionda o`rnak bo`luvchi mehmonxona tashkil topishi

    • Regionda zamonaviy tajriba maydonining paydo bo`lishi

    • Sohadagi talablarning dunyo bozorida raqobatbardosh bo`lishi

    • Soha biznesidagilarning malaka oshirish maydoniga ega bo`lishi

    • Elektron baza orqali ma`lumotlar olishning osonlashuvi.

    • ALBATTA MOLIYAVIY FOYDANING KO`ZLANISHI

Yuqoridagilarni nazarda tutib, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov turizm sohasini rivojlantirish va uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish dolzarb vazifalardan biri ekanligini alohida ta`kidlab, “Turizm sodda qilib aytganda dunyoni tushunib, dunyoni anglash, shu bilan birga dunyo sahniga chiqish demakdir... Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlarimizning 2500-3000 yillik tarixi bor. Bu juda katta ma`naviy boylik. Uni sayyohlikni rivojlantirish yo`li bilan moddiy boylikka aylantirish mumkin”32. Rivojlangan mamlakatlarda turizmdan olinadigan valyuta tushumlari butun eksport hajmining 10-35% ni tashkil qiladi. Turizm sohasi uchun jadal rivojlanish xos bo`lib, qator mamlakatlarda yillik o`sish sur`atlari yuqoriligi (24% gacha) bilan tavsiflanadi.

Hozirgi davrda respublikamizda milliy turizmning barqaror rivojlanish muammolarini hal qilishning nazariy, uslubiy va amaliy yondashuvlarini ishlab chiqish, turistik mahsulotlar bozorini shakllantirish, mazkur soha faoliyatini tartibga solishning iqtisodiy usullari va uni boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini, turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

So`nggi yillarda globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining chuqurlashuvi turizm rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. XX asrning so`nggi choragida jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yuz bergan tub o`zgarishlar natijasida mamlakatlar o`rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodiy taraqqiyotning yuksalishi kishilarning turli maqsadlarda bir mamlakatdan ikkinchisiga qatnab turish ko`lamining kengayishini taqozo etadi. Bu esa turizmni milliy iqtisodiyotining eng istiqbolli tarmoqlaridan biriga aylantirmoqda.

Butunjahon turistik tashkiloti (BTT) ma`lumotlariga ko`ra bugungi kunda jahon yalpi milliy maxsulotining 11 foizi, investitsiyalarni 10 foizi, jahon iste`mol xarajatlarining 11 foizi, soliq tushumlarining 5 foizi turizm sohasi hissasiga to`g`ri keladi.33 XX asr 90-yillarining boshlaridan hozirgi kunga qadar mazkur sohaga kiritilgan investitsiyalarni o`rtacha yillik o`sish sur`ati 30 foizni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda har 16 ish o`rnidan biri turizm tarmog`i zimmasiga to`g`ri keladi. Jahon eksportida turizm neft’ va neft’ mahsulotlari hamda avtomobillar eksportidan so`ng uchinchi o`rinni egallaydi.34

Turizm taraqqiyoti uchun qilinadigan sarf-xarjatlar boshqa sohalarga qilinadigan sarf-xarajatlarga qaraganda o`zini tezroq oqlaydi. SHu bilan birga turizm iqtisodiyotning o`ziga xos va muhim tarmog`i yoki daromad manbaigina emas, balki mamlakatlar orasidagi tashqi siyosiy aloqalarni har tomonlama rivoj toptirish, do`stona munosabatlarni yaxshilash, turli mamlakatlar va xalqlar madaniyati, san`ati, an`anaviy urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Global iqtisodiy inqiroz ta`sirini yumshatishga qaratilgan choralarni amalga oshirish jarayonida mehmonxonalarda servis sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlarining nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilish natijasida bir qator xulosalarga keldim va quyidagi tavsiyalarni ishab chiqdim.

1. Turistlarga ko`rsatiladigan kompleks xizmatlar tizimida mehmonxona xizmatlari markaziy o`rinda turadi va u har bir turning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo mehmonxona xizmatlari sifati va samaradorligi masalasi mamlakatimiz olimlari tomonidan kam o`rganilgan va mos ravishda iqtisodiy adabiyotlarda kam yoritilgan soha bo`lib qolmoqda.

2. Birgina Buxoro viloyatida 100 dan ortiq mehmonxonalar mavjud bo`lib, bir vaqtning o`zida 3 mingdan ortiq mehmonlarni qabul qilish quvvatiga ega. Bunday holat ushbu sohani ilmiy jihatdan tadqiq qilib, uning samaradorligini oshirish va mehmonlarga ko`rsatiladigan xizmatlarning sifatini ko`tarish bo`yicha tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishni taqozo qiladi.

3. Mehmonxonalarda servis sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ularning o`zgarishiga ta`sir etuvchi ichki va tashqi omillar tizimi ishlab chiqildi va ularning ta`sirini aniqlash orqali turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish usullari ko`rsatib berildi. Mehmonxona xo`jaligi samaradorligining o`zgarishiga mehmonxonalarning sig`imi, yuklanish darajasi, harajatlar summasi, xorijiy va mahalliy turistlarning oqimi, ko`rsatiladigan xizmatlar soni, mehmonxonaning daromadliligi, mutaxasislarning malakasi kabi omillar ta`siri aniqlandi va uni oshirishning ichki imkoniyatlari ochib berildi.

4. Mehmonxonalarda servis sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlarini baholash uchun bir qancha ko`rsatkichlar hamda ularni aniqlash yo`llari tavsiya etildi. Bular tarkibiga mehmonxona daromadlari, xarajatlari, rentabellikning bir qancha ko`rsatkichlari, sifat ko`rsatkich-lari tizimi kiritildi. Ularni aniqlash usullari ham ko`rsatib berildi.

5. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar islohot uchun emas, balki insonlarning munosib yashashini ta`minlashga qaratilganligi tufayli, mehmonxona xizmatlari sifatini yaxshilashda nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy nuqtai nazardan qarash lozimligi ham asoslandi.

6. Turistlarning tashrif buyurish davomiyligining tahlili shuni ko`rsatdiki, mehmonxonalarga joylashgan mijozlarning asosiy qismi 1-3 (87,7%) va 4-7 kunni (9,64%) tashkil qiladi va mehmonxona xizmatlaridan foydalanadi. Mazkur holat qisqa muddatli safar davomida turistlarga ko`rsatiladigan xizmatlar sifatining yuqori bo`lishini talab qiladi. Bu xizmatlarning tezkorligini, xizmat ko`rsatuvchi personalning madaniyatli va xushmuomalaligini, xizmatlarning bekami-ko`stligini, xilma-xilligini ta`minlashni talab qiladi.

Xulosa qiladigan bo`lsak, servis sohasida O`zbekiston juda katta potensialga ega bo`lgan davlatdir va bizning kadrlarimiz bemalol dunyo bozorida raqobatlashgan holda raqobatchi mamlakatlardagidanda ortiqroq xizmat ko`rsata oladi. Eng avvalo, mehmondorchilik qon-jonlariga singib ketgan xalq uchun yangicha tizim va qoidalarni, innovatsion g`oyalarni o`zida mujassamlashtira oladigan komil, samarali xodimlarni tayyorlay olish potensiali va kelajagi buyukdir.

HDP loihasi amalga oshirilishidan kutiladigan natijalar:



  • Mehmonlar sonining oshishi

  • Talabalarning ushbu tajribalar orqali o`zini haqiqiy muhitda sinab tajriba oshirishi mumkin

  • Xizmat va servis sifati oshib ko`plab bitiruvchilarning ish bilan ta`minlanishi

  • Elektron baza orqali kadrlar to`grisidagi ma`lumotlar almashinuvining osonlanishi.

  • Mehmonxona va restoranlar xodimlari uchun sifatli treyning va malaka oshirish.

  • Regionda o`rnak bo`luvchi yoshlarning shakllanishi.

  • Yoshlarning milliy qadriyatlardan ko`proq xabar topishi.

  • O`yinlar orqali ularning bo`sh vaqtlari mazmunli o`tishi ta`minlanadi.

  • Madaniy meros obyektlarga bo`lgan hurmatning va mehrining oshishi.

  • Yoshlarning ushbu o`yinlar orqali dunyo qarashining oshishi.

Ko`rinib turibdiki, turizm sohasi boshqaruvi boshqa sohalarga qaraganda ko`proq talabchandir, u doimiy qattiqqo`llikni, bilimlilikni talab qiladi. Har qanday inson o`zini bu soha bilan bog`lamoqchi ekan, eng avvalo u bu soha haqidagi chuqur bilimlarga ega bo`lishi, o`z ishining juda yaxshi ustasi bolishi lozimdir. Shunday ishlar amalga oshirilsa va xodimlarning ishlari sistemalashtirilgan bo`lsa, har kim o`z o`rnini bilsa - bunday faoliyat doimo g`olibona va yutuqli bo`ladi. Shundagina biz bemalol xalqaro raqobatga kirisha olamiz.



1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo ‘nalishlariga bag ‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasi. «Xalq so ‘zi» gazetasi, 2010-yil 29-yanvar.

2I.А.Karimov Barcha reja vа dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. O`zbekiston Respublikasi prezidenti I.Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari vа 2012 yilda O`zbekistonni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi // “Xalq so`zi” gazetasi. 2012 yil 21 yanvar, B.2.

3 O`zbek tilining izohli lug`ati. J. 2 E-M – B.328.

4 Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari. -T.: O`zbekiston, 1993, B.15.

5 Tojiyeva M. “Iqtisodiy turizm” Ma’ruzalar matni, Uslubiy qo‘llanma. T.:2010-yil B.283.

6 Tomas Kuk (ingliz ruhoniysi) 1841 yilda 600 kishidan iborat 1-temir yo`l sayyohligini tashkil qilib, turistik sayohatga asos soldi

7 Muhammad Ibn  Abdulloh Muhammad at - Tanji  (arab. محمد بن عبد الله بن محمد الطنجي‎‎ 25 fevral 1304, — 1377) islom dunyosidagi barcha mamlakatlarga sayohat qilgan, mashhur arab sayyohi vа  savdogari

8 Jahon Turizm Tashkiloti Bosh Assambleyasi Bali shahrida (Indoneziya) bo`lib o`tgan majlis., 1993-yil, X sessiya.

9 Ahmedov E. O‘zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida.- Toshkent, 2002.

10 O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi – Toshkent.: 1/2014, B.8.

11 www.UzReport.uz

12 Ibragimov Nutfillo Salimovich, O`zbekistonda Xalqaro turizmni rivojlantirishda destinatsion menejment konsepsiyasini qo`llash mavzusidagi iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi avtoreferati – T. – B.12. 30-bet.

13 Каримов И.А. 2012 йил Ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади // ”Халқ сўзи”, 2012 йил, 20 январь.

14 www.UzReport.uz

15 O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi – Toshkent.: 1/2014, B.13.

16 O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi – Toshkent.: 1/2014, B.15.

17 O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi – Toshkent.: 1/2014, B.16.

18 O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi – Toshkent.: 1/2014, B.25.

19 Ibragimov Nutfillo Salimovich, O`zbekistonda Xalqaro turizmni rivojlantirishda destinatsion menejment konsepsiyasini qo`llash mavzusidagi iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi avtoreferati – T. – B.12. 30-bet.

20 Ata-Mirzayev O., Gentshke V., Murtazayeva R., Saliyev L., Istoriko-demograficheskiye ocherki urbanizatsiya Uzbekistana. -T.: Universitet, 2002.

21 O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi – Toshkent.: 1/2014, B.26.

22 Karimov I.A. 2013-yil 17-apreldagi«2013–2016-yillarda qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori

23 «O`zbekturizm Milliy Kompaniyasi 1992 yil 27 iyulda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I. A. № PF-447-sonli «O`zbekturizm» Milliy Kompaniyasining tuzilishi to`g`risida» gi Farmoni bilan tashkil etilgan.

24 http://www.uzbektourism.uz

25 YUNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat.Turizm sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash//O`zbekiston Iqtisodiy axborotnomasi. 1/2014-yil. B.30.

26 O`zbekturizm MK Buxoro bo`linmasi boshlig`i SH.Mahmudovning O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi jurnaliga taqdim etgan ma’lumoti. 2014-yil yanvar.

27 O`zbekturizm MK Buxoro bo`linmasi boshlig`i Sh.Mahmudovning “O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnaliga taqdim etgan ma’lumoti. 2014-yil yanvar.

28 Zokirxo’ja Tadjixodjayev, Abror Jo`rayev, Halim Hamroyev. Turizm sohasiga yetuk kadrlar tayyorlash//O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. 1/2014-yil. B.29.

29 Tojiyeva M. Turizm iqtisodiyoti. B. 2013-y. B-25

30 Zokir Tadjixodjayev, Abror Jo`rayev, Halim Hamroyev. Turizm sohasiga yetuk kadrlar tayyorlash//O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. 1/2014-yil. B.29.

31 I.А.Karimov O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.Т.1.-Т.: O`zbekiston, 1996, B.252.

32 I.A.Karimov Bunyodkorlik yo`lida. Т.4.-Т.: O`zbekiston, 1996. B.282-283.

33 Пузакова Е.П. Международный туристический бизнес. М. издательсво «ПРИОР», 2001,стр.3

34 Балабанов И.Т. , Балабанов А.И. Экономика туризма. М. Финансы и статистика,2000, стр.3.

Joʻrabek Babayev | Turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlashning ustivor yo`nalishlari


Download 400,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish