1-suxandon: Hurmatli mehmonlar, qadrli o’qituvchilar, aziz ustozlar!
Assalomu alaykum! Bugun biz uchun haqiqiy bayram. Bugun yangi o’quv yili boshlandi. Birinchi qo’ng’iroq chalindi. Ona maktab o’z egalarini bag’riga oldi.
(Maktab haqida she’r o’qiladi).
Bugun ko’pgina uka va singillarimiz birinchi marotaba maktab ostonasiga qadam qo’ydilar. Ular ilk bor maktab, o’qituvchi-ustoz bilan yuzma-yuz kelmoqdalar. Bu jajji kichkintoylar maktabimiz dargohiga ta’lim-tarbiya olgani qadam qo’ydilar.
Keling, biz bugun ularga mustahkam bilim olishlarida iroda tilab qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |