TDYU 4-bosqich talabasi Isakov Abdulloh Hakimjon o‘g‘lining davlat organlari va boshqa tashkilotlarda “Bitiruv malakaviy amaliyoti”ni o‘taganligi natijalari bo‘yicha
HISOBOTI
Men, Isakov Abdulloh shahar (tuman) bo‘limida 2022-yilning 7-fevraldan
15-aprelgacha “Bitiruv malakaviy amaliyoti”ni o‘tab quyidagi ishlarni bajardim:
Amaliyot rahbari bilan birgalikda notarial idorada amaliyotni o‘tish qonun-qoidalarini o‘tash tartiblari haqida tushuntirish va ma’lumot oldim;
o‘ziga biriktirilgan amaliyot rahbaridan tegishli bo‘limdagi ish hujjatlari bilan tanishib chiqdim;
notarial idoralarning faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan tanishdim;
notarial idoralarining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga olish va qonun hujjatlarini turkumlashtirishga doir faoliyatini o‘rgandim;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritishni o‘rgandim;
notarial idoralarning notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining tuzilishi, tartibi bilan tanishib chiqdim;
jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish davomida olinadigan hujjatlar, ma’lumotlar ro‘yhati bilan tanishdim;
jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar turlarini o‘rganish va ularni notarial tasdiqlash ko‘nikmasiga ega bo‘ldim;
notarial idoralarda notarius tomonidan jismoniy shaxslar vasiyotnomalarini tasdiqlashni o‘rgandim;
hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlashni, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlashni o‘rganib chiqdim;
ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma berish, hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashni ko‘rib chiqdim;
fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash, fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash faoliyatlarini ko‘rib chiqdim;
yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash amaliyotiga ega bo‘ldim.
notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni o‘rgandim.
notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalarini, xususan, notarial harakatlarni amalga oshirish joyi, muddatlari, murojaat qilgan kishini shaxsini aniqlash, bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqatini va yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish kabilarni o‘rgandim
notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablarni o‘rgandim;
notarial harakatlarni amalga oshirish huquqini cheklash, notarial harakatni amalga oshirishni rad etish asoslarini o‘rgandim;
notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, tasdiqlovchi yozuvlarni ro‘yhatga olish reyestrlarining shakllarini o‘rganish va ullarni yuritish uslublarini o‘zlashtirdim;
ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlarni, vasiyatnomalarni tasdiqlashning qoidalarini o‘rgandim;
hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash, hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini shahodatlash qoidalari bilan tanishib chiqdim;
hujjatlar yig‘ma jildlarini yuritilishi tartibini va ushbu tartibni nazorat qilishni o‘rgandim;
pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilishni, pul summalari va qimmatli qog‘ozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga qaytarilishini o‘rgandim;
ijro xatlarini yozish shartlarini, ijro xatining mazmunini, ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati bo‘yicha undirib olish tartibini o‘rgandim;
vekselni protest qilish, chekni to‘lovga taqdim etish va chekning to‘lanmaganligini tasdiqlash qoidalarini o‘rgandim
hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlashni, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlashni o‘rganib chiqdim;
o‘quv-seminarida ishtirok etdim, soha mutahassislari bilan uchrashuvlarda qatnashdim;
bitiruv amaliyotining yakunlari bo‘yicha amaliyot rahbari bilan erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqladim.
Notarial idorada o‘tkazgan Bitiruv malakaviy amaliyotimdan xulosa sifatida aytib o‘tishim mumkinki, notariat xizmatchilari, xususan, notariuslar keng, universal bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Chunki ular yondashadigan sohalar tarmog‘I juda keng, shuningdek, mahfiylikni saqlash, fuqarolar bilan muomalaga kirishish layoqati muhim o‘rin egallaydi.
Taklif sifatida aytib o‘tishim mumkinki, notariuslarning ishini osonlashtirish, shuningdek fuqarolarning og‘irini yengil qilish uchun, masofaviy tarzda ishlash tizimini yaratish lozim, zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlarini notarial harakatlarni amalga oshirishda keng joriy etish maqsadga muvofiq.
Talaba
__________________ _______________ _________________
(imzosi) (F.I.Sh.)
Amaliyoti rahbari:
____________________ _________ __________________
(lavozimi, unvoni) (imzosi) (F.I.Sh.)
Do'stlaringiz bilan baham: |