Qonni to‘xtatuvchi jgut qo‘yish texnikasi:
1. Jgutni kiyim yoki yumshoq taglik ustidan, yaradan sal tepa joyga qo‘ying.
2. Jgutni qo‘ying va tomir urishini tekshiring. Qon ketishi to‘xtab, jgut pastidagi teri biroz oqarishi kerak.
3. Yaraga bog‘lam qo‘ying.
4. Jgut qo‘yilgan aniq vaqtni yozib qo‘ying.
Jgutni ko‘pi bilan 1 soat qo‘yish, keyin jgutni 10-15 daqiqa bo‘shatish lozim. Zarur hollarda uni yana 20 daqiqacha qo‘yish mumkin.
Sinishlar
Sinish – bu suyak butunligining buzilishi. Sinish qattiq og‘riq, ba'zan hushdan ketish yoki shok, qon ketishi bilan birga keladi. Ochiq va yopiq sinishlar mavjud. Birinchisi to‘qimalarning yengil shikastlanishi bilan kechadi. Yaradan suyakning bo‘linganini sezish mumkin.
Sinishda birinchi yordam ko‘rsatish:
1. Jabrlanuvchining holatiga baho bering va sinish joyini aniqlang.
2. Qon ketishi kuzatilsa, uni to‘xtating.
3. Mutaxassislar kelgunicha jabrlanuvchini qo‘zg‘ash mumkinmi yo‘qmi aniqlab oling.
Agar umurtqa pog‘onasi shikastlangan bo‘lsa, jabrlanuvchini holatini o‘zgartirmang!
4. Singan joyni qimirlatmaslikka harakat qiling. Buning uchun singan joydan tepadagi va pastdagi bo‘g‘imlarni harakatsizlantirish lozim.
5. Shina qo‘ying. Shina sifatida tekis tayoq, yog‘och, chizg‘ichlarni qo‘llash mumkin.
Shina mahkam qilib bint yoki plaster bilan bog‘lanadi.
Ichki sinishda immobilizatsiya kiyim ustidan amalga oshiriladi. Ochiq sinishda shinani suyak sinib chiqqan joyga qo‘yish mumkin emas.
Kuyish
Kuyish – bu yuqori harorat va kimiyoviy vositalar ta'sirida organizm to‘qimalarining shikastlanishi. Kuyish jarohat darajasi va turiga qarab turlanadi.
Termik (alanga, suyuqlik, bug‘);
Kimiyoviy (kislotalar);
Elektrdan kuyish;
Nurdan kuyish;
Kombinatsiyalangan kuyishlar.
Kuyishda birinchi bo‘lib, kuyish manbasidan xalos bo‘lish lozim (olov, elektr toki, qaynoq va boshqalar)
Termik kuyishda kuygan soha kiyimlardan holi qinadi. Dezinfeksiya va og‘riqsizlantirish maqsadida yarani suv spirt eritmasi (1 k 1) yoki aroq bilan namlash kerak.
Yog‘li maz va kremlardan foydalanmang. Ular na terini dezinfeksiya qiladi, na og‘riqni kamaytiradi.
So‘ngra yarani sovuq suv bilan namlab, steril bog‘lam qo‘ying va jabrlanuvchiga salqin bo‘lishi uchun shamol berib turing.
Behushlik
Behushlik – bu miyadagi qon aylanishining vaqtinchalik buzilishi tufayli tasodifiy hushni yo‘qotish hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, bu miyaning unga kislorod yetib bormayotganligi haqidagi signalidir.
Odatiy va epileptik behushlikni ajrata olish zarur. Birinchisi ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi bilan kechadi.
Odam hushdan ketishidan oldin ko‘zlarini ko‘p qimirlatadi, uni sovuq ter bosadi. Tomir urishi sekinlashib, tana oxirlari sovuq qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |