«Albatta, Alloh taolo uning farishtalari,
samovot ahli, hattoki, kavakdagi chumoli, dengizdagi baliqqacha barchalari
insonlarga yaxshilik o‘rgatuvchi kishi haqiga salovat-duo aytib turadilar”,
deb
marhamat qilganlar.
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” — degan hikmat bejiz aytilmaydi. O‘tgan
ulug‘larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning
qadri nechog‘li baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko‘ra muomala
qilganlar.
Imomi a’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh shunday deganlari rivoyat
qilinadi: «Ustozim Hammodning hurmati uchun uning uyi tomonga oyog‘imni
uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim orasida yettita ko‘cha bor edi.
Hammod vafot etgandan so‘ng qachon namoz o‘qisam har safar albatta ota-onamga
qo‘shib, unga ham Allohdan mag‘firat so‘raganman. Nafaqat u ustozim, balki kimdan
nimadir o‘rgangan bo‘lsam yoki kimdir menga nimadir o‘rgatgan bo‘lsa, albatta, o‘sha
kishilar uchun ham doim Allohdan mag‘firat so‘rayman».
Ustozlar haqida gap borganda hazrat Alisher Navoiyning bu baytlaridan
oshirib bir so‘z
aytmoq mushkuldir:
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Shunday ekan o‘quvchi yoshlar, talabalar va barchamiz ustozlarni qadrlab, doimo
ularga hurmat-
ehtirom ko‘rsatishimiz lozim. Talabalik odoblariga rioya qilgan shogird
haqiqiy ma’noda ustozlarini hurmat qilgan bo‘ladi va olayotgan ilmu hunari samarali
bo‘lib,
vujudiga
singadi
va
kelajakda
manfaatli
bo‘ladi.
Hayotning go'zalligi, farovonligi, odobligi, qolaversa, istiqlolimizning ravnaqi
muallim mehnati bilandir. O'z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy "har
bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi
tarbiyasiga bog'liqdir", deb yozgan edi. "Ustoz otangdek ulug", degan hikmatda
olam-olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko'klarga ko'tarib
maqtaymiz. Ammo otaday ulug' deb nisbat beriluvchi inson bor, bu
–
ustozdir!
Haqiqatan, ota-ona seni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o'sishing, kamolatga
erishishing, ilm-ma'rifat cho'qqilarini zabt etishinga ko'maklashadi. O'z umrini,
qalb qo'rini, aql-idrokini, tajribasi va bilimini sening yo'lingga sarf etadi.
Yutug'ingni ko'rib quvonadi, muvaffaqiyatsizligingdan g'am-anduh
Bir sharif tingladim yop-
yorug‘ kunda,
Angladim Iymon ne, ne erur Ixlos.
Biron bir dunyoviy da’vo yo‘q menda,
Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz.
Menga ta’sir qildi jami so‘zingiz,
Demak jami
so‘zga sobit o‘zingiz.
ko‘rmagan bo‘lsamda bir bor yuzingiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey, ustoz.
Hayratda qotdim men zulmat surindi,
Zimiston kechada bir nur ko‘rindi.
Menga xitob bo‘ldi: Do‘stim yur, endi,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Amal maydonida g‘arib emassiz,
Sho‘rlik ahvolimni aslo sevmassiz.
Ehtimol siz meni shogird demassiz,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Zayd ibn Sobitdek endi qalb to‘htar,
Mo‘minning nigohi kofirga o‘qdir.
O‘rtada boshqa bir robita yo‘qdir,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Odamlar bir-birin mansab deb quchsa,
Yoki mol davlat deb par qushdek uchsa,
Jamiki muhabbat izidan ko‘chsa,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Yovlaringizga goh yig‘lab kularman,
Alarning oxirin taxmin qilarman,
Yusuf payg‘ambarning sabrin tilarman,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Duoda qo‘limiz, Xudoyim tengsiz,
Jannat deb atasin maskanlaringiz,
Bizga ham dushmandir dushmanlaringiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey ustoz.
Yulinib olingach haq oramizdan,
duodan boshqa yordam yo‘q bizdan,
Asli o‘rganganman shuni ham sizdan,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |