42
43
“OCHIQ
MA’LUMOTLAR”
PORTALINING
YARATILISHI
TARAQQIOYT
SARI BOSILGAN
KATTA QADAM
BO‘LDI DESAK
MUBOLAG‘A
BO‘LMAYDI.
BIROQ, UNDAN
AMALIY
MAQSADLARDA
FOYDALANISHNI
TA’MINLASH
UCHUN HALI
BIR QATOR
MASALALARNI
YECHISH TALAB
QILINADI.
Hikoya:
DASTURLASH TILLARI TARAQQIYOT XIZMATIDA
Garchi C++, JavaScript, Python va PHP tillarida odam
-
lar bilan og‘zaki muloqot qilishning iloji bo‘lmasada, bu
kabi tillar ma’lumot tarqatish va butun dunyo bo‘ylab
insonlarni bir-biri bilan bog‘lashga yordam beradi. Bu
-
gungi kunda shon-shuhrat qozongan kashfiyotchilarning
deyarli hammasi dasturlash tillaridan foydalanib Face
-
book, YouTube va Twitter kabi onlayn vositalarini ishlab
chiqqan, yoki shu vositalardan foydalanishni osonlashti
-
radigan dasturlar va ilovalarni yaratgan. Bunday kashfi
-
yotlar butun insoniyat taraqqioyti, gullab yashnashiga
keng yo‘l ochib beradi.
BMTTD O‘zbekiston Respublikisi Ma’lumot texnologi-
yalarini rivojlantirish va kommunikatsiyalar vazirligi bi
-
lan birgalikda O‘zbekistonda ilk “hakatoni”ni tashkil etdi.
Mazkur tadbir ishtirokchilari turli-tuman kompyuter das
-
turlarini tuzishda bir-biri bilan musobaqalashdi. Hakaton
natijasida O‘zbekistonning interaktiv xaritasi, avtobus
marshrutlarining uch o‘lchamdagi taqdimoti, iqtisodiy
ma’lumotlarni vertual formatga aylantiruvchi dasturlar
kabi qiziqarli va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mahsu-
lotlar vujudga keldi.
Tadbir g‘olibi “Intense Group” jamoasi hakatonda ishtirok
etish uchun Buxoro shahridan 500 kilometr masofani
bosib kelgan. Mazkur jamoa ishlab chiqqan “Fixit” das
-
tur-ilovasi hokimiyat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi
muloqotni yengillashtirib, turli-tuman muammolarni ye
-
chishga, shahar aholisining turmushini yanada yaxshilas-
hga yordam beradi.
- Bizning ilovamizdan fuqarolar hokimiyat organlari-
ga dolzarb bo‘lgan va ko‘pincha yechilmay qoladigan
muammolar haqida xabar berish uchun foydalanishi
mumkin, - dedi dasturchi Alisher Muxtorov.
“Fixit” ilovasi orqali fuqarolar shahar infratuzilmasi bilan
bog‘liq bo‘lgan turli-tuman masalalar bo‘yicha murojaat
qilishi mumkin. Mazkur ilova yaqinda keng ommaga
taqdim etilgan “Ochiq ma’lumotlar” portalidan olingan
geografik va geo-lokatsiya ma’lumotlardan foydalanadi.
Ilova yordamida har bir fuqaro shahardagi kommuni-
katsiya, infratuzilma tarmoqlariga yetkazilgan zararni
ko‘rib qolsa, uni rasmga olib, rasmni geo-lokatsiya tizimi
orqali shahar ma’muriyatiga yuborishi mumkin.
“Ochiq ma’lumotlar” portalining yaratilishi taraqq-
ioyt sari bosilgan katta qadam bo‘ldi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Biroq, undan amaliy maqsadlarda foydalan
-
ishni ta’minlash uchun hali bir qator masalalarni ye-
chish talab qilinadi. Hakaton mazkur portalda taqdim
etiladigan ma’lumotlar qay tarzda asqatishi mum-
kinligini namoyish etdi. Bundan buyon, portaldagi
ma’lumotlardan amaliy maqsadlarda foydalanishning
imkonini yaratuvchi dastur va ilovalar soni yanada
ko‘payadi deb umid qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |