Bitiruv malaka ishi



Download 1,91 Mb.
bet3/15
Sana29.12.2021
Hajmi1,91 Mb.
#77503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
.........iqtisod 24-Abdullayeva Kamola bitiruv malaka ishi

III XULOSA;

IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI;

V YO’L XARITASI;

VI ILOVALAR;


KIRISH

Jamiyatimizning har bir fuqarosi XXI- asrda yashar ekan ortda qolgan yillar qadrini baholashga va kelajak hayotining turli jabhalarini belgilab olishiga urinishi tabiiydir.Jumladan,xalq ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatayotganlar ham bundan mustasno emas. O’zbekistonda ta’lim –tarbiya sohasini islohat qilishning asosiy omillaridan biri ,,shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi’’dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limga juda katta ahamiyat berilmoqda. Fanning turli sohalarini uzluksiz rivojlantirib borishda yangi axborotning nihoyatda tez ko’payishi hozirgi zamon uslubiyati oldiga juda katta qiyinchilik va muammolarni qo’ydi. Ta’lim oluvchilarni hozirgi zamon bilimlari bilan tanishtirish va fanni yaxshi o’zlashtirishi uchun nima ishlar qilish kerakligi dolzarb muammoga aylanib qolmoqda. Bu muammo oldida butun dunyo pedagog olimlari bosh qotirmoqdalar. Zero Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”. Ma’lumki, Respublika ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi kelajakda barkamol avlodni tarbiyalash, kamol toptirishga qaratilgan. Bu esa o’z navbatida ta’lim jarayoniga yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashni taqoza etmoqda. Malaka ishi mavzusining bunday tanlanishiga sabab Bozor bobi mavzularining yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish va yuksak samaralarga erishishning optimal usullarini aniqlash, qolaversa yangi interfaol usullarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tadbiq etishdir. Ishning maqsadi va vazifalari: fanning Bozor bobi mavzularining o’qitish jarayonida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, dars o’tish jarayonida aynan bobddagi dars mavzulariga mos interfaol metodlarni qo’llay olish va yangi interfaol metodlarni ta’lim tizimiga joriy etishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi:

1. Bozor bobi mavzularida yaxshi samara beradigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni aniqlash.

2.Tanlab olingan interfaol metodlarni mos mavzularga qo’llash texnologiyasini ishlab chiqish.

3.Bu interfaol metodlarni dars jarayoniga qo’llab sinovdan o’tkazish, tahlil etish va yaxshi samara bergan usullarni tanlab olish. Dars jarayonida ta’lim vositalaridan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Ta’lim vositalari- o’quv materialini ko’rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitish samaradorlini oshirish yordamchi materiallar hisoblanadi. Ta’lim vositalari 3 ta: 1) Ta’lim berishning texnik vositalari (TTV) 2)Yordamchi ta’lim vositalari (YOTV)

3) O’quv –uslubiy materiallar (O’UM) Ta’lim texnik vositalari –(TTV) – o’quv materialini ko’rgazmali namoyish etishga uni tizimlimli yetqazib berishga yordam beradi,talabalarga o’quv materilanini tshuntirishga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi. Yordamchi ta’lim vositalari- (YOTV) – grafiklar, chizmalar, namunalar va boshqalar. O’quv-uslubiy vositalari (O’UV) o’quv materiallari, o’zlashtirilgan o’quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular o’quvchilarning mustaqil shularni faollashtirishga yordam beradi. O’quvchilarning o’quv –bilmiy faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi har turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bogliq: 1) Maqsadni belgilash;

2) Asosiy bilim manbasiga;

3)Ta’lim uslublarig a;

4)O’quv materiallarining yangiligi va murakkabligiga

5)O’quvchilarnig o’quv imkoniyatlariga Ta’lim vositalarini aniqlovchi omillar: Maqsadni belgilash; O’quv axborot mazmuni; Ta’lim vositalari; Yetakchi bilim manbai; O’quv materiali yangiligi va murakkabligi; Bundan tashqari ta’lim vositalarining bir turi hisoblangan didaktik materriallardan ham samarali foydalanish zarur.




Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish