Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-
sentyabrda Samarqanddagi I.Karimov haykali ochilishidagi nutqi.
2. O’zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 25-
yanvardagi qarori.
3. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. - T.:”Ma’naviyat”. 2008.
80-b.
4. I. Karimov Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish,
ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish- barcha
ishlarimizning mezoni va maqsadidir. - T: “ Ma’naviyat”, 2007. 225-b.
5. I.Karimov Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat
qilish-eng oliy saodatdir.-T: “O’zbekiston”, 2015. 70-b.
124
ISLOM KARIMOVNING BUYUK AJDODLAR XOTIRASIGA
BAG’ISHLANGAN IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLIYATI
Qozoqova Ch.,
SamDCHTI talabasi
Buyuk insonlarning nomi hech qachon unutilmaydi, balki bugun ular
yonimizda emasdir, ammo ularning amalga oshirgan ishlari, so’zlari hamon
yodimizda, xotiralari esa abadiy. Ular biz uchun butun hayotimizga saboq
bo’ladigan umrni kechirish bilan bir qatorda o’z nomlarini hayot zarvaraqlariga
oltin harflar bilan yozib qoldirishdi. Ikki daryo oralig’ida makon topgan
Vatanimizni o’tmishi va buguni uchun sharafli xizmat qilgan ulug’ zotlar nomlari
cheksizdir. Mamlakatimizning istiqboli asoschisi, yurtimizda yashayotgan har bir
oila, bola uchun qayg’urgan, U zot Vatanda emas, balki Vatan uning qalbida,
vujudida yashar edi, shubhasiz. Istiqlol yillarida birinchi prezidentimiz
rahnomoligida milliy o’zligimizni saqlab, kelajak avlodga yetqazib berish,
ajdodlarimizning buyuk nomlarini qayta tiklash, xalqimizning boy ma’naviy
merosini asrab-avaylash va yanada chuqurroq o’rganish borasida ulkan ishlar
amalga oshirildi.
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, jamiyat taraqqiyotidagi har qanday
o’zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan
jarayonlar, kashfiyotlar o’z-o’zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy
an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud
bo’lmog’I kerak. Haqiqatan ham, tarixga nazar tashlasak ajdodlarimizning nafaqat
xalqimiz balki butun jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan mardonavor hissalariga
guvoh bo’lamiz. Ahmad- al Farg’oniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu
Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher
Navoiyning nomlari bugun qalbimizda, ong va shuurimizda g’urur va iftixor
hislarini junbushga keltiradi. Bobokalonlarimizning merosi bilan birgalikda
ularning nomlarini ham abadiylashtirish maqsadida birinchi prezidentimiz
125
tomondan samarali amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, 1994-yil mamlakatimizda.
Mirzo Ulug’bek yili deb e’lon qilindi. O’sha yili Mirzo Ulug’bek tavalludining 600
yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Parij shahridagi YUNESKO
qarorgohida buyuk allomaning ilmiy merosi va uning ahamiyatiga bag’ishlangan
xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Birinchi Prezidentimiz ‘’Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch’’ asarida shunday yozadi. ‘’Bu haqda so’z yuritar ekanmiz,
beixtiyor 1996-yili Parijda YUNESKOning o’sha paytdagi Bosh direktori bilan
Ferederiko Mayor janoblari bilan bo’lgan suhbat yodimga tushadi. O’shanda janob
Mayor Ulug’bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga
doir hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko’rilganda
atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, deb aytib qoldi. Shunda men unga
qarab, yo’q Federiko Mayor janoblari, Ulug’bek xato qilishi mumkin emas, balki
quyosh va yulduzlar harakati o’zgargandir deb javob qaytargan edim.
Chindan ham, Mirzo Ulug’bek hisobi bo’yicha bir yil 365 kun 6 soat 10
daqiqa va 8soniyani tashkil etadi. Bugunga kelib esa bir yil 365 kun 6 soat 9daqiqa
va 6soniyadan iborat ekanligi aniqlandi. Bugun yurtimizda Mirzo Ulug’bek nomi
berilgan tuman, ma’naviyat maskanlari, mahallalar, ko’chalar ko’p. Aynan istiqlol
yillarida yengilmas sarkarda Amir Temurning xotirasi va boy merosi tiklandi.
Davlatimizning birinchi rahbari tomonidan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon
qilindi va sohibqiron tavalludining 660yilligi keng nishonlandi. Amir Temur ordeni
ta’sis etildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi.
O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning
zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati’’ mavzusidagi xalqaro
konferensiyaning Samarqand shahrida o’tkazilishi ham bejiz emas. Zero, bu shahar
butun dunyo sivilizatsiyasining qadimiy o’choqlaridan biridir. Bu yerdagi obidalar,
madaniy yodkorliklar ajdodlarimiz dahosidan, olis va buyuk o’tmishdan
so’zlaydilar. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, Samarqand tuprog’ining har bir
zarrasida ulug’ bir hikmat bor, har bir ko’chasi, maydon va xiyobonida salobat,
fayzu tarovat bor. Bu qadimiy va hamisha navqiron shaharning har bir g’ishtida
bunyodkor xalqimizning iste’dodi va mahorati, boqiy qadriyatlar mujassam.
126
Anjumanda AQSH, Yaponiya, Qohira, Fransiya, Xitoy, Belgiya, Italiya,
Niderlandiya universitetlari professorlari o’rta asr Sharq allomalarining hayoti,
ilmiy faoliyati haqida ma’ruza qildi.
Shular bilan bir qatorda 1998-yili Ahmad Farg’oniyning 1200yiligi, Imom
al-Buxoriyning 1225 yilligi, 1999-yil Jaloliddin Manguberdining 800yilligi, 2000-
yilda Marg’inoniyning 910yilligi, Imom al-Moturidiyning 1123yilligi keng
nishonlandi, ularga bag’ishlab haykallar o’rnatildi. Davlatimizning birinchi rahbari
rahnomoligida amalga oshirilgan islohotlar jarayonida xalqimizning sha’ni, qadr-
qimmati, g’ururi, ma’naviyati va milliy qadriyatlarini qayta tiklashga alohida
e’tibor qaratildi. Mustabid tuzum davrida qatag’on qilingan yuzlab yurtdoshlarimiz
xotirasi abadiylashtirildi. 2000-yili poytaxtimiz Bo’zsuv sohilida ‘’Shahidlar
xotirasi’ yodgorlik majmui barpo etildi. Majmua tarkibida ‘’Qatag’on qurbonlari
xotirasi’’ muzeyi va shu nomdagi jamg’arma tashkil qilindi. Aziz avliyolarimiz
mangu orom topgan maskanlarning ziyoratgohlarga aylantirilishi, muqaddas
qadamjolarning obod etilishi, bugun biz yoshlarning o’z tarixidan faxrlanish
tuyg’usini kuchaytiribgina qolmay, buyuk ajdodlarga munosin vorislar bo’lib
kamol topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |