SOG‘INISH
Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,
Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh.
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.
Uzilgan bir kiprik abad yo‘qolmas,
Shunchalar mustahkam xonayi xurshid,
Bugun sabza bo‘ldi qishdagi nafas,
Hozir qonda kezar ertagi umid.
Xoki anjir tugab, qovun g‘arq pishgan,
Baxtli tongotar chog‘ uni kuzatdim,
Bir mal’un gulshanga qadam qo‘ymishkan,
Joni bir jondoshlar qolarmidi jim.
Unda yetuk edi meros mard g‘urur,
Ostonani o‘pib, qasamyod qildi.
Ukalarin erkalab o‘zimday mag‘rur,
Ya’ni obod uyimni u dilshod qildi.
Iblisning g‘arazi bo‘lgan bu urush
Albatta, yetadi o‘zin boshiga.
O‘g‘lim omon keladi, g‘olib, muzaffar,
Gard ham qo‘ndirmasdan qora qoshiga.
Ne qilsa otaman, meros hissiyot...
Jondan sog‘inishga uning haqqi bor,
Kutaman uzoqdan ko‘rinsa bir ot,
Kelayapti, deyman ko‘rinsa g‘ubor.
...Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam,
Qo‘msayman birovni – allakimimni.
Doimo umidim bardam bo‘lsa ham,
Ba’zan vasvasalar bosar dilimni.
Balki bir g‘alat o‘q yo xavf-u xatar
Xazinai umrimdan yo‘qotdi olmos...
180
Yo‘q, u o‘lmas, qadami olam yaratar,
Hayotiy bu olam siz-u bizga xos.
Tong otar chog‘ida juda sog‘inib,
Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak bir qatra simob.
O‘rog‘-u gulqaychi, istak ko‘tarib,
Hovrimni bosishga boqqa jo‘nadim.
Hasharchi qo‘shni qiz – uning sevgani,
Ma’yus bosar edi orqamdan odim.
...Dur bo‘lib taqilar yoring bo‘yniga,
Sadafday ko‘zimda behuda bu yosh,
Ikkoving ikki yosh, labing labiga
Qo‘yar. Vasvasamdan kuladi quyosh.
...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni
O‘zing to‘qib ketgan katta savatda
To‘latib shaftoli uzib chiqaman,
G‘alaba kunlari yaqin albatta.
Yayov, ko‘ksim ochiq, boshda shaftoli,
Xuddi mo‘ylovingdek mayin tuki bor.
Har bitta shaftoli misoli kulgu,
Shafaqday nimpushti, sarin, beg‘ubor.
Suyganing labida reza ter kabi,
Unda titrab turar sabuhiy shabnam.
Munchalik mazani topa olmaydi
Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham.
Ye, o‘g‘lim, jonginang salomat bo‘lsin,
O‘z bog‘ing, o‘z mevang danagin saqla.
Shu meros bog‘ingni o‘z qo‘lingga ol,
Menga topshirilgan merosiy haq-la.
Bog‘da tovus kabi xiromon bo‘lib,
Umid danagini birga ekingiz.
181
G‘olib kelajakni sayr qilaylik
Mush
q onaginang bilan ikkimiz.
1942
Siz «o‘zbek onasi» degan ibora anglatadigan mazmun-mohi-
yatni, har qalay, yaxshi anglaysiz. Uni eshitganingizda farzandi
uchun jonini berishga tayyor, butun
kr-zikri bolasining baxt-u
iqboliga qaratilgan munis ayol qiyofasi ko‘z oldingizda gavda-
lanadi.
Yaxshi bilasizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashab-
busi bilan poytaxt Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Ikkinchi
jahon urushi qurbonlari xotirasiga so‘lim xiyobon barpo etilgan.
O‘zbekona ayvonlar bilan o‘ralgan Xotira xiyobonining to‘rida
urushga ketgan bolasini intizor kutayotgan ona siymosi gavda-
lantirilgan. «O‘zbek onasi» tushunchasining ko‘z o‘ngimizda
aniq reallashuvida bu siymo beqiyos rol o‘ynaydi.
Endi shunga yaqin boshqa bir tushuncha to‘g‘risida o‘ylab
ko‘raylik. Bu – «o‘zbek otasi» tushunchasidir.
Albatta, bu iborani eshitishingiz bilan ko‘z oldingizda o‘z
padari buzrukvoringiz siymosi gavdalanishi bor gap. Otangizning
Sizga bo‘lgan e’tibori, Sizni boqib katta qilish yo‘lida qilayot-
gan mehnatlari, kun-u tun oila tashvishlari bilan band yurishi...
bularning bari mana shu tushunchada jamuljamdir.
Biroq
«o‘zbek
otasi»ning
bo‘rtma,
umumiy,
hamma
uchun tanish, yaxlit siymosini aynan G‘afur G‘ulom hozirgi-
na o‘qiganimiz «Sog‘inish» she’rida aks ettirgan desak, hech
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu she’rda otalarimizga xos bo‘lgan jamiki fazilatlar o‘zining
yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har
doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhab-
bati, kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi... barcha-barchasi shu
she’rda namoyon bo‘ladi.
Asar misralari ichra urushga ketgan o‘g‘lidan bir mujda –
nedir yaxshi xabar kutayotgan Otaning bezovta yuragi gupil-
lab urib turibdi. Uning ko‘ngliga goh vahima-vasvasa ko‘lanka
soladi. Atrofga har kuni yuzlab «qoraxat» qo‘nayotgan tahlikali
182
kunlarda bu bezovtalikka, albatta, o‘rin bor – «Ne qilsa ota-
man, meros hissiyot...»
Ko‘pchiligingizga sog‘inch hissi hozircha bir qadar uzoqroq
bo‘lishi tabiiy. Negaki, hozir ota-onangiz, aka-ukalaringiz yoni-
dasiz – har kuni ularni ko‘rish, diydoridan bahramand bo‘lish
imkoniyatingiz bor. Lekin harbiy xizmatdami, uzoqroq xizmat
safaridami bo‘lgan otangiz yoki boshqa qarindoshlaringiz suh-
batiga quloq solsangiz, ular uyni, yaqin qarindoshlarni, Vatanni
qanchalar qo‘msaganliklarini hikoya qilishadi. Ayniqsa, tunlari
oyga qarab, «uyimdagi ota-onam ham uni ko‘rishayotgandir,
men ham qarab turibman, demak, bir-birimizni ko‘rgandek
bo‘lyapmiz», – degan ilinj mana shu sog‘inch taftini, biroz
bo‘lsa-da, bosadi...
«Sog‘inish» she’rining lirik qahramoni – Otaning sog‘inchi
shunchalar zo‘rki, u har bir narsadan umidlanadi, najot so‘rab
to quyoshga qadar zorlanadi:
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.
She’rning:
Tong otar chog‘ida juda sog‘inib,
Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak bir qatra simob.
degan bandiga e’tibor bering. Nima uchun Ota sog‘inch o‘rtagan
paytlari aynan Bedilni o‘qiydi? Nega uni o‘qigach, «loyqa xayo-
lotlar chashmaday» tinadi?
Gap shundaki, asli nasli turkiylardan bo‘lgan fors shoiri
Bedil she’riyati o‘zining falsa
y chuqurligi, o‘quvchini o‘tkinchi
dunyo g‘am-tashvishlaridan yuqoriroq turib
krlashga undashi
bilan ajralib turadi. Bedil mutolaasi Otaga abadiy haqiqatlardan,
o‘lmas va yuksak tuyg‘ulardan saboq beradi. Abdulqodir Bedil
she’riyatida, jumladan, shunday misralarni uchratamiz:
183
Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy,
Agar otash furu aftad baxokistar dehad jaro...
(Mazmuni: Zolimning maqomi – qudrati, zulmi oxir-oqibat
zai
ashib, kuchdan qoladi. Lovullab yonayotgan olov ham bir
kun kelib kulga aylanadi.)
Endi bu
krning G‘afur G‘ulom she’ridagi ifodasiga e’tibor
beraylik:
Iblisning g‘arazi bo‘lgan bu urush
Albatta, yetadi o‘zin boshiga...
Bedilning Otaga – shoirga bergan daldasi, yupanchi, loyqa
xayolotlarini chashmaday tindirishi shu emasmi?
Aytadilarki, shoirlar yarim avliyodirlar. Bu qarashning naqa-
dar to‘g‘riligini G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri ham to‘la
isbotlaydi.
Qarang, bu she’r 1942-yilda yozilyapti. Urushning tugashiga
hali uch yil bor. O‘zbek otasi esa:
...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni
O‘zing to‘qib ketgan katta savatda
To‘latib shaftoli uzib chiqaman,
G‘alaba kunlari yaqin albatta. –
deydi. Urush esa 1945-yilning mayida tugagan, unda tirik qol-
gan jangchilar ayni shaftoli pishig‘ida uylariga qayta boshlagan-
lar...
Xulosa qilib aytganda, G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri
nafaqat urush davri va nafaqat o‘zbek she’riyati, balki insoniyat
badiiy tafakkurining eng yuksak cho‘qqilarida turishga arzigulik,
o‘zida eng pokiza insoniy hislarni badiiy mukammal tarzda mu-
jassam etgan noyob badiiy asardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |