Birlashgan millatlar tashkiloti


BMT insonparvarlik yordami koʻrsatish borasida nimalar qilmoqda?



Download 56,98 Kb.
bet14/22
Sana22.04.2022
Hajmi56,98 Kb.
#572188
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
бмт

BMT insonparvarlik yordami koʻrsatish borasida nimalar qilmoqda?[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ijtimoiy haloqatlar har bir joyda va har qanday vaqtda yuz berishi mumkin. Biroq ularning sababi suv bosish yoki qurgʻoqchilik, zilzila, fuqarolar mojarosi, bir soʻz bilan aytganda — nima boʻlmasin, — har doim u odamlarning qurbon boʻlishiga, xalqlarning aralashib ketishiga, butun-butun jamoalarning oʻz yashash imkoniyatlarini oʻz kuchlari bilan taʼminlay olmay qolishlariga olib keladi va juda katta qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Favqulodda yordam[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shunday faloqat paytlarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining tashkilotlari jabrlanganlarga — asosan bolalar, ayollar va qariyalarga oziq-ovqatlar va dori-darmonlar bilan yordamlashadi, ularga boshpana beradi va moddiy-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi. Muhtojlarga beriladigan bunday yordamlar uchun mablagʻlarning milliard dollarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro donorlardan topdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti saʼy-harakatlari tufayli 1999-yilda qariyb 26 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami koʻrsatish haqidagi chaqiriqqa javoban 1,4 milliardga yaqin AQSH dollari yigʻildi. 1997-1998-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 77 tabiiy ofat va ekologik haloqat oqibatlarini bartaraf etishga koʻmaklashish uchun 51 aʼzo-mamlakatga yordam berdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti insonparvarlik yordamlari berish bilan keng koʻlamda moddiy-texnika taʼminoti va joylarda xavfsizlikni taʼminlash muammolarini hal etishga erishadi. Talofat koʻrgan rayonlarga yetib borishning oʻzi ham koʻpincha mushkul boʻlib, gohida juda murakkab toʻsiqlar orqali oʻtish zarur boʻladi. Keyingi-yillarda koʻpgina tangliklar inson huquqlariga amal qilmaslik tufayli murakkablashmoqda. Insonparvarlik yordami koʻrsatayotgan xodimlarni muhtojlikda qolganlar huzuriga qoʻymaydilar, janjallashayotgan tomonlar ataylab tinch yashayotgan aholi va yordam olib borayotganlarga qarab oʻt ochadilar.
1992-yildan keyingi davr mobaynida dunyoning turli rayonlarida insonparvarlik operatsiyalari olib borayotganlarning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti fuqaro boʻlgan xodimlarining 180 nafardan ortigʻi halok boʻldi va 178 nafari garovga olindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari jabrlangan aholi himoya qilinayotganda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sharoitida insonlar huquqlari buzilishining yashirin xavf-xatarlariga ham eʼtibor bilan qaragan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotining favqulodda holatlar munosabati bilan joylarda olib borayotgan faoliyatida yana ham katta rol oʻynaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ijtimoiy boʻhronlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz harakatini barcha asosiy insonparvarlik boʻlinmalarini birlashtruvchi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining favqulodda yordamlar Koordinatori raisligida faoliyat koʻrsatuvchi komitet orqali muvofiqlashtirib turadi. Bu komitet tarkibiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Jahon oziq-ovqat dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi kabilar kiradi. Uning tarkibida, shuningdek, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik tashkilotlari, Xalqaro Qizil Xoch kabi yirik hukumatlararo va nohukumat insonparvarlik tashkilotlari mavjud.

Download 56,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish