T/R
|
Chora-tadbirlar
|
Ijro
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Ijro uchun mas’ullar
|
I. Tashkiliy masalalar
|
1.
|
Diniy qoidalar va milliy
urf-odatlarni e’tiborga olgan holda qabristonlar tuzilishining yagona namunaviy loyihasini ishlab chiqish.
|
2018-yil
aprel
|
Mahalliy budjet mablag‘lari
|
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi,
Toshkent islom universiteti, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi,
“Nuroniy” jamg‘armasi,
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi,
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi
|
2.
|
Respublika hududidagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni yanada obodonlashtirish yuzasidan ularning joylashuv xaritasi, sxematik tarxi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan pasporti, hozirgi holati aks ettirilgan fotoalbomlarni tayyorlash.
|
2018-yil
mart
|
Mahalliy budjet mablag‘lari
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi
|
3.
|
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlar joylashgan hududdagi mavjud talabni o‘rganib chiqqan holda ushbu maskanlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni xotirlash) o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus joy tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etish.
|
2018-yil
mart
|
Mahalliy budjet mablag‘lari
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi,
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi
|
4.
|
Fuqarolarning o‘z ajdodlarini xotiralash va ziyorat qilishlari uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida qabristonlar hududlarida ehtiyojdan kelib chiqib, ixcham (50 o‘ringa mo‘ljallangan) yopiq xonaqolar qurish (yo‘q joylarda) va ularda zarur shart-sharoitlar tashkil qilish.
|
2018-yil
sentyabr
|
Mahalliy budjet mablag‘lari,
homiylik xayriyalari
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi,
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi
|
5.
|
Qabristonlarda har bir qabrni (shu jumladan raqamlanmagan qabrlarni) raqamlash va hisob daftarida tizimli qayd etib borish.
|
2018-yil
iyul
|
Mahalliy budjet mablag‘lari,
homiylik xayriyalari
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi,
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi
|
6.
|
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yil boshiga mavjud mablag‘ining tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdoridan oshgan qismi hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga 3 mlrd. so‘mdan mablag‘ ajratish va ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish.
|
2018-yil
I yarim yillik
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
|
Moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
7.
|
Rekonstruksiya qilish va ta’mirlash talab etiladigan eski masjidlar ro‘yxatini shakllantirish.
|
2018-yil
aprel
|
_
|
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi
|
|