Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

Savol va topshiriqlar
1. To‘ra Sulaymon tarjimayi holiga oid muhim voqealarni gapirib bering.
2. Maktabingiz kutubxonasida shoirning qaysi kitobi borligi bilan qiziqing. Un-
dagi asarlarni sinfdoshlaringiz bilan birgalashib mutolaa qiling.
3.  To‘ra  Sulaymonning  xalqona  ohanglarda  yozuvchi  ijodkor  ekanini  qaysi 
she’rlari asosida isbotlasa bo‘ladi?
4. “Iltijo” she’riga nega bunday sarlavha qo‘yilgan?
5. Shoir bahorning o‘z bog‘idan ketmasligini nimaga bunchalar istaydi?
6. “Qirlarda lola sayli, qishlovlarda yilboshi” qachon boshlanadi?
7.  Nega  “o‘langa  oshiqligim”  –  “o‘lmaslikka  ishora”  deyilmoqda?  Bu  yerda 
qanday o‘lim to ‘g‘risida gap boryapti?
8.  “Bog‘siz,  bog‘bonsiz  yerda  ne  ham  qilsin  ezgulik...”  misrasini  izohlashga 
Siz  ham  harakat  qiling.  Bog‘  va  bog‘bonning  ezgulikka  hamroh  ekanini  qanday 
isbotlash mumkin?
9. “Yoz bo‘yi qorga zorman, qishda bahorga zorman” misrasida inson xarakte-
rining qanday xususiyatiga ishora qilinyapti?
10. “Iltijo” she’ridan o‘zingiz tanlagan ikki bandni yod oling.
 


122
ARMON
Bobomning  orzulari  amalga  oshmas  bo‘lsa, 
Yurgan  yo‘limda  o‘lan,  qo‘shiq  qalashmas  bo‘lsa, 
Qo‘shiqlarim  bog‘lardan,  tog‘lardan  oshmas  bo‘lsa, 
El-yurt  baxtini  kuylash  menga  yarashmas  bo‘lsa, 
Ko‘nglimda  armon  yotar 
Cho‘kib  qolgan  nor
1
  misol.
Bemavrid  xeshlarimning  ko‘zlarida  yosh  ko‘rsam, 
Bir  mard  bilan  nopokning  taqdirin  tutash  ko‘rsam, 
Qaysi  bir  begunohni  keng  yo‘lda  adash  ko‘rsam, 
Bir  betayin  kimsaning  oyog‘ida  bosh  ko‘rsam, 
Ko‘nglimda  armon  yotar 
Terskaydagi
2
  qor  misol.
Aro  yo‘lda  qolguday  bo‘lsa  biror  yo‘ldoshim, 
Manzilga  yetmay  turib,  qoqilsa  qayg‘udoshim, 
Muhtoj  bo‘lsa  kimgadir,  jon  ayamas  qurdoshim, 
Badkor  degan  nom  olsa  biror  bir  vatandoshim, 
Ko‘nglimda  armon  yotar 
Ulab  bo‘lmas  tor  misol.
Gulzorni  alaf  bossa,  zog‘  bossa  bog‘bon  turib, 
Muallaq  qolsa  kimdir,  yer  turib,  osmon  turib, 
Bir  gazanda  toptasa  tuproqni  posbon  turib, 
Bir  yo‘rtoq  yo‘l  boshlasa,  qudratli  karvon  turib, 
Ko‘nglimda  armon  yotar 
Buzilgan  ro‘zg‘or  misol.
Tuyg‘u  va  tushunchalarni  har  bir  odam  o‘zicha  –  o‘z  dara-
jasi,  ehtiyojidan  kelib  chiqib  anglaydi,  talqin  qiladi.  Masalan, 
kim ningdir  o‘zini  baxtli  hisoblashi  uchun  unchalik  ko‘p  nar-
sa  kerak  emas.  Boshqalarning  havasini  keltiradigan  hovli-joy, 
betashvish  yashashni  ta’minlaydigan  mol-dunyo  bunday  odam-
lar  uchun  baxt  manbasi  hisob lanadi.  Boshqa  bir  odam  uchun 
esa  bu  narsalarning  bari  –  bor-yo‘g‘i  qulay  yashash  sharoitidan 
1
 
Nor
 – tuya. 

Terskay – quyosh nuri tushmaydigan joy.


123
boshqa  narsa  emas.  Bunday  insonlar  baxt  tushunchasiga  juda 
katta  ma’no  yuklaydilar.  Bu  ma’naviy-ruhiy  ehtiyojlar  bilan 
bog‘liq  bo‘lib,  ularni  qondirish  oson  kechmaydi.
To‘ra  Sulaymonning  lirik  qahramoni  bu  his,  bu  tushunchaga 
juda  jiddiy  talab  bilan  yondashadi.  Uning  ko‘nglini  hayotning 
mayda-chuyda  hoyu  havaslari,  o‘tkinchi  manfaatlari  armonga 
to‘ldirolmaydi.  Bu  lirik  qahramon  o‘ziga  hayotda  nihoyatda 
katta  talablar  qo‘yadi.  O‘sha  talablarga  loyiq  bo‘lolmaslik  uni 
xavotirga  soladi,  cho‘chisa  shundan  cho‘chiydi.
She’rning  har  bir  misrasida  faqat  lirik  qahramon  taqdiriga 
emas,  balki  xalq  va  millat,  kelajak  va  insoniyat  taqdiriga  daxl-
dor  muammolarni  bu  qahramon  o‘z  muammolari  deb  bilishi 
ochila  boradi.
Keling,  shu  katta  armonga  sabab  bo‘ladigan  holatlarning  ay-
rimlariga  to‘xtalaylik:
“El-yurt  baxtini  kuylash  menga  yarashmas  bo‘lsa...”
Shu  birgina  misrada  bir  necha  ma’no  nazarda  tutilayotganiga 
e’tibor  beraylik.
Xo‘sh,  shoirga  el-yurt  baxtini  kuylash  qachon  yoki  nega 
yarashmaydi?
–  agar  el-yurt  aslida  baxtsiz  bo‘lsa-yu,  uni  “baxtli”  deya 
kuylash  chinakam  shoirga  yarashmaydi;
–  agar  o‘zini  shoirman  deb  yurgan  odam  el-yurt  baxtini 
samimiy,  ishonarli  va  ta’sirli  kuylay  olmasa  –  bu  ham  yarashiq-
siz  qiliqdir;
–  agar  shoir  el-yurt  baxtini  kuylashni  oddiy  maddohlik  deb 
o‘ylab,  o‘ziga  ep  ko‘rmasa,  bu  –  ijodkor  samimiyatidan  emas, 
balki  takabburligidan  nishonadir;
–  agar  shoir  o‘z  ijodida  nuqul  muammobozlik,  hasrat  bilan 
shug‘ullanib,  baxt  qo‘shiqlarini  kuylashdan  qolgan  bo‘lsa,  bu 
zo‘rma-zo‘rakilik  yarashmasligi  bilan  darrov  o‘zini  fosh  qiladi...
Shu  o‘rinda  ijodiy  jarayonning  bir  muhim  sirini  oshkor  qilib 
ketish  kerak.  Gap  shundaki,  iste’dodli  shoir  har  bir  misraga  falon 
qatlamli  ma’no  singdiraman,  deya  oldindan  reja  qilishi  shart 
emas.  Ilhom  mahsuli  bo‘lmish  quyma  misralar  shoir  ixtiyori-
dan  ayri  holda  o‘zining  ming  bir  jilvasi  va  ming  bir  ma’nosini 
bag‘riga  jo  qilib  dunyoga  keladi.  (Chinakam  she’rning  dunyoga 


124
kelishini  bolaning  tug‘ilishiga  o‘xshatganlarini  ko‘p  eshitgansiz. 
Ona  o‘z  bag‘ridagi,  hali  o‘zi  ham  ko‘rmagan  bolasining  to‘rt 
muchasi  sog‘,  barcha  a’zolari  mukammal  tug‘ilishini  alohida  re-
jalashtirishi  mumkin  emas.  She’r  ham  xuddi  shunday!)
Endi  mana  bu  misraga  diqqat  qilaylik:  “Muallaq  qolsa  kim-
dir,  yer  turib,  osmon  turib...”
Matndan  olib  qaraganda,  “yer  turib”  tayanchsiz  –  mual-
laq  qo lishni  tasavvur  qilish  va  qoralash  mumkin.  Zamindan 
oyog‘i  uzil gan  –  kibr  zabtiga  olib  xalqdan  uzoqlashgan,  bosar-
tusarini  bilmay  “uchib  yurgan”  kimsalar  aks  ettirilgan  bu  holat 
hammaga  tanish.  Lekin  nima  uchun  shoir  “muallaq  qolsa  kim-
dir  ...  osmon  turib”  ham  deydi?  Axir  osmonda  tayanch  nuqtasi 
yo‘q-ku!  Nima,  shoir  hayot  haqiqatiga  zid  boryaptimi?  Mantiq-
sizlikka  yo‘l  qo‘yyaptimi?
Aslo!
Bu  yerda  gap  boshqa  yoqda.  Avvalo,  inson  o‘zini  ko‘klarga 
ko‘targan  xalqning  osmon  qadar  yuksak  ishonchiga  tayanishi, 
bu  tayanch  –  ishonchni  boy  berib  qo‘ymasligi  lozim.  Ikkinchi 
ma’no  –  ishora  shuki,  agar  insonning  imon-e’tiqodi  mustahkam 
bo‘lsa,  u  har  qancha  yuksalib  borsa-da,  iymon  tayanchini  –  Xu-
doni  yoddan  chiqarmaydi.  Unga  suyanadi.  Shoir,  odam  bolasi 
ikki  dunyo  orasida  muallaq  qolmaslikni  istasa,  Yerga  –  o‘zi 
singari  odamlarga  va  Osmon ga  –  o‘zini  yaratgan  qudratga 
suyanmog‘i  lozimligini  birgina  misrada  ifoda  etadi.
Shunday  qilib,  yuqorida  ta’kidlanganidek,  “Armon”  she’rining 
har  bir  misrasidan  ruhiyatga  oziq  bo‘luvchi  ma’nolarni  ko‘plab 
topish  mumkin.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish