4-Mavzu: PhotoShop - rastrli grafik muharririda ishlash asoslari.
Reja:
1. PhotoShop - rastrli grafik muharririda ishlash asoslari
2. Adobe Photoshop dasturining menyular qatori va uskunalar paneli bilan ishlash
3. Adobe Photoshop dasturida matnlar va grafik obyektlar bilan ishlash
Rastrli grafikani, masalan, fotosuratlarni, tahrirlash ko’p uchraydigan amal. Fotosuratlarni olish paytida yo’l qo’yilgan xatoliklarni tuzatish, mavjud fotosuratlardan yangisini montaj qilish, fotosuratlardagi ortiqcha narsalarni olib tashlash, fotosuratlarning muammoli joylarini boshqa qismi bilan almashtirish mumkin. Fotosuratga jilo berish, fotosuratga turli filtrlarni qo’llab ularni yangi ko’rinishga o’tkazish, fotosuratlarga matn qo’shish, fotosuratlarni boshqa sirtlarga, masalan, ko’za sirtiga o’tkazish uchun shaklini o’zgartirish bu amallardan ba‘zilari xolos.
Fotograflarning ishini osonlashtirish uchun qator dasturlar ishlab chiqilgan. Ular orasida eng mashhuri Adobe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo’llab- quvvatlanadigan Photoshop dasturidir. Uning dastlabki versiyasi 1990-yilda yaratilgan bo’lib, hozirgi paytgacha yigirmaga yaqin versiyalari sotuvga chiqarilgan.
Ulardan dastlabki yettitasi Adobe PhotoShop 1, 2, ..., 7 nomlari bilan sotuvga chiqarilgan. 2007-yildan boshlab Adobe PhotoShop CS 1, 2, ..., 7 versiyalari ishlab chiqilgan. 2013-yildan boshlab yangi versiyalar Adobe PhotoShop CC deb atala boshladi. Ularning versiya nomerlari sifatida ishlab chiqilgan yillari qo’yila boshladi. Hozirgi paytda bu dasturning eng yangi versiyasi Adope PhotoShop CC 2018 hisoblanadi.
Bu dasturlardan dastlabkilari asosan yakka holda ishlagan bo’lsa, ikkinchi guruhida Adobe kompaniyasining boshqa mahsulotlari bilan birga ishlash, ular bilan ma‘lumot almashish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Oxirgi guruhga tegishlilarida esa intemetda saqlangan tasvirlarni bir paytda turli operatsion tizimlarda ishlaydigan turli kompyuterlar, planshetlar va telefonlardan bir paytda foydalangan holda qayta ishlash imkoniyatlari yaratildi.
Photoshop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat: 1) sarlavha satri va asosiy menyu; 2) parametrlar paneli; 3) uskunalar paneli; 4) palitralar sohasi; 5) ishchi soha; 6) holat satri
Asosiy menyuning quyidagi bo’limlari mavjud:
1) Файл (Fayl) - tasvirlar saqlanadigan fayllar ustida amallar; 2) Редактирование (Tahrirlash) - tasvirlarni tahrirlash amallari; 3) Изображение (Tasvir) - tasvirning umumiy parametrlarini o’zgartirish; 4) Слои (Qatlam) - tasvir qatlamlari bilan ishlash; 5) Шрифты (Shrift) - shriftlar bilan ishlash; 6) Выделение (Ajratma) - tasvir bo’lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash; 7) Фильтр (Filtr) - tasvimi butunlay yoki qisman o’zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlami qo’llash uchun ishlatiladi; 8) 3D (Uch o’lchamli) - uch o’lchamli obyektlar bilan ishlash; 9) Просмотр (Ko’rish) - ilovaning tashqi ko’rinishi va undagi boshqarish obyektlarini ko’rsatish uchun xizmat qila- di; 10) Окно (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi; 11) Справка (Ma‘lumot) - turli yordamlami chaqirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |