Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

Nazariy ma’lumot
ISHQIY-QAHRAMONLIK DOSTONLARI
Doston
  xalq  og‘zaki  ijodi  va  o‘zbek  mumtoz  adabiyotida 
keng  foydalanib  kelinayotgan  epik  shakllardan  biridir.  «Dos-
ton»  so‘zi  xilma-xil  ma’noni  bildirib  kelgan.  Masalan,  «doston» 
forschada  epik  asar  nomini  anglatadigan  so‘z  bo‘lib,  u  hatto 
qissa,  romandek  katta  nasriy  asarlarga  ham  nisbat  beriladi.  Siz 
bilan  biz  o‘rganayotgan  doston  esa  xalq  og‘zaki  ijodida  yara-
tilgan  va  yaratilayotgan  muayyan  kompozitsion  yaxlitlikka  ega 
bo‘lgan  xalq  dostonlaridir.  Ular  yozma  adabiyotdagi  «Suhayl  va 
Guldursun»,  «Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va  Majnun»  kabi  dos-
tonlardan  fantaziya  ko‘lami,  ko‘z  ko‘rib,  quloq  eshitmagan  vo-
qealar,  aql  bovar  qilmaydigan  qahramonliklar  tasviri  bilan  farq 
qiladi.  To‘g‘ri,  yuqorida  nomlari  tilga  olingan  dostonlarda  ham 
fantastik  unsurlar,  mubolag‘ali  o‘rinlar  mavjud.  Biroq  ularning 
birortasi  sujet  erkinligi,  favqulodda  qiziq  voqealar  borasida  xalq 
dostonlari  bilan  tenglasha  olmaydi.
Dostonlarimizda  xalqimizning  baxtli  kunlar,  ro‘shnoliklar  ha-
qidagi  orzu-umidlari,  faqat  yaxshilikka,  yorug‘  kunlarga  erishish 
istagi  yotadi.  E’tibor  bersangiz,  dostonlar  muvaffaqiyatli  yakun 
bilan  tugaydi.  Asar  qahramonlari  juda  katta  fojialarni,  qiyinchi-


40
liklarni  boshlaridan  kechiradilar,  og‘ir  sinovlarga  bardosh  be-
radilar,  oxir-oqibat  murod-maqsadlariga  erishadilar.
Xalq  dostonlarining  ko‘pchiligiga  xos  xususiyat  –  ularda  ishq-
muhabbat  mavzusining  ustunligidir.  Dostonlardagi  voqealar  qahra-
monlarning  ishqiy  sarguzashtlari  fonida  kechadi.  Masalan,  dunyoga 
mashhur  «Alpomish»ni  olasizmi,  «Ravshan»  yoki  «Kuntug‘mish» 
dostonlarini  olasizmi  –  bari-barisida  muhabbat  mavzusi  ustuvor-
lik  qiladi.  Darhaqiqat,  muhabbat  –  muqaddas  tuyg‘u.  Bekorga 
xalqimiz  «Ishqsiz  eshak  –  dardsiz  kesak»,  demaydi.  Sevimli 
shoiramiz  Nodirabegim  ta’biri  bilan  aytganda  esa:
«Muhabbatsiz kishi odam emasdur, 
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et».
Muhabbat 
insonni 
ezgulikka 
yetaklaydi, 
sevgan 
kishi 
har  qanday  qahramonlikka  qodir  hisoblanadi.  Biz  o‘rgangan 
«Kuntug‘mish»  dostoni  sevishganlar  haqida  chiroyli  asar,  uning 
janrini  ishqiy  qahramonlik  dostoni,  deb  belgilash  mumkin.
Chunki  Kuntug‘mish  dostonda  katta  qahramonliklar  ko‘rsatadi: 
yurtga  qiron  keltirgan  ajdarni  yengadi,  tosh  bostirib  qo‘yilgan 
kigiz  ostidan  chiqib  ketadi.  Bu  qahramonliklar  shunchaki  o‘zini 
ko‘rsatish  emas,  avvalo  xalqni  ajdar  ofatidan  qutqazgan  bo‘lsa, 
sevikli  yori,  bolalarini  deb  g‘oyat  tang  bir  holatda  yovlari 
o‘rab-chirmab,  ustidan  tosh  bostirib  ketgan  kigiz  orasidan  xalos 
bo‘lib  chiqadi.
Umuman,  Kuntug‘mishning  dostondagi  hayoti  qahramonlik 
bilan  kechadi.  Uning  Xolbeka  visoliga  yetishish  uchun  uzoq  sa-
farga  otlanishi,  yo‘lidagi  barcha  to‘siq-g‘ovlarni  yengishi  haqi-
qiy  insoniy  jasorat, 

 doyilikdir.  Dostondagi  Xolbeka,  Gurkiboy 
va  Mohiboy  harakatlarida  ham  qahramonlik  belgilari  mavjud. 
Axir  Xolbekaning  sevgan  yori,  bolalari  uchun  jonini  berishga 
tayyorligi,  Gurkiboyning  ukasi  uchun  o‘zini 

 do  qilishga  shay-
ligi  (uning  dor  ostidagi  so‘zlarini  eslang)  qahramonlik  emasmi?!
Birgina 
«Kuntug‘mish» 
dostoni 
emas, 
boshqa 
doston-
larda  ham  asar  personajlari  turli  qahramonlik  namunalarini 
ko‘rsatadilar,  bu  qahramonliklar  odamlarning  og‘irini  yengil 
qiladi,  el-yurtga  ro‘shnolik  keltiradi.  Baxshi  bobolarimiz  sevib 


41
kuylagan  «Kuntug‘mish»  kabi  ishqiy-qahramonlik  dostonlari  biz-
ni  muhabbatdek  ezgu  tuyg‘uni  qadrlashga  undaydi, 

 doyilik, 
qahramonlikka  chorlaydi,  chunki  ishq-muhabbat,  qahramonlik, 
jo‘mardlik  doimo  egizak  tushunchalardir.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish