Birinchi davr (1945-1955-yillar)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Raqamli kompyuterlarni yaratishda muvaffaqiyatlar Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin sodir boʻldi. 40-yillarning oʻrtalarida birinchi lampali hisoblash qurilmalari yaratildi. Shu bilan birga, kompyuterni loyihalash va dasturlash amalga oshirildi. Bunga boshqa amaliy sohalardan har xil turdagi amaliy muammolarni hal qilish sohasidagi tadqiqot ishlari kirar edi. Oʻsha paytda dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilgan. Oʻsha paytda operatsion tizimlar yoʻqligi sababli barcha vazifalar dasturchi tomonidan maxsus boshqaruv panelidan qoʻlda hal qilinardi. Operatsion tizimda matematik hamda yordamchi dasturlar kutubxonalaridan boshqa dasturiy taʼminot yoʻq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |