13
TEXNIK-IQTISODIY ASOSLASH
Sho’rtan gaz kimyo majmuasi Qashqadaryo viloyati, G’uzor tumaniga
Qarshi shahridan 40 km uzoqlikda janubiy g’arbida joylashgan.
Texnologik ob’ektlar 150 gektar joyida joylashgan shimoldan 20 km
uzoqlikda 240000 tonna mazut omborxonasi bo’lgan.
Tolimarjon GES si joylashgan shimoliy qismida 2 km uzoqlikda Sho’rtan neft
gaz korxonasi joylashgan.
Sho’rtan gaz kimyo majmuasiga Temir yo’l, avto transport, magistral
quvurlar keltirilgan. Elektr manbai bilan Tolimarjon GESI ta’minlab beradi.
Korxonaga ishchi kuchi Sho’rtan, G’uzor, Qarshi, Koson va boshqa rayonlardan
kelib ishlaydi.
Kimyo majmuasi uchun muhandis – texnik xodimlarini
Toshkent Davlat
Texnika Universiteti,Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti va Qarshi Davlat
Texnika Universiteti tayyorlab beradi.
Sho’rtan gaz kimyo majmuasining shimoliy-sharqida Qarshi kanalidan
kelayotgan suv hisobiga 11.3 mln
sig’imga ega sun’iy suv ombori,1700 metr
uzoqlikda shaharcha joylashgan. Sho’rtan gaz kimyo majmuasi polietilenga
bo’lgan ehtiyojini to’liq qondiradi.
Sho’rtan gaz kimyo majmuasi yurtimizdagi eng yirik kimyo majmualaridan
biri bo’lib o’rta osiyoda joylashgan yagona polietilen ishlab
chiqarish zavodi
hisoblanadi. Sho’rtan gaz kimyo majmuasi yiliga 4 mln m
3
gazni qayta ishlashga
mo’ljallangan bo’lib yiliga 140 turdagi 125000 tonna polietilen, 100000
tonna
suyiltirilgan gaz hamda 110000 tonna gaz kondensati va 4000 tonna oltingugurt
granulasi, va polietilen olishda zichlikni rostlovchi monomer sifatida
qo’llanadigan
6000 tonna buten – 1 ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Respublikamizda yaqinda qad ko’targan yana bir yirik kimyo majmua
Ustyurt gaz kimyo majmuasi bo’lib u yerda ham polietilen, siqilgan gaz
suyultirilgan gaz va sanoatimiz uchun yangilik bo’lgan polipropilen ishlab
chiqariladi.
14
Ustyurt gaz kimyo majmuasining polietilen ishlab chiqarish sexi SHo’rtan
gaz kimyo majmuasining polietilen ishlab chiqarish sexidan buten – 1 olish
qurilmasining yo’qligi bilan farq qiladi. Shu sababli hozirda Sho’rtan gaz kimyo
majmuasi yetakchi muhandislari Buten – 1 olishni
miqdorini oshirish borasida
izlanishlar olib bormoqdalar. Hozirda buten – 1 ni ko’proq ishlab chiqarib bir
qismini Ustyurt gaz kimyo majmuasiga sotish loyihasi ustida bir qator ishlar olib
borilmoqda. Sho’rtan Gaz kimyo majmuasida 6000 tonna buten – 1 ishlab
chiqarilib polietilen olishda xom – ashyo sifatida zavodning o’zida sarflanadi.
Hozirda Fransiyaning AXENS kompaniyasi bilan birgalikda buten – 1 ning
miqdorini oshirish maqsadida loyiha ishlari ishlab chiqilmoqda.
Buten – 1olish qurilmasi Fransiyaning AXENS kompaniyasi tomonidan
ishlab chiqilgan bo’lib yiliga 6000 tonna butenn – 1 ishlab chiqarishga
mo’ljallangan. Buten – 1 polimerning zichligini rostlash maqsadida polietilen
tarkibiga monomer sifatida kiritiladi. Buten – 1
sintez qilish jarayononi
dimirizatsiya reaksiyasi asosida olib boriladi yaniy ikki molekula etilenni o’zaro
reaksiyaga kirishish natijasida buten – 1 olinadi. Bu jarayon buten – 1 olish
texnologik qurilmasida amalga oshiriladi. Buten – 1 olish qurilmasi polietilen
sexining tarkibiy qismiga kirib bu qurilmaning asosiy xomashyosi etilen sexidan
beriladi. Buten – 1 olish jarayonida ishlatiladigan asosiy xom – ashyo etilen bo’lib
buten – 1 olish zavodning o’zida ishlab chiqarilganligi uchun xom ashyo tannarxi
baland emas. Buten – 1 olish jarayoni murakab kimyoviy mexanizm asosida
boruvchi jarayon bo’lib dimerlanish jarayoni bilan
bir qatorda polimerlanish,
trimerlanish jarayoni ham birga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: