Bitiruv malakaviy
ishlari va ularni yozish
tartibi
Bitiruv malakaviy
ishlari oliy o
’
quv yurtlarida olingan ta'limning so
’
ngi
bosqichi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ish yozish pedagogik amaliyoti davrida
amalga oshirilsa ham, lekin
unga tayyorgarlik institutda oxirgi darslar davom
etayotgan oylardan boshlanadi.
Oxirgi kursda barcha imtihon va sinovlarni tugallanish arafasida pedagogik
amaliyotiga tayyorgarlik boshlanadi. Dastlab qaysi talaba qaysi kasb-hunar
kolleji yoki litseylarga pedagogik amliyotini o
’
tashi aniqlanadi. Tajriba shuni
ko
’
rsatadiki, ko
’
pchilik talabalar Samarqanda amaliyot o
’
tashga xarakat qiladilar.
Boshqa shahardan kelgan talabalarni o
’
z turar joylarida amaliyot olib borilishiga
ham ruhsat beriladi. Amaliyot «Iqtisodiyot nazariyasi» va "Iqtisod asoslari" fani
bo
’
yicha o
’
tkaziladi.
Amaliyotda, talaba kasb-hunar kolleji yoki litseylarga yuborilib, amaliyot
rahbari belgilanadi, birinchi haftada talabalar, tajribali o’qituvchilarni darsiga
kirib darsni tahlil qiladi. Ikkinchi haftada talabalar o’zlari dars o’tib beradiva
kamida 2 ta ochiq dars o’tib berish kerak bo’ladi.Ochiq darsda albatta amaliyot
rahbari va 2-3 ta tajribali o’qituvchi qatnashib darsni tahlil qiladi.Darsda 3-4
yangi pedagogik texnologiyalarning usullaridan foydalanish kerak. Har bir dars
bo
’
yicha tuzilgan amaliy reja amaliyot rahbari tomonidan nazorat qilinadi.
Bu
haqida amaliyot rahbari talabaning kundaligiga yozib imzo qo
’
yadi. Pedagogik
amaliyoti tugallangandan keyin barcha o
’
rganilgan masalalar yig
’
ma hisobotda
qisqacha bayon qilinadi. Hisobot institut bo
’
yicha amaliyot rahbari tomonida
qarab tekshirilib, taqriz yoziladi. Taqrizga ijobiy yoki salbiy baho beriladi,
amaliyot rahbarining xulosalari e'tiborga olinadi. Hisobot komissiya a'zolari
55
ishtirokida himoya qilinadi. Amaliyot davrida xar xaftada bir kun bitiruv
malakaviy ish uchun vaqt ajratiladi. Bitiruv malakaviy ish ishlab chiqarish
amaliyot davrida davom ettiriladi. Dekanat bu tadbirni xar bir talaba bilan
kelishib hal qiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida rahbar tomonidan bitiruv
malakaviy ish ustida qanday ish olib borilayotgani kuzatiladi. Kamchiliklar
ko
’
rsatiladi. Pedagogik amaliyoti tugagandan keyin kafedraga bitiruv malakaviy
ishning dastlabki varianti taqdim qilinadi. Shu bilan birga kafedra tomonidan
bitiruv malakaviy ishining himoyasi uyushtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |