3.Sharof Rashidov ijodi
Sharof Rashidovning siyosiy faolitai haqida bir kitob yozsa bo’lgandek, ijodiy olami ham bir kitob bo’lishga arziydi. Erishilgan har qanday yutuqning zamirida qanchadan-qancha mehnat,mashaqqat yotadi. Bugungi rivojlanayotgan mustaqil O`zbekistonimizning jahon minbarida adl qad ko`tarib turishi minglab insonlarning sa`y-harakatlari, mehnatlari, yurt uchun jonini fido aylashlari evaziga erishilgan. Olis ko`hna tariximiz zarvaraqlaridan munosib o`rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlangan shaxslarning el boshiga mushkul kunlar tushgan qaltis tarixiy jarayonlarda ko`rsatgan jasoratlari bunga jonli guvohdir. Bunday shaxslarning hayot yo`llarini o`rnak sifatida o`rganish, xotirasini abadiylashtirish bizning asosiy burchlarimizdan biridir. Ular yurt ozodligi, mustaqilligi yo`lida aziz jonlarini qurbon qildilar. Xalqimizning shunday asl farzanlaridan biri Sharof Rashidov atoqli davlat va jamoat arbobi, iste`dodli adib sifatida Vatanimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan.
Ey yurak, vatan deb elga qasam ich,
Navbating kelibdir, kurash beayov.
O`zbegimning er yigiti bo`lmish Sh.Rashidov quyoshli o`lkaning jannatmakon go`shasi bo`lmish Jizzaxning so`lim bir vodiysida 1917-yilning 6-noyabrida dehqon oilasida tug`ilgan. Sh.Rashidov maktabni bitirgandan so`ng shahardagi pedagogika texnikumiga qabul qilindi. Ushbu dargohni imtiyozli diplom bilan yakunlagach, dastlabki faolyatini Hamid Olimjon tahsil olgan maskan-Narimonov nomidagi to`liqsiz o`rta maktabda o`qituvchilikdan bowladi. Bir muddat shu yerda ishlab SamDUning filologiya fakultetiga o`qishga kirdi. U o`qish bilan birgalikda Samarqanddagi “Lenin yo`li” gazetasida muharrir o`rinbosari so`ngra mas`ul sekretar lavozimlarida ishladi. Mana shu dargohda olingan ko`plab amaliy ishlar Sharofning porloq kelajagining istiqbolidan darak beradi. U ushbu lavozimda 1937-1941-yillarda faoliyat ko`rsatdi.
Fashizmga qarshi Ikkinchi jahon urushi boshlangach 1941-yil noyabr oyida frontga safarbar qilindi. Ulug` Vatan urushida qatnashib og`ir yarador bo`lib qaytdi. Bu davrda ko`plab asarlar yaratdi. 1944-1947-yillarda Samarqand viloyati komiteti kotibi, 1947-1949-yillarda “Qizil O`zbekiston” (hozirgi “O`zbekiston ovozi”)gazetasiga muharrirlik qildi. Keyingi 1949-1950-yillarda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo`lib ishladi.
50-yillardan boshlab Sh.Rashidov faoliyatida yanada mas`uliyatli davr boshlandi.U 1950-yilda O`zbekiston Oliy Kengashi Rayosatining Raisi etib saylandi.Shu daqiqadan boshlab uning mas`uliyat yuki yanada og`irlashgandi va yuqorida unga berilgan ishonch ikki barobar oshgandi desak mubolag`a bo`lmaydi. Sh. Rashidov 1959-yildan e`tiboran to umrining oxirigacha Respublikaning Birinchi rahbari sifatida O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasini boshqardi.Mana shu yillar davomida uning fikr-u xayoli, odimlab yurgan har bir qadami faqat birgina ulug`vor maqsad yo`lidagina edi.U qariyib chorak asr davomida respublikaga yetakchilik qildi. Bosib o`tilgan barcha yillar tag zaminida esa uning vataniga bo`lgan muhabbati,kelajak uchun qilgan ming minglab islohotlari va olib brogan adolatli siyosati uning haqiqatdan ham naqadar fidokor rahbar bo`lganligini yana bir bora isbotlab berdi. O`zining bilimi ,tajribasi,kuchi va iste`dodini xalq xizmatiga bag`ishlgan Sh.Rashidov bir asari qahramoni orqali xalq oldidagi mas`uliyatini yoritib berdi:”Xalq meni umid va ishonch bilan saylab qo`yibdi.Hammaning umidi va ishonchi shuki, poyonsiz yerlar xalq baxtiga xizmat qilsin. Agar shu katta ishga munosib hissa qo`shar ekanman,xalq ishonchini oqlagan bo`laman.Men xalq farzandiman.Xalqqa xizmat qilishdan ham katta baxt bo`lishi mumkinmi axir?”.
Shuningdek,u Ittifoq Partiya Markaziy qo`mitasi Siyosiy Byurosi a`zoligiga nomzod ham edi.Qilingan mehnat samaradorligi o`laroq,uning mevalaridan nishona sifatida o`n bir marta Lenin ordeni,ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni va Lenin mukofoti bilan taqdirlandi.
Sh.Rashidovning rahbarlik faoliyatiga nazar tashlasak,o`sha davrning o`ta murakkabligi,ziddiyatligi yaqqol ko`zga tashlanadi.Vatanga bo`lgan so`nmas muhabbat har qanday insonni qahramonga aylantiradi,deganlaridek,shaxsiyati yuksak bo`lgan Sharofningmetin irodasini bundayin muammolar also buka olmadi.Ayni shu tahlikali pallada ham o`zini yo`qotmadi.Eng og`ir vaziyatlarda ham Sh.Rashidov yurt mafaatini ko`zlagan holda ish yuritdi.Buni zamondoshi M.Gorbachyov yordamchisi V.Boldin3 so`zlaridan ham ko`rishimiz mumkin.Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan Gorbachyov shu zahoti o`ziga erk berib yubordi.O`zining muvaffaqiyatlarini ko`z-ko`z qilishni boshladi.Eslayman,Rashidov paxta topshirishni oshirish uchun, Gorbachyov qanday qilib O`zbekiston rahbarining qo`llarini qo`yiltirganini.Rashidov tushuntirishga,ko`ndirishga harakat qilardi: “Bizda yomg`ir bilan qor yog`di,hammasi muzlab qoldi.Agar shu ahvolda ham terib oladigan bo`lsak, uni quritishimiz uchun yarim yil ketadi”.Gorbachyov esa:”Baribir ko`proq topshiringlar”-dedi.Yuqoridan kelayotgan buyruqlarni yumshatishga, markaziy hokimiyatdan yurt obodonligi,farovonligi uchun bitun choralar bilan foydalanishga harakat qilardi. Bu esa buyuk xalqning ma`naviy madaniyati o`sishiga, butun olamni ongli tarzda chuqurroq anglashiga, yangidan yangi izlanishlaru kashfiyotlarning dunyo yuzini ko`rajagiga hissa qo`shish uchun mustaxkam poydevor vazifasini o`tadi. U xalqni yuksaltirish borasidagi maqsad va vazifalari aniq belgilagan holda, xalqni birdamlikka chaqirdi. O`zi ta`kidlaganidek:”Xalqimizning do`stligi jonajon vatanimizning kuch manbaidir. Bu do`stlik bor ekan, bu do`stlik yashar ekan, bizga hech qanday dushman, na ichki, na tashqi dushman qo`rqinchli emas.” U o`z asarlarida xalqlar o`rtasidagi quyoshdan porloq, bo`randan kuchli, po`latdan mustaxkam do`stlikni juda baland ruh va yuksak g`urur bilan tasvirlaydi.
Jamiyat va davlatimiz taraqqiyoti yo`lida o`zining fidoyiliklarini ayamadi. Bu buyuk inson faoliyatiga muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov shunday ta`rif beradi: “Bu murakkab shaxs ,bir tarafdan, milliy manfaatlarni o`ylashga, ikkinchi tarafdan, Markazdan kelgan, tub manfaatlarga zid buyruqlarni hayotga tadbiq etishga majbur bo`lganini unutmasligimiz lozim. Uning umri sandon bilan bolg`a o`rtasiga qo`yilgan edi, desak also mubolag`a bo`lmaydi”. Mavjud olib borilgan keng ko`lamdagi ishlar hozirgi erishilgan yutuqlarimizning tamal toshi ekanligini unutmasligimiz lozim. Uning asoschisi esa yurtning vatanparvar o`g`loni Sharof Rashidovdir.
Sharof Rashidov rahbarligi davrida ko`plab sanoat korxonalari, yirik inshootlar bunyod etildi.Mirzacho`l,Qarshi,Jizzax, Yozyovon, Surxon-Sherobod cho`llarining o`zlashtirilishida uning xizmatlari katta. Kechagi cho`l-u buyobonlar bog`larga aylantirildi, bu ishlardan esa yuzminglab yurtdoshlarimizning uylariga baraka, halol rizq nasiba kirib keldi. O`zbekistonda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Yangiyer va Guliston kabi odamlarning ehtiyojini qondiruvchi, barcha shart-sharoitlarga ega turar joy va maishiy binolarga ega o`nlab boshqa shahar va tumanlar barpo etildi.
Sharof Rashidov sa`y-harakatlari natijasida Toshkentda tuzilgan xalqaro harakat 1966-yilda jahonda “Toshkent ruhi” degan mashhur tushunchani vujudga keltirdi.Bu tushuncha o`zining tom ma`nodagi asliyatidan ko`proq narsani anglatar edi.U boshqa davlarlar bilan ham siyosiy aloqani yaxshilaydi va ular o`rtasida nafaqat savdo-tijorat,balki madaniy-ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni ham yaxshilaydi.Endilikda nafaqat Osiyo, balki Yevroosiyo madaniyatining sharq xalqlari bilan uyg`unlashuvini ko`rish mumkin.Sh.Rashidov Dehli,Toshkent va Qohirada bo`lib o`tgan Osiyo va Afrika yozuvchilar hamkorligi harakatining,Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro kinofestivalining, Hindiston va Pokiston o`rtasida tinchlik sulhi imzolanishining tashabbuskoridir. Shuncha qilgan mehnatlariga qaramay,shu davning barcha davlat arboblari singari vafotidan so`ng Sharof Rashidovning xotirasi ham oyoqosti qilindi.Hayoti va ijodini o`rganish taqiqlandi. Sovet davlatining so`nggi yillarda ruslar uchun Sh.Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining ma`muriy buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari O`zbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban o`zbek hukumati “qo`shib yozish”(Sovet Ittifoqida raqamlarning suniy o`sishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. O`sha “qo`shib yozishlar” 500 mingdan 1 mln tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat o`zbek boshqaruvchilariga Markazdan qo`shimcha manbalar olish va Brejnev hokimyatini sotib olishga imkon berardi. Faqatgina Rashidovning o`limidan so`nggina markaz o`ziga xos “o`zbek ishi” degan uydurmani o`ylab topdi va O`zbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida O`zbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan O`zSSRning deyarli barcha rahbari nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshlig`I o`z o`rnini saqlab qoldi). Gdlyanning fikricha, o`sha vaqtda butun Ittifoq korrupsiya to`rida qolgan bir vaqtda Moskva O`zbekiston Respublikasini ajratib qo`yib nohaqlik qilan. Ushbu davrda Sovet hokimiyati hali to`laqonli hukmronlik kuchini yo`qotmagan,ne-ne begunoh insonlarning qaynoq qoniga to`ymagan, murg`ak go`daklar qalbini vayron etish, bobolar orzu-istaklarini toptash ishtiyoqi jo`sh urayotgan qonli pallarda o`zlarining zulm kuchining asosi talqinda olib borayotgan “paxta ishi” degan quruq tuhmat va bo`htonlarga asoslanib zaminimizning deyarli barcha rahbarlarini o`zlarining turmaxonalarida nomlarini qora bo`yoqlarda qayd qilgan holda aziz umrlariga zomin bo`ldilar.
Sharof Rashidov vafotidan so`ng uning xotirasi badnom etilishida Usmonxo`jayev, Nishonov, Osetrov, Salimovlarning hissasi katta. Ulardan biri Usmonxo`jayev Sharof Rashidov xotirasini abadiylashtirish to`g`risidagi sobiq KPSS Markaziy Qo`mitasi va sobiq SSSR Vazirlar Kengashining (1983-yil 23-dekabr) qarorini bekor qildirdi, Jizzaxdagi Sharof Rashidov xotirasiga qo`yilgan yodgorlikni (byust) qo`portirdi, qabrini ko`chirtirdi. Lekin Sharof Rashidov Usmonxo`jayevni o`z ustozi deb bilar va uning o`g`li Inomjonni yuqori lavozimlarda ishlashiga sababchi bo`lgandi. Sh.Rashidovning ukasi Asilbek Rashidov u to`g`risida shunday eslaydi: ”Rahmatli akam o`sha kezlarda noshud va novbakor shogird ulg`ayotganini, qo`ynida shayton urchiyayotganini xayoliga ham keltirmagan bo`lsa kerak”.
“Sadoqatli” shogirdlardan yana biri Nishonov Sh.Rashidov nomiga tuhmatu bo`htonlar yog`dirishda Usmonxo`jayevdan ham o`tib tushdi. U: ” Men ham Sh.Rashidovdan ko`p ozor chekkanman, o`z vaqtida chet elga badarg`a qilinganman” deb ayyuhannoz soldi. “Pravda” gazetasining bir sonida Surxondaryo viloyat firqa qo`mitasining sobiq kotibi Abduxoliq Karimov: “ Rashidov vaqti vaqti bilan viloyatlarga chiqib o`lpon olib turar edi” deya tuhmat qildi.
Xalq ta`limi vaziri Oydinoy Abbosova Sh.Rashidovning rus tilini chuqur o`rganish to`g`risidagi fikrini aholini ommaviy ruslashtirish deya noto`g`ri talqin qildi. Agar o`tmishga nazar tashlasak, bobomiz Alisher Navoiydan tortib Avaz O`tar o`g`ligacha, Furqatdan tortib Sattorxongacha, Ishoqxondan tortib Hamzagacha rus tilini ta`rifu tafsif etib kelganlar. Demak Sh.Rashidov ham o`z salaflari izidan borib, ularning ma`rifatparvarlik ishlarini davom ettirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |