Nizom matni
Kirish
Biz birlashgan millatlar xalqlari, kelajak avlodlarni hayotimizda ikki martda insoniyatga ifodalab boʻlmaydigan gʻam-gʻussa keltirgan urush kulfatlaridan xalos etishga va insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqligiga va katta-kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchni qayta qaror toptirishga va shartnomalar va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga hurmat bilan qarash va adolatga rioya qilish mumkin boʻlgan shart-sharoitni vujudga keltirishga va ijtimoiy taraqqiyot va keng ozodlik sharoitida turmushni axshilashga yordam berishga va shu maqsadda sabr-toqat namoyon etib, yaxshi qoʻshnilar kabi birgalikda, oʻzaro totuvlikda yashashga va xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun kuchlarimizni birlashtirishga va tegishli prinsip va uslublarni qabul qilish bilan qurolli kuchlarning umumiy manfaatlardan boʻlak maqsadlar uchun u\ishlatilmasligini taʼminlashga va xalqaro apparatdan barcha xalqlarning iqtisodiy va ijtomoiy taraqqiyotiga yordam berish uchun foydalanishga qatʼiy ahd qilib, oʻz kuch-gʻayratimizni shu maqsadlarga sarflashga qaror qildik. Shunga binoan, bizning tegishli hukumatlarimiz San-Fransisko shahrida toʻplangan, oʻzlarining haqiqiy deb topilgan vakolarnomalarini taqdim etgan vakillari orqali Birlashgan Millatlar Tashkilotining uchbu Nizomini qabul qilishga rozilik berdilar va shu asosda
„Birlashgan Millatlar“ deb nomlangan xalqaro tashkilot taʼsis etdilar.
1-bob
modda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻzlagan Maqsadlar:
Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va shu maqsadda tinchlikka tahdidning oldini olish va uni bartaraf etish va tajovuz harakatlari yoki tinchlikka raxa soluvchi boshqa harakatlarni bostirish uchun birgalikda samarali choralar koʻrish hamda adolat va xalqaro huquq printsiplariga asoslangan holda tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga olib keluvchi xalqaro nizo yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish;
Xalqlarning teng huquqligi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi printsipini hurmat qilish asosida millatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirish hamda yalpi tinchlikni mustahkamlash uchun boshqa tegishli choralarni koʻrish;
Iqtisodiy, ijtomoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda hamda inson huquqlariga va barchaning irqi, jinsi, tili va dinidan qatʼi nazar asosiy erkinliklariga hurmatni ragʻbatlantirish va rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; va
Shu umumiy maqsadlaga erishishda millatlar harakatlarini movofiqlashtirish markazi boʻlish.
2-modda
moddada koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun Tashkilot va uning Aʼzolari quyidagi printsiplar asosida ish yiritadilar:
Tashkilot oʻzining barcha Aʼzolarining suveren tengligi printsipiga asoslanadi;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha Aʼzolari hammalarini Tashkilot Aʼzolari tarkibiga mansublikdan kelob chiqadigan barcha huquq va imtiyozlar bilan taʼminlash uchun ushbu Nizom boʻyicha zimmalariga olgan majburiyatlarini vijdonan bajaradilar;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha Aʼzolari xakqaro tinchlik, xavfsizlik va adolatni tahdid ostiga qoʻymaslik uchun oʻzalrining xalqaro nizolarini tinchlik vositalari bilan hal qiladilar;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha Aʼzolari oʻzlarining xalqaro munosabatlarida har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki uni ishlatishdan, shuningdek, Birlashgan Millatlar Maqsadlariga toʻgʻri kelmaydigan boshqa biron-bir tarzdagi harakatlardan oʻzlarinin tiyadilar;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining barch Aʼzolari unga ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirayotgan barcha harakatlarida har tomonlama yordam beradilar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qaysi davlatga qarshi ogohlantiruvchi yoki majburlovchi xarakterdagi harakatlar amalga oshirilayotgan boʻlsa, bunday davlatga yordam koʻrsatishdan oʻzlarini tiyadilar;
Tashkilot oʻziga Aʼzo boʻlmagan davlatlarning shu printsiplar asosida harakat qilishlarinin taʼminlaydi, zero bu xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlishi mumkin;
Ushbu Nizom Birlashgan Millatlar tashkilotiga har qanday davlatning aslida ichki vakolatiga kiradigan ishlariga aralashish uchun aslo huquq bermaydi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aʼzolaridan bunday ishlarni ushbu Nizom doirasida hal etishga kiritishni talab etmaydi; ammo ushbu printsip VII bobga asoslanib, majburiy choralar qoʻllanishiga daxldor emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |