Flash MX dasturi interfeysi - Flashdagi animatsiya «multik»da ishlatiladigan ob’ektlarni xossalarini o’zgartirishga asoslangan. Masalan, ob’ektlar yuqolishi yoki paydo bo’lishi, joylashuvini, ko’rinishini, rangi va boshqalar o’zgartirishi mumkin. Flashda ob’ektlarni animatsiyalashni uchta turli mexanizmi ko’zda tutilgan:
- kadrma-kadrli («klassik») animatsiya, bu usulda muallif bo’lg’usi «multik»ni xar bir kadrini o’zi yaratadi yoki boshqa joydan import qiladi va namoyish ketma-ketligini o’zi o’rnatadi:
- avtomatik animatsiya (tweened-animatsiya), bu usulda muallif multiplikatsiya kadrlarini fakat birinchi va oxirgisini yaratadi, oralik kadrlarni esa Flash avtomatik tarzda uzi yaratadi; tweened-animatsiyani ikki xil turi mavjud: ob’ektni kuchirishga asoslangan animatsiya (motion animation) va ob’ektni transformatsiya (ko’rinishini o’zgartirish)siga asoslangan animatsiya (shape animation);
- ssenariyga asoslangan animatsiya; ssenariy- Flash ning dasturlash tilida (bu til ActionScript deb nomlanadi) ob’ektni xatti-xarakatini berilishidir. Bu tilni sintaksisi Web-xujjatlarda ishlatiladigan boshqa ssenariy tillariga(masalan, JavaScript va VBScript) uxshab ketadi.
- 1. Flash filmlarini ishlatish variantlari
- Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek Flashning asosiy vazifasi grafika va animatsiyaga boy bo’lgan interaktiv Web-saxifalarni yaratishdan iboratdir. Lekin Flash bu o’ziga xos mustaqil texnologiyadir. Shuning uchun, Flash yaratuvchilari uning yordamida olingan filmlarni ishlatilishini yana ikki boshqa variantlarni xam ishlab chikishgan. Birinchidan, Flash filmlarni mustaqil (Web-brouzerga bog’lik bo’lmagan xolda) namoyish etilishi, ikkinchisi esa Flash-filmlarni boshqa formatlarga otkazishdir.
- Filmlarni Flash yordamida yaratish va taxrirlash vaqtida muallif FLA formatga ega fayllar bilan ishlaydi. Bu Flash muxarririni ichki (shaxsiy) formatidir va u faqat Flashga «tushunarli»dir. Web-brouzer yordamida namoyish etish uchun mo’jallangan filmlar SWF formatiga o’tkazib olinishi zarur. Yuqorida ta’kidlab otilganidek, ushbu formatni brouzerlar (Internet Explorer, Netscape va Opera)ni so’ngi versiyalarida namoyish etilishi mumkin yoki maxsus Flash-pleer yordamida xam namoyish etilishi mumkin.
- Flash-filmlarni AVI formatiga o’tkazilishi ularning interaktivligini yo’qolishiga olib keladi, shuning uchun ushbu variant keng tarqalmagandir. Flash-filmlarni namoyish etilishni yana bir varianti mavjuddir (ushbu variant xam inetraktivsiz ko’rinishda bo’ladi). Bu variant Flash-filmni animatsiyalashgan GIF-formatga o’tqazishdan iboratdir. Bu xolda, eksportni ikki varianti mavjud: xar bir fayli animatsiyani 1 kadriga mos keluvchi GIF-fayllar to’plami kurinishida yoki bir animatsiyalashgan fayl ko’rinishidadir. Eksportning ikkinchi varianti afzalroqdir, chunki boshqa bir dastur (masalan, Ulead GIF Animator) yordamida kadrlarni «yig’ish»ga qaraganda bu variantda fayl xajmi kichikroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |