Yong’inni o’chirish usullari va zaruriy vositalari
Yong’inni o’chirish – yonish hududiga, o’t o’chirish vositalaridan biri bilan
reaktsiyaning barqarorligini buzish uchun, aktiv (mexanik, fizikaviy yoki
kimyoviy tarzda) ta’sir etishdan iboratdir.
Qurilmaning yong’inga qarshi tizimi Sho’rtan GKM ning yong’inga qarshi
umumiy halqa tizimiga ulangan bo’lib, u ichki suv ta’minoti sexi (ISTTS) ning
blokli nasos stantsiyasi (BNS – 1) da joylashgan uch yer osti o’t o’chirish 15-2
A,B,S rezervuarlaridan ta’minlanadi. 15-2 A,B,S rezervuarlarning umumiy sig’imi
24000 m
3
ni tashkil etadi va yong’inning ikki o’chog’i – biri ishlab chiqarish
zonasida va biri tovar-xom ashyo sexi (TXTS) ning rezevuarlar parki zonasida
paydo bo’lgan vaziyatda, 3 soatdan ortiq bo’lmagan vaqt davomida 5 m/s tezlik
bilan maksimal miqdorda – 4200 m
3
/h yong’inga qarshi suv berish imkonini
beradi.
Sho’rtan GKM ning yong’inga qarshi umumiy halqa tizimidagi doimiy 1300 kPa
bosim, har biri 250 m
3
/h unumdorlikka ega bo’lgan 2-guruxning 2-1,2,3 uch
nasosidan birining to’xtovsiz ishlashi bilan ta’minlanadi. Tizimdagi bosim 1180
kPa dan pastga tushib ketganda 2-guruxning 2-1,2,3 barcha nasoslarini navbati
bilan ishga tushirish ko’zda tutilgan. Zarur bo’lgan bosim 2-1,2,3 nasoslar bilan
ta’minlanmagan vaziyatda, har birining unumdorligi 1125 m
3
/h ni tashkil etuvchi,
1-1,2,3,4 yuqori voltli nasoslar navbati bilan ishga tushiriladi. 1-5,6,7,8 yuqori vol-
tli nasoslar zahirada bo’ladi.
Yong’in o’chog’iga suvni bevosita berish uchun quyidagilardan
foydalaniladi:
-O’t o’chirish gidrantlari – 3 dona, o’t o’chirish shlanglarining soni – 6 dona;
100
lafetli stvollar – 2 dona.
Yong’inga qarshi asbob-uskunalarning zahira komplekti o’t o’chirish
shchitlarida (3 dona) joylashgan.
Texnologik uskunalarni himoya qilish uchun o’t o’chirishning statsionar
drencher tizimlaridan foydalanish ko’zda tutilgan. DCS xonasidan, zonalar
bo’yicha tizimlarga avtomatik tarzda suv berish va suv berishni to’xtatish, ko’zda
tutilgan.
Yong’inni ma’lum joydan chetga chiqarmay o’chirish uchun, servis
stantsiyalari tizimidagi texnik suv, bug’, azotdan foydalanish imkoni ko’zda
tutilgan.
Katta bo’lmagan yong’in o’choqlarini o’chirishning birlamchi vositalari
sifatida kukunli (uglerod dioksidi) OP-10 (8 dona) va OP-50 (4 dona) o’t
o’chirgichlardan, kigizdan foydalaniladi.
Elektr dvigatellardagi yong’inni o’chirishda OU-2 va OU-5 markadagi
uglekislotali o’t o’chirgichlardan, hamda OP-10, OP-50 dan foydalaniladi.
Yong’in chiqqan yoki uskunalarning zichlanganligi buzilgan vaziyatlarda,
DCS shchitidan avariya holatida blokni ajratish yoki avariya holatida qurilmani
to’xtatish ko’zda tutilgan.
O’t o’chirish qismini chiqarish 01 telefoni bo’yicha yoki yong’in haqida xabar
bergichlar orqali amalga oshiriladi.
Mening malakaviy bitiruv ishim ishlab chiqarilayotgan polietilen zichligini
rostlash maqsadida polimer tarkibiga qo‘shiladigan somonomer , ya’ni buten-1
olish qurilma loyihasi hisoblanarkan, shu qurilma etilen, buten-1, trietilalyuminiy
(TEA), normal butil orto titanat tetra metilen eterat (LC-2253) ,
monodietilgeksilamin (MDNA) , siklogeksan , og‘ir nafta , pentan (engil nafta)
moddalari bilan uzviy bog‘liq . Shu sababdan ham korxonaga keltirilgan xom-
ashyo, yarim tayyor hamda tayyor mahsulotlar himoyalangan , germetik tashqi
ta’sirlarga chidamli materiallardan yasalgan sig‘imlarda , omborlarda saqlanadi .
Harorat 30 ˚C dan yuqori bo‘lmagan , namlik 30 % dan ko‘p bo‘lmasligi talab
qilinadi.[13]
101
Do'stlaringiz bilan baham: |