Битирув малакавий иш


II BOB. RAHBARNING FAOLIYATINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARI



Download 157,99 Kb.
bet6/10
Sana17.07.2022
Hajmi157,99 Kb.
#812451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Samarali raxbarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari uz-assistant.uz

II BOB. RAHBARNING FAOLIYATINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARI


2.1 Rahbarlik ishini tashkil etish mahorati.
Rahbarlik va tadbirkorlik faoliyatini jamiyatga maʼqul darajada olib borish uchun rahbar turli xildagi muassasalar bilan o‘zaro maʼlum munosabatlarga kirishishlari, hamkorining ko‘ngliga yo‘l topa olishi zarur. Deyl Karnegi shunday degan: “Siz sheriginingiz bilan u qiziqqan masalalar yuzasidan gaplashing, shunda ishingiz baroridan keladi”.
Odatda ko‘pchilik rahbarlaruni qiziqtirgan muammolarga eʼtibor bergan kishini juda qadrlaydi. Rahbar qabul qilgan qaror sherigining manfaatiga ham daxldor bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun doimo o‘zini hamkorining o‘rniga qo‘yib ko‘rish tamoyiliga tez-tez murojaat qilish foydalidir. Bunda “o‘zingga ravo ko‘rgan narsani boshqaga ham ravo ko‘r, o‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma” degan hikmatli haqidaga amal qilgan bo‘ladi. Rahbarlarning o‘zaro munosabatlarida yuz beragidan psixologik to‘siqlar.
Rahbarlik mahoratining muhim jihati muomala madaniyatidir. Yoqimli va muloyim suhbat olib boorish tadbirkorlikda, rahbarlikda katta yutuqqa olib keladi. Bunda quyidagi maʼnaviy meʼyorlarga rioya qilish zarur.
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so‘zga izohli lug‘atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo‘naltirish, ko‘rsatma berish degan turli maʼlumotlar berilgan.
Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga eʼtiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo‘lishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim: Rahbar o‘z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg‘un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo‘ysinishi lozim. Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro‘-eʼtiborga ega bo‘lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro‘ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.
Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo‘zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo‘lishi zurur. O‘z xatti-xarakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo‘ysinuvchilarga o‘rnak ko‘rsatadigan bo‘lishga majburdir.
Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo‘yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo‘lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo‘lishi kerak. Yaʼni hech qachon “Mana bu ishni unday yoki bunday qiling” yoki “Bunday yo unday qilmang” demagan. Buning o‘rniga “Shu masalada bir o‘ylab ko‘rsangiz” yoki “Shunday qilinsa yaxshi natija beradi deb o‘ylaysizmi” qabilida muomala qilishga odatlangan.
Rahbar bo‘ysinuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, hatto shu takliflarga shaxsan qo‘shilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va muhokama qilishi lozim.
Agar rahbar insonlarda o‘ziga nisbatan iliqlik, izzat-hurmat hissini uyg‘otmoqchi bo‘lsa, u salbiy xislatlardan, yaʼni buyurish, ko‘rsatma berish ohanglaridan voz kechib, maslahat solishi, ulardan fikr olishi kerak. Shunda uning umumiy ishga ko‘proq nafi tegadi.
Rahbar intizom va tartibga rioya qilishini qatʼiy talab qilishi va bo‘ysinuvchilarning biron nojo‘ya harakatini eʼtibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam zaminidir.
Xullas, rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati, odamlar haqida g‘amxo‘rligi, tashabbuskorlik, qatʼiyatlik, mustaqillik, talabchanlik, bo‘ysinuvchi xodimlar bilan maslahatlasha bilish, o‘z so‘zini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar undagi salbiy qusurlardan qutulishga yordam beradi.
Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak. U egallab turgan lavozimidan ketib qolmasligi uchun quyidagi o‘nta qoidaga rioya qilmog‘i lozim:
1. Iloji boricha qulog‘ingizgachya ishga qo‘miling. O‘z kompaniyangiz mijozlarini ko‘paytirish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga sol ing.
2. Kompyuterni o‘rganing.
3. Chet tilini o‘rganing.
4. O‘z arxivingizni tashkil qiling. Zarur tashklotlar va kishilar adreslari, telefonlarini yozib boring. Ular favqulodda hollarda kerak bo‘lib qoladi.
5. Har doim “ha” deng.Hamma narsani bajarishga urining. Hattoki imkoniyatingiz, qobiliyatingiz etarli bo‘lmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Ishidan ketib qolishning eng qisqa yo‘li: “Bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday so‘zni aytishdan o‘zingizni tiying.
6. Chiroyli imo, ishora qilishni biling.Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring.
7. Malakangizni muttasil oshirib boring.
8. Kishilar bilan bo‘ladigan muomalada xushfel va iltifotli bo‘ling. Noyob, nazokatli, do‘stona kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi, kishilarni hamjihatlikka chorlaydi.
9. Boshqalar bilmaydigan va bajaraolmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining. Bu nur ustiga aʼlo nur bo‘ladi.
10. Ish vaqti faqat “dan va gacha” bo‘lmasin.Agar Siz ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan so‘ng ish joyida bo‘lsangiz, bilingki bu ham eʼtiborsiz qolmaydi.

Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o‘ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo‘l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u o‘z vazifalariga muvofiq ish ko‘radi.


Biroq har bir rahbar bunda o‘ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‘zi uchun mos bo‘lgan, o‘z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan xarakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo‘lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo‘q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o‘z qo‘l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o‘zaro munosabatlarida tarkib topadi.
Boshqaruv samaradorligining navbatdagi tarkibiy qismi va asosiy xarakteristikasi – bu rahbar o‘z ishida foydalanadigan boshqaruv uslubi. Liderlik uslubini o‘rganish psixologlar tomonidan yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida olib borilgan.
Har bir rahbar boshqaruv faoliyati jarayonida o‘z vazifalarini faqat o‘ziga xos uslubda bajaradi. Rahbarlik uslubi rahbarning jamoani o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik va ijodiy yondashishga qanday usullar bilan rag‘batlantirishi, o‘z qo‘l ostidagilarning ishini qanday nazorat qilishida ifodalanadi.
Qabul qilingan etakchilik uslubi rahbar faoliyatining sifati, uning samarali boshqaruv faoliyatini taʼminlash qobiliyatining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib xizmat qilishi mumkin, shuningdek, jamoada qulay munosabatlar va xatti-harakatlarning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan o‘ziga xos muhit yaratadi.
Menejerning vakolatlarni topshirish darajasi, u foydalanadigan vakolat turlari va uning insoniy munosabatlarga bo‘lgan g‘amxo‘rligi yoki birinchi navbatda, topshiriqni bajarish menejerning etakchilik uslubini aks ettiradi.
Yaxshi rahbarlar o‘z xodimlarining fikrini tinglashadi, ulardan o‘rganishadi va o‘z jamoalari uchun foydali bo‘lishga harakat qilishadi. Ular ishda amal qiluvchi yana bir necha qoida mavjud. “Layfxaker” haqiqiy yetakchilar amal qiluvchi olti qoida bilan tanishtirdi.
1. Gapirishdan ko‘ra ko‘proq tinglashadi. Inson haddan tashqari ko‘p gapirsa, bu uning o‘ziga ishonmasligidan dalolat berishi ham mumkin. Yaxshi
rahbar o‘z xodimining fikrini bayon qilishiga imkon beradi, chunki u uchun xodimlarining fikrlari haqiqatda qiziq. Rahbar ularni o‘ylashga undaydigan va ishning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga yordam beradigan qiziq savollar beradi. Bu qanday tuzilgan? Sizga uning nimasi yoqdi? Bundan qanday saboq oldingiz? Bu ishni yanada yaxshi bajarishingiz uchun nima kerak bo‘ladi? Shu tariqa rahbar ularning har biri kompaniya faoliyatida muhim o‘rin tutishini namoyish qiladi. Bundan tashqari, u o‘zi uchun yangi foydali maʼlumot oladi.
2. O‘z ishlari haqida boshqalarning fikriga quloq tutishadiHaqiqiy yetakchi jamoaning o‘z rahbarlik usullari haqidagi fikrini bilmay turib, undagi ishchi muhitni boshqara olmaydi. Rahbar uning boshqaruv uslubi xodimlarni qoniqtiryaptimi yoki yo‘q, jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini istashlariga – doimo qiziqish bildirishi kerak. Bu uning barqaror va samarali faoliyati uchun zarur ekanini yaxshi anglaydi.
3. Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi. O‘zingizdagi yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishni xohlasangiz, o‘zingizni shunday tutingki, odamlar sizga ishonsin. Yaxshi rahbar uchun xodimlarining muhim masalalar bo‘yicha unga murojaat qilishi juda muhim. Ishonchli munosabatlar rahbarning ochiqligi, eʼtiborliligi va adolatli ekanini bildiradi.
4. O‘z kompaniyasi xodimlarining hayotini yaxshilashga harakat qilishadi. Haqiqiy yetakchi faqat o‘z qiziqishlari bilangina cheklanib qolishi kerak emas. U o‘z xodimlari uchun qayg‘uradi va ularning ehtiyojlariga eʼtiborli bo‘ladi. Shu tariqa u kuchli va jipslashgan jamoani tashkil qiladi. Rahbar ishchilar ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirish uchun o‘ziga o‘zi savol berishi kerak: xodimlarim ishxonada o‘zlarini qulay his qilishlari va o‘z ishlarini sevishlari uchun bugun nima qilishim mumkin?
5. O‘z xatolarini tan olishadi. Kibr, noinsoflik va boshqalar fikrini inkor etish — rahbar xalos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar. Har bir inson shaxsiy nuqtai nazar huquqiga ega. Hattoki yirik tashkilot yetakchisi ham qayerdadir xato qilishi mumkin. Jamoa esa aynan g‘oyalar, fikrlar almashish va bir-biriga yordamlashish uchun ham kerak.O‘z xatolarini tan olish – zaiflik belgisi emas. Aksincha, xodimlar bunday rahbarni hurmat qilishadi. Zero doim haq bo‘lgandan ko‘ra, vazifani to‘g‘ri bajarish muhimroq.
6. O‘z pozitsiyaslarida qatʼiy turishadi. Yaxshi rahbar qatʼiy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu sifat kompaniya jiddiy sinovlarga duch kelganida muhim qarorlar qabul qilish uchun ham zarur. U o‘z tamoyillaridan voz kechishi kerak emas. Haqiqiy yetakchi o‘zini ham, xodimlarini ham aldamay, doim vijdonan harakat qilishi kerak.



Download 157,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish