45
davlatlardan biri bo‘lib maydonga chiqdi. Mustaqillikning qisqa davrida u o‘zining
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudratini to‘la-to‘kis ko‘rsata oldi.
O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko’p tomonlama faol
tashqi siyosatini amalga oshirish – davlatimizning
mustaqilligini mustahkamlash,
iqtisodiy qiyinchiliklarini bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur
sharti va g’oyat muhim vositasidir.
14
Prezident Islom Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va
taraqqiyot yo‘li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini
belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida
mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va
qonunlashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini
tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. Bular faol va keng ko‘lamli
hamkorlik
uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra 1992-yil
2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli
a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh
Assambleyasining 1993-yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27-
sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat
sifatida namoyon etdi.
O’zbekiston tashqi siyosatining ko’p tomonlamaligi va ochiqligi iqtisodiy va
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan mustahkam va o’zaro foydali
munosabatlarni o’rnatishga qaratilgan yondashuvlarni belgilab beradi.
15
1994-yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va
ishtirokida Toshkentda bo‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak yo‘li”
xalqaro
yig‘ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeyini yanada
ko‘tardi.
14
O’zbekiston :milliy istiqlol,iqtisod, siyosat, mafkura. 50-bet.”O’zbekiston” nashriyoti 1996-yil.
15
O’zbekiston:milliy istiqlol,iqtisod,siyosat,mafkura. 58-bet”O’zbekiston” nashriyoti 1996-yil.
46
O‘zbekistnonning BMT homiyligidagi ta’lim,
fan va madaniyat bilan
shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora
mustahkamlanib bormoqda. 1993-yilning 29-oktabrida YUNESKOning Parijdagi
qarorgohida O‘zbekistonni ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘lib
o‘tdi.
YUNESKO
Markaziy
Osiyo
taraqqiyotini
o‘rganish, tiklash va
ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. 1994-yil oktabrida Parijda Ulug‘bek
haftaligi tantana bilan o‘tdi. “Ipak yo‘li – muloqot yo‘li” deb nomlangan yirik
tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida
YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro
instituti tashkil etildi. YUNESKO bosh direktori
Federiko Mayorning
O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995-yil iyul yida mazkur institutning
ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot bobomiz Sohibqiron Amir Temur
tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil
oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib
o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKO ning madaniy
qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yil 19–20-oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro
va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan ulkan
tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy
mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.
2006-yilning o’zida tovar mahsulotlarining eksport qilish hajmi 31,5
foizga
o’sib, 2000-yilga nisbatan 2 martadan ko’proq ortdi.
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy savdosi yil davomida qariyb 2milliard
AQSH dollarigacha oshdi.
16
Umuman
olganda,
birinchi
prezidentimiz
Islom
Abdug’aniyevich
Karimovning faol ishtiroki va tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan O’zbekiston
Respublikasining tashqi siyosat tamoyillari va konsepsiyasi nafaqat kechagi va
bugungi O’zbekistonning dunyoga tanilishi, balki keyingi davrlardagi mustaqil
16
Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish – barcha demokratik
yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir.18-bet. “O’zbekiston” NMIU, 2007- yil.
47
taraqqiyot odimlarining ham poydevori bo’ldi. Bu jihatlarni biz bevosita birinchi
prezidentimiz asarlarini o’qish, tahlil qilish va o’rganish jarayonida ko’rishimiz,
ulardan kelib chiqqan xulosalar yordamida anglashimiz mumkin. Birinchi
prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlarida tashqi siyosatga e’tibor
berar ekan
bundan asosiy ko’zlangan maqsad O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga
qo’shilishini tezlashtish, xalqning iqtisodiy-ijtimiy ahvolini bundanda yaxshilash va
O’zbekistonni rivojlangan davlatlar qatorida ko’rishni maqsad qilgan edi.
Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosatda amalga
oshirayogan ishlarini birinchi prezidentimiz I.A.Karimov amalga oshirgan
ishlarning mantiqiy davomi desak adashmagan bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: