Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi



Download 103,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana27.04.2022
Hajmi103,87 Kb.
#584992
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi - Vikipediya



Inson huquqlari
umumiy
deklaratsiyasi
Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi — BMT Bosh
Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan deklaratsiya. U muqaddima va 30
moddadan iborat boʻlib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va davlat mazkur Deklaratsiyani
nazarda tutgan holda maʼrifat va taʼlim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga
kumaklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari eʼlon
etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu tariqa xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta insonning
hamma rioya etishi zarur boʻlgan asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan.
Deklaratsiyada "insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos qadrqimmatni, ularning teng va
ajralmas huquqlarini tan olish — erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi" ekanligi eʼlon etilgan.
Unga koʻra, umum hurmat va rioya qilishi shart boʻlgan inson huquklari doirasi shaxsiy, siyosiy
hamda ijtimoiyiqtisodiy huquqlardan iboratdir.
Shaxsiy huquklar orasida avvalo har bir kishining hayoti, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi
alohida taʼkidlangan. Deklaratsiyaning boshqa qoidalari esa mazkur huquklarni toʻldiradi.
Xususan, hech kim qullikda, zabun holatda tutilmasligi, qiynoqqa yoxud ayovsiz, gʻayriinsoniy,
odam shaʼnini yerga uradigan muomala va jazoga duchor etilmasligi; oʻzboshimchalik bilan
qamoqqa olinmasligi, ushlab turilmasligi lozim ekanligi qayd etilgan. Shaxs huquklari sirasiga
shaxsiy va oilaviy hayotning , turar joyning daxlsizligi huquqi, yozishmalarni sir saklash huquqi, oʻz


shaʼni va obroʻsini himoya qilish huquqi, odil sudlov tomonidan muhofaza etilish huquki kabilar
kiradi (3— 5, 8—12moddalar).
Deklaratsiyada insonning quyidagi siyosiy huquklari hamda erkinliklari ham taʼkidlangan: fiqolash,
vijdon, din erkinligi; eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifodalash huquqi; tinch yigʻilishlar oʻtkazish
hamda uyushmalarga aʼzo boʻlish h>’kuqi; oʻz mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqi;
yashirin ovoz berish yoʻli bilan umumiy va teng saylash huquqi; erkin ravishda koʻchib yurish
hamda oʻziga turar joy tanlash huquqi; boshpana huquqi; milliy yoki diniy alomat boʻyicha hech
bir cheklovsiz nikohdan oʻtish va oila qurish huquqi; mulkka egalik qilish huquqi (13—
21moddalar).
Mehnat qilish huquqi, adolatli va yetarli ravishda takdirlanish hamda mehnat uchun teng mehnat
haqi olish huquqi, kasaba uyushmalari tuzish huquqi; dam olish huquqi; ijtimoiy taʼminlanish
huquqi; onalik va bolalikni alohida himoyalash huquqi; taʼlim olish va madaniy hayotda qatnashish
huquqi (22—27moddalar) insonning asosiy ijtimoiyiqtisodiy huquqlari hisoblanadi.
Deklaratsiyada inson manfaatlarining ustuvorligi quyidagi tamoyillarda oʻz aksini topgan: inson
huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlarining tengligi, inson erkinliklari, inson huquqlarini amalga
oshirishning demokratik jarayoni, inson huquqlarini taʼminlashning adolatligi. Deklaratsiyada eʼlon
etilgan mazkur inson huquqlariga oid tamoyillarga kura barcha kishilar erkin tugʻiladi va oʻz
qadrqimmati hamda huquqlari jihatdan teng boʻlib, ular qonun oldida teng va qonun tomonidan
babbaravar himoyalanish huquqiga ega (1, 2, 7moddalar).
Mazkur Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan inson huquqlarini buzish
uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs uchun oʻzgalarning huquq va erkinliklarini hurmat
qilish jamiyat aʼzolarining burchidir.
Ushbu Deklaratsiya mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjatdir
(1991-yil 30-sentabr). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Inson va fukarolarning
asosiy huquklari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2boʻlimi mazkur Deklaratsiya talablariga
toʻla moye boʻlib, unda OʻzR barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega boʻlishi, jinsi, irqi,
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun
oddida tengligi taʼkidlangan. Respublikada inson huquqlariga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul
qilingan va ular xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan. "Inson huquqlari boʻyicha
Oliy Majlis vakili (ombudsmen) toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (1997-yil 24-aprel). Inson
hukuqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlovchi milliy intlar — Inson
huquqlari boʻyicha milliy markaz va Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ishlab turibdi.
Toshkent shahrida hukumatga qarashli boʻlmagan "Xyuman Rayts Votch Xelsinki" xalqaro
tashkilotining vakili, chet el ommaviy axborot vositalarining vakillari faoliyat koʻrsatmoqda
hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa oʻrnatilgan.


Inson oilasi barcha aʼzolariga hos boʻlgan qadr‐qimmat hamda ularning teng va ajralmas
huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi boʻlishini eʼtiborga olib,
Inson huquqlarini mensimaslik va oѐq‐osti qilish odamzod vijdonini oʻrtaѐtgan vahshiylarcha
qilmishlarga olib kelganini hamda kishilar soʻz va maslak erkinligi sohibi boʻlib, qoʻrquv va
muhtojlikdan holi boʻlib yashaydigan dunѐni bunѐd etish odamlarning nufuzli intilishi, deb eʼlon
qilinganligini eʼtiborga olib,
Inson soʻnggi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isѐn qilib bosh koʻtarishga majbur
boʻlmasligining oldini olish maqsadida inson huquqlarni qonun izmi bilan muhofaza etilishi
zarurligini eʼtiborga olib,
Xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish zarurligini eʼtiborga olib,
Birlashgan Millatlarning xalqlari Ustavda insonning asosiy huquqlarni, qadr‐qimmati va inson
shaxsning benazirligiga hamda erkaklar va aѐllarning teng huquqligiga oʻz ishonchlarini
tasdiqlaganliklarni hamda katta huquq bilan ijtimoiy taraqqiѐt va turmush sharoitini yaxshilashga
ѐrdam berishga qaror qilganliklarni eʼtiborga olib,
Aʼzo boʻlgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy
erkinliklarni yalpi hurmat qilish va rioya etishga ѐrdamlashish majburiyatini olganliklarni eʼtiborga
olib,
Ushbu huquqlar va erkinliklar tusini yalpisiga tushunib olish mazkur majburiyatni toʻla‐toʻkis
bajarilishi uchun juda katta ahamiyatga ega boʻladi.
Inson huquqlari mazkur umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar
bajarishiga intilishi lozim boʻlgan vazifa sifatida eʼlon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir
inson va jamiyatning har bir tashkiloti hamisha ana shu deklaratsiyani nazarda tutib maʼrifat va
ilm yoʻli bilan ushbu huquqlar va erkinliklarning hurmat qilinishiga ѐrdam berishga intilishlari
hamda milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirla yoʻli bilan ham, ushbu huquqlar va erkinliklarning
Tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar xalqlari oʻrtasida va mazkur davlatlarning yurisdiksiyasidagi
hududlarda yashaѐtgan xalqlar oʻrtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga kerak.
1‐modda
Preambula
Bosh Assambleya


Barcha odamlar erkin, qadr‐qimmat va huquqlarda teng boʻlib tugʻiladilar. Ular aql va vijdon
sohibidirlar va bir‐birlariga birodarlarcha muomala qilishlari zarur.
2‐modda
Har bir inson, biror bir ayirmachiliksiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siѐsiy eʼtiqodi ѐki boshqa
eʼtiqodlaridan, milliy ѐki ijtimoiy kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va
boshqa holatlaridan qatʼi nazar, mazkur Deklaratsiyada eʼlon qilingan barcha huquqlar va
erkinliklar sohibi boʻlishi kerak. Bundan tashqari, inson mansub boʻlgan mamlakat ѐki hududning
siѐsiy, huquqiy ѐki xalqaro maqomidan qatʼi nazar, ushbu hudud mustaqilmi vasiylikdami, oʻzini
oʻzi boshqaradimi, ѐki mustaqilligi biror bir tarzda cheklanganmi, bundan qatʼi nazar sira
ayirmachilik boʻlmasligi kerak.

Download 103,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish