Литература:
1. ЦГА РУз, фонд 94, опись 5.
110
2. Воскобойников А., Яковлев М. В. Организаторская и идеологическая
работа Коммунистической партии Узбекистана в годы Великой
Отечественной войны. — Ташкент, 1966.
3. Ефимов В. И. Патриотические подвиги труда Самаркандской
области в годы Великой Отечественной войны. — Самарканд, 1962.
4. История Узбекистана. 2 том.— Ташкент, 1977.
5. Правда.— 1942.— 20 апрель.
6. Правда Востока.— 1944.— 10 октябрь.
7. Шарқюлдузи.—1981.—№ 6. —С.193.
8.Саидова Г. Ш. Жизнь эвакуированных детей в Узбекистане в годы
Второй мировой войны // Молодой ученый. — 2013. — №12. — С. 757-760.
ISLOM KARIMOV ASARLARI YOSHLAR TARBIYASIDA - BEBAHO
NE’MAT
Sayitqulova O’.,
SamDChTI talabasi
O’zbekiston – insoniyat ruhining ulug’vorligi va aql ziyosining ramzi,
umumbashariyat tafakkurining beshiklaridan biri bo’lmish diyordir. O’zbekiston -
noyob madaniyat va yuksak ma’rifat, Sharq falsafasi, insonparvarlik ruhi bilan
yo’g’irilgan adabiyot va nafis san’at mamlakatidir.O’zbekistonning buyuk tarixi va
hozirgi zamoni o’zaro uzviy bog’liq. Ana shu diyorning aql – ziyosi va ma’naviy –
tarixiy salohiyati mamlakatimiz jahon hamjamiyatida munosib o’rin egalladi.
Ushbu munosib o’rin o’zbek xalqining munosib farzandi, rahnamo, Islom Karimov
nomi bilan bog’liq.
O’zbekistondagi barcha tub o’zgarishlar yurtboshimiz nomi bilan
bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasining qonuniy yo’l bilan saylangan birinchi
111
Prezidenti I.A.Karimov yangi o’zbek Uyg’onish – “Renessans” davrini boshlab
bergan davlat arbobidir.
28
O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov ona vatanimiz ozodligi,
xalqimiz farovonligi yo'lida umrini baxshida etgan yurt o'g'loni sifatida tariximizda
o'chmas iz qoldirdi. Islom Karimov zukko iqtisodchi va mohir siyosatchi bo'lishi
bilan birga o'tkir qalam sohibi ham edi. Birinchi Prezidentimiz tomonidan
yaratilgan bebaho ma'naviy asarlarda avvalo inson manfaatlari, xalqning tashvishi
va orzu-istaklari, har qanday davrda ham odamzot uchun zarur, eng muhim ozuqa
bo'lib kelgan ma'naviyatning ma'no-mazmuni, jamiyatdagi o'rni va ahamiyati
haqida keng qamrovli fikrlar orqali tahlil etilgan.
Prezident Islom Karimov yirik jamoat arbobi va mohir siyosatchi, bunyodkor
va tashkilotchi, katta tajribaga ega amaliyotchi va teran nazariyotchi sifatida
faoliyat ko’rsatdi.
Birinchi prezidentimizning asarlari davrimizning o’ziga xos solnomasi desak
ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Muhtaram yurtboshimizning turli yillarda chop
etilgan kitoblarining nomlaridayoq o’sha davrdagi hayotimiz, boshimizdan
kechirgan voqea-hodisalarning mohiyati aks etganini anglaymiz.
Shu asarlar qatori Islom Karimovning "Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk
kelajagi yo'lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir" deb nomlangan kitobi ham
mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida alohida ahamiyatga
ega. Ushbu kitobda mamlakatimizni siyosiy va iqtisodiy rivojlantirish, bular
qatoriga ijtimoiy sohalar-ta'lim-tarbiya, ilm-fan, sog'lqni saqlash, madaniyat va
san'at, sport tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, jamiatimizda ayollar,
keksalar va yoshlarning o'rni, ularga yanada qulayroq sharoit va imkoniyat yaratish
bilan bog'liq masalalar, har bir hudud va mintaqa bo'yicha istiqbolga mo'ljallangan
rejalar, ustuvor loyihalar haqida so'z boradi. Asar 15 bo'limdan iborat bo'lib,
asarning "Tarix -bamisoli ko'zgu" qismida esa qadimiy va yangi tariximiz haqida
sobiq sovetlar tuzumi mohiyatini fosh etadigan misollar, bugungi kunda dunyoning
28
И.А.Каримов Миллий давлатчилик, истиқлол мафкураси ва ҳуқуқий маданият тўғрисида. Т.:
Ўзбекистон, 1999. – 3-7 б.
112
ayrim hududlarida bu tuzumni tiklashga bo'layotgan harakatlar haqidagi fikr-
mulohazalar ham bayon qilingan. Asarda keltirilgan quydagi so'zlar mazkur
to'plamning bosh g'oyasini o'zida mujassamlashtirgan: Biz o'tgan davrda amalga
oshirgan ishimizga baho berar ekanmiz,"Kecha kim edig-u bugun kim bo'ldik?
degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o'zimizga chuqur tasavvur
etamiz. Ayni vaqtda, ertaga kim bo'lishimiz, qanday marralarni egallashimiz kerak
degan savol ustida o'ylashimiz, nafaqat o'ylashimiz balki amaliy ishlarimiz bilan
bunga javob berishimiz lozim".
Bu kitobning asosiy mazmuni va mohiyati uning mundarijasida o’rin olgan
mavzularda o’z ifodasini topgan. Kitobning bosh qahramoni muallifning o’zlari-
birinchi prezidentimiz bo’lsa, asosiy qahramonlari birinchi yurtboshimiz atrofida
jipslashib, vatan ravnaqi uchun astoydil hizmat qilayotgan zahmatkash xalqimiz,
mo’l-ko’l hosillar yetishtirayotgan dehqonlar, serhosil bog’lar yaratayotgan
bog’bonlar, zamonaviy binolar yaratayotgan bunyodkorlar, ravon yo’l qurayotgan
yo’lsozlar, borliqqa nur taratayotgan energetiklar, uzoq manzillarni yaqin
qilayotgan havo kemalaridan tortib, poyezd-u avtomobillargacha boshqarib
kelayotgan fidoyilar, ziyolilar, olimlar, san’at va madaniyat hodimlari, kamol
topayotgan yoshlar, xullas bir so’z bilan aytganda barcha ezgu niyatli
zamondoshlarimizdir.
E'tiborli jihati shundaki, biz yoshlar uchun davlatimiz va jamiyatimizning
hozirgi va kelgusi hayotiga bevosita daxldor bo'lgan muhim konseptual fikrlar,
g'oya va qarashlar, qaysiki yangi tariximizning ajralmas qismi bo'lib qoladigan ana
shu nutq va ma'ruzalarni o'rganish va tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Asarda
ta'kidlanganidek, bugun dunyo miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib,
ziddiyat va qarama-qarshiliklar keskinlashib borayotgan bir vaziyatda biz faqat
erishgan yutuqlarimizga mahliyo bo'lmasdan, dunyoda yuz berayotga tub
o'zgarishlar jarayonida egallab turgan o'rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz,
kundan-kunga o'zgarib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, davr bilan
hamqadar borishimiz zarur va shart ekanligi har birimizni kelajak uchun qayg'urib
yashashga undaydi. Shuningdek, bu asar bizga mardlik va matonat, jonkuyarlik va
113
qat'iyat, eng muhimi kelajagimizni qurishda ertangi kunga bo'lgan yuksak ishonch
bilan yashashni o'rgatadi. Asarning yana bir muhim tomoni shundaki, "mening
davrim keladi, deb emas, aksincha, o'z davrim, o'z kelajagimni o'zim yarataman",
deb yashashga o'rgatish hayot talabi ekaniga alohida urg'u beriladi. Yurtimizda
hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik,
o'zaro hurmat muhitini saqlash, huquqiy savodxonlikni xalqimiz, ayniqsa, biz
yoshlarga singdirish muhim vazifa bo'lib qolmoqda.
Olijanob, bag'rikeng xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan xizmat
qilish-eng yuksak sharaf, oliy saodat ekanligi muhtaram Birinchi yurtboshimiz
tomonidan ta'kidlanadi.
Birinchi Prezidentimiz o'z xalqini sevish, uning tarixi, madaniyati bilan
faxrlanib yashash haqida fikr yuritar ekan, ayni paytda o'tmishda el-yurtimizga
nisbatan uyushtirilgan zulm va zo'ravonlik, qatag'on va tazyiqlar uchun biror-bir
xalq yoki millat emas, aksincha faqat zo'ravon tuzum aybdor ekanini unutmaslikni
ta'kidlab, bu borada biryoqlama qarash va aqidalarga, millatchilik kabi xavfli
illatlarga berilib ketish nomaqbul ekanidan ogohlantiradi. Ko'rinib turibdiki, Islom
Karimov o'z asarlari va nutqlarida mamlakatni demokratik yangilash va
modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy sohalarni,
ta'lim-tarbiya, ilm -fan, sog'liqni saqlash, madaniyat va san'at va sport tizimini
izchil rivojlantirish, muqaddas dinimizni sof holda asrab-avaylash, millatlararo
totuvlikni ta'minlashdagi o'rniga alohida e'tibor qaratgan. Shuni anglashimiz
mumkunki,
kitobda
bayon
etilgan
ko’plab voqea-hodisalar mustaqil
O’zbekistonimiz, xalqimizning yangi tarixini o’rganishda g’oyat qimmatli
manbadir." Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish-eng
oliy saodatdir" kitobini o'rganish jarayonida bugungi erkin va farovon kunlarning
qadrini, vatanimiz, uning istiqboli oldidagi burchimizni chuqur anglaymiz.
Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotimizda beqiyos ahamiyat kasb etadigan
maskur kitob hozirgi va ertangi kunimizning eng ustuvor yo'nalishlarini o'zida
mujassam etib, jamiyatimizning taraqqiyot falsafasini belgilab berishda muhim
dastur bo'lib xizmat qilishi shubhasiz. Bilim va ma’naviy olamimizni yanada
114
boyitish uchun hayotga teran nigoh bilan boqish bilan bir qatorda, biz uchun
muhim bo’lgan ishonchli manbalarni, kitoblarni chuqur o’rganib borishimiz
maqsadga muvofiqdir.
Jamiyatdagi har qanday yangilanish, har qanday o’zgarish avvalo inson uchun,
uning hayotini farovon etish uchun amalga oshirlmog’i darkor. Biz bu g’oyani o’z
faoliyatining bosh maqsadi deb bilgan Islom Karimov siyosatining bosh maqsadi,
shu yo’ldan og’ishmay borishga intilmog’imiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |