Birinchi qism


“DOG‘LAR KETMISH MAJRUH KO‘NGILDAN...”



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

“DOG‘LAR KETMISH MAJRUH KO‘NGILDAN...”
Dog‘lar  ketmish  majruh  ko‘ngildan,
Mast  vasvasa  qo‘zg‘amas  tug‘yon.


181
Men  dardimga  Tehron  gulidan
Choyxonada  topoldim  darmon.
Choyxonachi  –  barvasta,  o‘ktam,
Qoyil  qolsin  rus,  deb,  choyimga,
O‘tkir  aroq,  may  o‘rniga  ham
Achchiq-achchiq  choy  tutar  menga.
Quy,  mezbonim,  ammo  had  bilan,
Bog‘ing  aro  turfa  gullar  bor.
Oqshom  menga  niqob  ostidan
Ohu  ko‘zin  suzdi  gulruxsor.
Rossiyada  gulday  qizlarni
Tutqunlikda  saqlamas  erlar.
Sarmast  etar  bo‘sa  bizlarni
Bexanjar-u  bemakr-u  bezar.
Bu  tong  yuzli  dildor  qoshimda
Bir  bor  xirom  etsa  noz  bilan,
Shohi  ro‘mol  solgum  boshiga,
Yo‘llariga  sheroziy  gilam.
Mezbon,  choy  quy  menga  lolagun,
Shoir  senga  so‘ylamas  yolg‘on.
Ehtiyot  bo‘l  o‘zingga  bugun,
So‘ngra  mendan  qilmagin  gumon.
Eshikka  ko‘p  qarayberma  san,
Gulbog‘ingga,  baribir,  yo‘l  bor...
Oqshom  menga  niqob  ostidan
Ohu  ko‘zin  suzdi  gulruxsor.
She’r  yetti  banddan  tashkil  topgan.  Bu  xuddi  aksar  g‘azallar 
yetti  baytli  bo‘lishini  eslatadi.  Chunki  bu  ham  Sergey  Yesenin-
ning  “Fors  taronalari”  turkumidan.
Mavzu  ham  o‘sha-o‘sha  –  rus  yigitining  Eron  go‘zaliga  sev-
gisi  kuylanadi.    Buni  ochiq  bildirish  uchun 
“Tehron”,  “shero-
ziy  gilam”,  “Rossiya”,  “rus” 
so‘zlari  maxsus  qo‘llanadi.  Bun-
dan  tashqari,  she’r  mazmunida  Eron  bilan  Rossiyada  ayollarga 


182
munosabat  masalasidagi  farqlar  aytib  o‘tiladi  ham.  Satrlardagi 
“choyxona”,  “choy”,  “tong  yuzli  dildor”,  “shohi  ro‘mol”,  “ohu 
ko‘z”,  “lolagun”
  so‘z-timsollari  ham  Sharqni    eslatib  turadi.
Birinchi  bandda  oshiq  ko‘ngildan  dog‘lar  ketgani,  mast  vas-
vasa  bezovta  qilmayotganiga  sabab  ko‘rsatiladi:    u  choyxona-
da  Tehron  gulidan  darmon  topgan.  Bu  yerda  gul  sevikli  yorni 
ifodalab  kelgan.
Ikkinchi  bandda  choyxona  atro

 icha  tasvirlanadi.  Choyxo-
nachi    rus  choyimga  qoyil  qolsin  deb  unga  o‘tkir  aroq,  may 
o‘rniga  ham  achchiq-achchiq  choy  tutadi.
Uchinchi  bandda 
“gullar”
  timsoli  yana  tilga  olinadi-da,  endi 
bu ning  zamirida  nima  ko‘zda  tutilayotgani  oshkor  etiladi  –  oqshom 
niqob  ostidan  bir  gulruxsor  ohu  ko‘zini  suzgan!
Shu  niqob  ajnabiy  lirik  qahramonni  qiyosga  chorlaydi.  Rossi-
ya  bunday  emas,  erlar  gulday  qizlarni  tutqunlikda  saqlamaydi, 
ya’ni  niqobga  o‘ramaydi,  bizlarni  bo‘sa  xanjarsiz,  makrsiz,  zar-
zevarsiz  mast  etadi...
Lekin  lirik  qahramon  ishqining  zo‘ridan  o‘z  yurtidagi  qoi-
dalardan  voz  kechib,  bu  yerning  talablariga  ko‘nmoqchi. 
Mayli,
 
deydi  u, 
agar    bu  tong  yuzli  dildor  noz  bilan  qoshimda  bir 
bor  xirom  etsa,    boshiga  shohi  ro‘mol  solib,  yo‘llariga  Sheroz 
gilamlaridan  to‘shar  edim...   
Choyxonachi  esdan  chiqqan  emas.  Keyingi  band  bevosita 
unga 
“mezbon”
  deb  murojaat  qilishdan  boshlanadi. 
Lolagun 
choy  quy,  shoir  senga  yolg‘on  gapirmaydi,  faqat  o‘zingga  ehti-
yot  bo‘l-da,  keyin  mendan  gumon  qilib  yurma,
  deydi.
Xo‘sh,  bu  bilan  nima  demoqchi?  Aytmoqchiki,  eshikka  ko‘p 
qarayverma,  baribir,  gulbog‘ingga  yo‘l  bor,  chunki  gulruxsor  ko‘z 
suzgan. 
She’r  uchinchi  band  oxiridagi  ikki  misra  takrori  bilan  tu-
gaydi:
Oqshom  menga  niqob  ostidan
Ohu  ko‘zin  suzdi  gulruxsor.
Bu  she’r  lirikaning  eng  yuksak  talablariga  javob  beradi.  Ho-
lat,  manzara,  makon  va  zamon  bor.  Ularning  bari  lirik  qah-
ramon  his-tuyg‘usi,  tasavvuroti,  kay

 yati,  ruhidagi  o‘zgarishlar, 
uning  istagi  va  niyatiga  yetish  ilinji  orqali  ifodalanadi.


183
Satrlar  mag‘ziga  ijtimoiylik  ham  singdirilgan.  Bu  Sharq    va 
G‘arb  qiyosi,  xotin-qizlarga  munosabatning,  ayollar  erkining  tur-
lichaligini  solishtirish  orqali  aks  etgan.  Shular  zamirida  umum-
insoniylik  ham  bor.  Shoirning  g‘oyasiga  ko‘ra,  sevgi-muhabbat 
uchun  bu  tafovutlar  to‘siq  bo‘lolmaydi.  Axir,  bu  –  dil  mulki, 
ko‘ngilning  ishi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish