Mansurov O. Respublikada korporativ boshqaruvning shakllanishi varivojlanish xususiyatlari // Bozor, pul va
30
Hozircha dunyoda tan olingan uchta asosiy modellar mavjud. Bular:
Ingliz – amerika (unitar boshqarish) modeli;
Nemis ( ikki tabaqali boshqarish) modeli;
Yapon (to‗rsimon boshqarish) modelidan iborat.
Ta‘kidlash joizki, ushbu modellarning har birida ―korporatsiya‖ iborasining
mohiyati ham o‗zgaradi. Chunonchi Amerika qonunchiligiga asoslangan har
qanday korporatsiya quyidagi me‘zonlarga javob berishi:
13
yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritishi;
cheklangan javobgarlikka;
faoliyat yuritish muddatining cheklanmaganligini e‘lon qilishi;
aksiyalarni erkin sotish imkoniyatiga;
markazlashgan boshqaruvga ega bo‗lishi zarur.
Yevropa qonunchiligida korporatsiya tushunchasi yuridik shaxs ta‘rifiga
mos holda birmuncha kengroq izohlanadi: Unga ko‗ra korporatsiya birlashgan
kapitallar (erkin badallar)ga asoslangan va qandaydir ijtimoiy foydali faoliyani
amalga oshiruvchi jamoaviy kelishuv asosida tashkil qilingan yuridik shaxsdir.
Nemis modeli ingliz-amerika modelidan farq qiladi. Binobarin asosiy mulk
egalari ingliz-amerika modeliga ko‗ra, institutsional investorlar (asosan nafaqa
fondlari va investitsiya kompaniyalari) bo‗lsa, nemis modeliga binoan boshqa
korporatsiyalar hisoblanadi. Nemis modelining farq qiluvchi yana bir xuxusiyati
shundaki, unga muvofiq aksiyador kapitali yuqori darajada maqsadli jamlanadi.
Shu sababli, nemis korporatsiyalarining mulkdorlari menejerlar faoliyati ustidan
bevosita nazorat qilishdan manfaatdordirlar.
Yapon
modeliga
muvofiq
nemis
modelidagidan
farqli
o‗liroq
korporatsiyalarda tijorat banklarining vakillari Direktorlar Kengashi tarkibiga faqat
tanazzul paytida kirishadi.Bunday paytlarda bu kengash tarkibiga Yaponiya
hukumati ham o‗z vakillarini kiritadi va ayni vaqtda uni davlat tomonidan qo‗llab
13
Мазур И. И., Шапиро В. Д., Олдерогге Н. Г. И др. Корпоративный менежмент. М.: Высшая школа, 2003.
с.34.
31
quvvatlaydi. Odatda yapon korporatsiyalarining direktorla Kengashi asosan ichki
direktorlardan tashkil topadi.
Ushbu modellarning bozor sharoiti nuqtai nazaridan faolligi xalqaro biznes
qatnashchilari o‗z faoliyatlari davomida qo‗llaydigan uslublarga bog‗liq .
Ta‘kidlab o‗tish joizki, keying yillarda korporativ boshqarishmodellari
tarkibiga to‗rtinchi model – transmilliy modelni ham kiritishmoqda.
14
Hozirgi vaqtda butun dunyo bo‗yicha 40 mingdan ortiqroq transmilliy
korporatsiya (TMK) 250 ming atrofidagi sho‗ba kompaniyalar va bo‗linmalar
faoliyatini nazorat qilmoqda. Bugungi kunda dunyodagi 100 ta kompaniyaning 40
foizdan ortiq aktivlari tagishli mamlakatlardan tashqarida joylashgan. Ulushiga
butun dunyo yalpi mahsulotining to‗rtdan bir qismidan ko‗prog‗i to‗g‗ri
kelayotgan transmilliykorporatsiyalarning yillik oboroti 6 trillion dollar atrofida.
Do'stlaringiz bilan baham: