Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch. –Toshkent:
Ma’naviyat. 2008.
2.
I.Karimov’’ O’zbekiston duyno xaritasida o’ziga munosib joy oldi’’.B-22
T. 2011
I.A.KARIMOV QALBIMIZ VA XOTIRAMIZDA ABADIY QOLAJAK
Nuritdinov A.,
SamDCHTI talabasi
“Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak” degan
da’vatga bir umr amal qilib yashagan bu ulug‘ insonning xotirasi, ayni paytda
Hazrati Xizr majmuasida barpo etilayotgan tabarruk ziyoratgohlari barchamizni
ezgu va xayrli ishlarga chorlab turadi. Milliy mustaqilligimizning asoschisi
muhtaram Islom Abdug‘aniyevichning so‘nmas xotirasiga qo‘yilgan eng buyuk
haykal -bu mustaqil va suveren, erkin va ozod O‘zbekiston davlatidir, desak, ayni
haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Islom Karimov dunyo miqyosida “Rimning tengdoshi”
deb tan olingan Samarqanddek buyuk shaharning sha’nu shavkatiga, o‘ziga tuz-
nasiba bergan bu zamin ahliga, uning ishonchiga doimo munosib bo‘lib yashadi.
Biz el-yurtga sadoqat, chinakam vatanparvarlikning oliy namunasini hurmatli
Yo‘lboshchimizning o‘z ona shahriga cheksiz muhabbatida, buning amaliy
namoyoni bo‘lgan katta-katta ishlarida ko‘ramiz. Jonajon Vatanimiz -
O‘zbekistonimizni, mustaqilligimizni, tinch va obod hayotimizni sevish va
qadrlashni, o‘z yurtimizga mehr-muhabbatni biz ulug‘ Yurtboshimizdan
o‘rganganmiz. Birinchi Prezidentimiz mustaqillik yillarida Samarqand shahrini
94
tubdan obod qilish, uning tarixiy va zamonaviy qiyofasini uyg‘unlashtirishga
qaratilgan ulkan ishlarga bevosita rahbarlik qildi.
26
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov yurtimizni nafaqat mustaqillikka olib
chiqdi, balki uni mustahkamlash yo‘lida butun borlig‘ini baxshida qildi.
Yurtboshimiz rahnamoligida barcha ma’naviy va madaniy qadriyatlar qayta
tiklandi. Dinu diyonatimiz o‘zimizga qaytdi. Bunday savobli ishlari bilan Islom
Karimov hayotligidayoq o‘ziga boqiy haykal o‘rnatgandi.
I.A.Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilgʻor fikrlarni ilgari suradigan,
tashabbuskor, oʻz nuqtai nazarini qatʼiy himoya qilib, oldiga qoʻyilgan maqsadga
erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. Bobomiz sobitqadamlik bilan tinchlik va
hamjihatlik siyosatini yuritib keldi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov yuksak
xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan boʻlib XXI asr vabosi hisoblanmish
terrorchilikka va u bilan chambarchas bogʻliq giyohvandlim savdosiga qarshi faqat
hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf
etish va Markaziy Osiyo mintaqasida "xavfsizlik kamari"ni shakllantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini taʼkidlab keldi. Xalqaro
maydonda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy
madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi.
Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlib kirdi (1992 yil, 2-mart), deyarli barcha nufuzli
xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat
bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
U kishini nafaqat biz yoshlar, balki yuzlaridan nur yog’ib turgan
qariyalarimiz ham yuksak ehtirom bilan xotirasida saqlaydi.
Mustaqillik tufayli xalqimiz o‘zligini topdi, dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jahon arenalarida hilpiraganda ko‘ksimiz
g‘ururga to‘ladi ko’zlarimizga faxrdan quvonch yoshlari keladi.
Bularning barisida dono davlat rahbarimiz birinchi prezidentimiz Islom
Karimovning xizmatlari beqiyos. Hozir yuraklarimizda shunday cheksiz qayg‘u
26
“Birinchi Prezidentga qo‘yilgan eng buyuk haykal — bu mustaqil va suveren, erkin va ozod
O‘zbekistondir”. Shavkat Mirziyoyevning Samarqanddagi Islom Karimov haykali ochilishidagi nutqi
95
borki, bularni so‘z bilan ifoda etish qiyin. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
xalqimizning har bir vakilini chin yurakdan yaxshi ko‘rardi. Buni barchamiz
yurakdan his qilganmiz, biz ham uni doim yaxshi ko‘rganmiz, qadrlaganmiz.
Ayniqsa, millatlararo totuvlik muhitini yaratgani, bu masalaga yuksak darajada
doim e’tibor qaratgani mamlakatimizda tinchlik, osudalik, hamjihatlikni
mustahkamladi. Yuzdan ortiq millatni bir bayroq ostiga birlashtirdi, bir maqsad sari
boshladi. Bu borada Islom Karimov boshlab bergan xayrli an’analarni davom
ettirish, ularning “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” degan da’vatini avlodlardan-
avlodlarga yetkazish bizning burchimiz.
Xalqimiz mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda
birinchi prezidentimiz I.A.Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq
sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻzbekiston
jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni
yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. I.A.Karimov
Vatanimizda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori
va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot
yoʻlini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir.
«Islom Abdug‘aniyevich butun hayoti va faoliyatining mazmuni bo‘lgan
„Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!“ degan ezgu g‘oyani ilgari surdilar va bu
da’vat barcha vatandoshlarimi qalbidan chuqur joy oldi. U kishi „Elim deb, yurtim
deb, yonib yashash kerak“ degan o‘zining g‘oyasiga doim amal qilib, kelajak
avlodlar uchun buyuk ibrat maktabini yaratdilar. Birinchi Prezident millatning
haqiqiy yetakchisi sifatida go‘zal Vatanini jonidan ham ortiq sevar edi, xalqining
manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni o‘z hayotining bosh maqsadi,
deb bilar edilar. Xalqimiz ham Islom Abdug‘aniyevichni cheksiz mehr bilan sevar
va o‘zining ulug‘ rahbari sifatida u kishi bilan haqli ravishda faxrlanar edi».
27
I.A.Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob
beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni
27
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida o‘rnatilgan
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining tantanali ochilish marosimi dagi nutqi.
96
hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U kishi markaziy hokimiyat va uning
joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini
uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab
chiqdi va amalga oshirdi. Xalqimizning oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon
tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab
chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi,
oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich
amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u
dunyoda "oʻzbek modeli" deb eʼtirof etilgan.
Birinchi prezidentimiz O‘zbekistonni dunyoda tenglar ichra teng qilish bilan
birga, bu tabarruk zaminda istiqomat qilayotgan barcha elu elatlarni birdek
qadrladi, e’zozladi. Xalqi og’ir muammolar girdobida qolgan yurtimiz istiqlol
tufayli e’tibor topdi, gullab-yashnadi. Bu yerda tug‘ilib o‘sgan iste’dodlar jahon
sahnalariga, sport arenalariga chiqdi. Bu yo‘lda qilingan xayrli ishlari hech qachon
unutilmaydi, asrlar osha yashaydi.
Yurtboshimiz har bir o‘g‘il-qizga otalarcha mehr-e’tibor ko‘rsatgani, ularga
dunyoda tengi yo‘q shart-sharoitlarni yaratib bergani tarix zarvaraqlariga mangu
muhrlanadi. Chunki mustaqilligimizning yigirma besh yili davomida bu yo‘lda
qo‘yilgan mustahkam poydevor yillar o‘tgani sari o‘z samarasini beraveradi.
Farzandlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, olimpiada o‘yinlarida o‘nlab medallarni
qo‘lga kiritmoqda, bu muvaffaqiyatlarimizning salmog‘i bundan keyin yanada
oshib boraveradi. Xalqimizning nafaqat bugungi, balki kelajakda erishajak
g‘alabalari ham birinchi prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Birinchi prezidentimiz bizga doim aziz farzandlarim, deb murojaat qilganlari
qalbimizdan chuqur joy olgan. Biz buyuk Yurtboshimizga o‘xshashga, u kishining
ishonchini oqlashga harakat qilganmiz. Bizning kelajagimiz yo‘lida doim kuyingan,
barcha sharoitni muhayyo etgan Prezidentimiz boshlagan ishlarning munosib
davomchilari bo‘lishga intilamiz.
Imom Buxoriy, Imom Motrudiy yodgorlik majmualarini barpo etish, Shohi
Zinda ziyoratgohi, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Hazrati Xizr
97
masjidini ta’mirlash, obod qilish, yangi uy-joylar, maydon va xiyobonlar, ijtimoiy
va madaniy ob’yektlar qurish ishlarida birinchi prezidentimizning beqiyos hissasi
borligini biz avlodlar hech qachon unutmaymiz.
I.A.Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish,
demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz
taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqdi, yorugʻ istiqbol yoʻlida xalqni
birlashtirib, uni ulugʻ maqsadlar sari boshlab borgan. Birinchi prezidentimiz
I.A.Karimov huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni
taʼminlash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qoʻshgan ulkan hissasi hamda bu borada
matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun "Mustaqillik" (1996), Amir Temur (1998)
ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u kishi bir qancha xorijiy davlatlarning
va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.
I.A.Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan,
taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy
mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda
akademikligiga saylangan. Uning
1.
"Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli" (1992),
2.
"Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang" (1993),
3.
"Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli"
(1993),
4.
"Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" (1994),
5.
"Istiqlol va maʼnaviyat" (1994),
6.
"Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" (1995),
7.
"Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari" (1997),
8.
"Barkamol avlod orzusi" (1998),
9.
"Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" (1998),
10.
"Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq" (1998),
11.
"Olloh qalbimizda, yuragimizda" (1999),
98
12.
"Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz"
(2000),
13.
"Tinchlik uchun kurashmoq kerak" (2001),
14.
"Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari" (2002) va
boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari
tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan,
hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus,
fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga
tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan. Islom Abdug‘aniyevich Karimovning
tashabbusi asosida, eski qolip va mezonlardan butunlay voz kechgan holda, keng
miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim-tarbiya tizimini eng
zamonaviy xalqaro standartlar bo‘yicha tubdan o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar
dasturi ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov
mamlakatimizning bugungi va ertangi kunining hal qiluvchi kuchiga aylanib
borayotgan yoshlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini butunlay
o‘zgartirgan, navqiron avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishning yangi prinsipial
tizimini tashkil qilish va uni hayotga joriy etish ishlariga bevosita rahbarlik qildi.
Mamlakatimiz rahbari milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom bilan
munosabatda bo‘lish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy
merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi,
xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shdi.
U fuqarolik jamiyati institutlari, avvalo, mahallaning davlat va jamiyat
boshqaruvidagi nufuzini oshirish, ularning vakolat va huquqlarini kengaytirish
masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-
yanvardagi qaroriga
asosan, quyidagilar:
2016-yil oktabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat
fondi tuzildi;
99
Toshkent shahri, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida
joylashgan jome masjidga “Islom ota jomeʻ masjidi” deb nom berildi;
Shuningdek:
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich
Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni
tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini
o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqildi.
Shu munosabat bilan:
Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik
majmuasini barpo etish;
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich
Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan
haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar
bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish;
Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom
Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom
Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha
joylashtirish;
Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;
quyidagi muassasa va obyektlarga:
Toshkent davlat texnika universitetiga;
Asakadagi avtomobil zavodiga;
Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga;
Toshkent xalqaro aeroportiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy
ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov
nomini berish;
100
har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni
sifatida yod etish;
oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat
stipendiyasini joriy etish;
Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli
va badiiy filmlar yaratish;
Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish
haqida koʻrsatmalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |