Bitiruv malaka ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, Asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.
1.Sharof Rashidov shaxsiyati haqida. Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr 1917 – 31-oktabr 1983) – sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939-yildan KPSS aʼzosi. Jizzax pedagogika texnikumini (1935), Samarqand Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gaztasida masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va muharrir (1937–1941,1943). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941 yil noyabr – 1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944–1947), "Kizil Oʻzbekiston" gazeta muharriri (1947– 1949), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949–1950). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1950-1959). Oʻzbekiston KP MK 1-kotibi (1959-1983). KPSS MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzoligiga nomzod (1961–1983). 2 marta Mehnat Qaxramoni (1974, 1977).
Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1-yirik asari – "Chegarachi" dostoni 1937-yilda nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash tuygʻulari bilan sugorilgan "Qaxrim" sheʼrlar toʻplami 1945 yilda chop etildi. Rashidov davrning muhim hisoblangan muammolaridan biri – qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida "Gʻoliblar" qissasini (1953) yezdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida front orqasida qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bagʻishlangan "Boʻrondan kuchli" (1958) va "Qudratli toʻlqin" (1964), "Gʻoliblar" (1972) romanlarini yaratdi. Rashidov xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan voqealarni davlat va partiya arbobi sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan "Kashmir qoʻshigʻi" lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida oʻrinni egallaydi.
Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralandi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oqlandi va u Vatanimiz tarixidagi munosib oʻrnini egalladi. O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyi meʼmoriy majmuasi uchun qurilish gʻoyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi koʻchalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Jizzaxda Rashidov haykali va muzeyi bor. Toshkentdagi "Chigʻatoy" qabristoniga dafn etilgan.
Sharof Rashidov Oktabr inqilobidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoga kelgan.Samarqanddagi Oʻzbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini (1941), BKP MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan. 1935-yildan oʻrta maktabda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. 1937–41-yillarda Samarqand viloyatining „Lenin yoʻli“ gazetasida maʼsul kotib, maʼsul muharrir oʻrinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan.1941–42-yillarda Sovet Armiyasi tarkibida Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Oʻzbekistonga sovet-olmon frontining yaradorlari bilan qaytgan. 1943–1944-yillarda „Lenin yoʻli“ gazetasida muharrir. 1944–1947-yillarda Oʻzbekiston KP Samarqand viloyati qoʻmitasi kotibi. 1947–1949-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ respublika gazetasida maʼsul muharrir.1949–1950-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. 1950–1959-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSP Oliy Sovet Prezidiumi raisi oʻrinbosari. 1959-yil mart oyidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. KPSS XIX-XXIV syezdlari delegati.1956-yildan MK aʼzoligiga nomzod. 1961-yildan KPSS MK aʼzosi. 1961-yildan MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod.1966-yil aprelidan KPSS MK Siyosiy burosi aʼzoligiga nomzod. III-X chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati. 1970-yildan SSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi.Ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan.
1945-yili Sharof Rashidovning – „Mening nafratim“ nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi. „Gʻoliblar“ povestida (1951) xalqning dehqonchilik yerlari uchun kurashi tasvirlanadi; xuddi shu mavzu „Boʻrondan kuchli“ romanida (1958) ham rivojlantiriladi. 1964 yilda nashr qilingan „Buyuk toʻlqin“ romani sovet jangchilarning Ikkinchi Jahon urushida koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. „Kashmir qoʻshigʻi“ romantik povestida (1956) hind xalqining ozodlik kurashi koʻrsatiladi. 1950-yili Rashidovning publitsistik maqolalaridan iborat „Tarix kelishuvi“ nomli toʻplami, 1967-yili „Doʻstlik ramzi“ nomli kitobi nashrdan chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb muammolariga bagʻishlangan.
Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati „qoʻshib yozish“ (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Oʻsha „qoʻshib yozishlar“ 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi. Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos „oʻzbek ishi“ degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshligʻi oʻz oʻrnini saqlab qoldi). Gdlyanning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. „Oʻzbek ishi“ natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi. Hozirgi kunda mustaqil Oʻzbekistonda Sharof Rashidovning nomi hurmat-eʼtibor bilan esga olinadi. Oʻzini kuchli rahbar va mohir diplomat sifatida koʻrsata olgan oʻzbek xalqining qahramoni kamchiliklarga toʻla sovet boshqaruv tizimini oʻzbek xalqining oʻlchab boʻlmas rivoji uchun yoʻnaltirgan.
Qizi: Sayyora Rashidova — Oʻzbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi direktori, kimyo fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi. 1993 - yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan Fan arbobi“ faxriy unvoni; 1997 - yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni;1999 yilda- "Doʻstlik ordeni, „ 2003 yilda- “El-yurt hurmati " ordeni sovrindori. 1995-2015 yillarda Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili lavozimida ishlagan. 100dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan.
Qizi: Rashidova Gulnora Sharafovna — tarix fanlari nomzodi. Turmush oʻrtogʻi — Abdulaziz Komilov — diplomat.
Qizi: Rashidova Dilorom Sharafovna.
Oʻgʻli: Rashidov Ilhom Sharafovich
Bugungi kunda xotirasini abadiylashtirish uchun:
Toshkent shahrining Mustaqillik maydoni yonidagi ko'chaga Rashidov koʻchasi nomi berildi. 2016-yil 23-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori bilan Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga "Sharof Rashidov tumani" nomi berildi. 2017-yil 28-mart kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash haqida"gi qarori qabul qilindi. Shu yilning 6-oktyabr kuni Jizzax shahrida Sharof Rashidovning haykali ochildi.
Xulosa qilib aytganda Sharof Rashidovning xalqimizga qilgan xizmatlari,ularga yaratib bergan yengilliklari va ularga ma’naviyatimizni,milliy qadriyatlarimzni tiklashga qo`shgan ulkan hissasi uni xalqimizning eng faxrli insoni bo`lib qolishida o`rni beqiyos.Masalan, uzoq yillik tarixga ega bo`lgan Imom Termiziy yodgorligini tiklashga va yana bir milliy mayramimiz Navzo`z bayramini nishonlash uchun qilgan hizmatlari beqiyos.