Savol : Turkiyaning 30 yillarda tashqi siyosati yo‘nalishlarini bering.
Turkiyaning sobiq SSSR bilan munosabatlari. 30 yillarda turkiya sobiq SSSR munosabatlari umuman olganda yaxshi qo‘shnichilik asoslarda rivojlandi. 1932 yili iqtisodiy krizis vaqtida sobiq ittifoq hukumati turk hukumatiga anchagina miqdorda kredit berdi. Bu kredit kayseri shahrida yirik sobiq ittifoq yordami bilan Nazillida ikkinchi to‘qimachilik kombinati qurildi.
Harbiy tayyorgarlik. Harbiy tayyorgarlikni kuchaytira borib, Turkiya hukumati chet ellardan harbiy anjomlar sotib olib, mamlakat iqtisodiyotini harbiy izga o‘tkazdi. Ilgari tinchlik maqsadlarida ishlatiladigan davlat mablag‘lari harbiy sohaga ishlatila boshladi, endilikda etatizm turkiyani millatlashtirish vositalaridan biriga aylandi.
Harbiy tayyorgarlik sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanish suratlarini pasaytirdi, harbiy anjomlarni sotib olish, harbiy ehtiyojlar uchun byudjetdan mablag‘lar ajratishni ko‘payishi mamlakat moliyaviy ahvolini yomonlashtirdi.
Turkiya ikkinchi jahon urushi davrida.
Ikkinchi jahon urushi yillarida turkiya rasmiy jihatdangina neytralitetni saqlab keldi va 1939 yil oktyabrida Fransiya va Angliya bilan ittifoq va o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnoma tuzib, urush boshlanishidan 19410 yil yozigacha ingliz – fransuz yo‘nalishini qo‘llab – quvvatlab keldi.
1940 yil yozidan Fransiya mag‘lubiyatidan keyin turkiya fashist davlatlari siyosati ta’siri ostida bo‘ldi, xususan 1941 yil iyunda gitlerchilar germaniyasi bilan do‘stlik haqida shartnoma tuzdi.
O‘sha davr sharoitida bu shartnoma turkiyani germaniya tomoniga yuzlamalarcha buzib haqiqatan ham Turkiya germaniyaga turli yordamlar ko‘rsatib keldi. Turkiya germaniyaga xrom va boshqa qimmatli xom ashyolar yetkazib berdi, bo‘g‘ozlar orqali Qora dengizga fashistlarni harbiy kemalarini va transportlarini o‘tkazib , o‘z hududida fashist ayg‘oqchilarini yashirib keldi. Faqatgina urush oxiri 1944 yil avgustda antigetlerchi kaolitsiyaning ta’zyiqi ostida turk hukumati germaniya bilan diplomatik aloqalarni uzganligini e’lon qildi va AQSH , Angliya, Fransiyaga yon bosa boshladi. Turkiya hatto urush tugashi arafasi 1945 yil fevralda germaniya bilan urush holatida ekanligini e’lon qiladi, lekin turkiya harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi.
Urush yillarida Turkiya hukumati iqtisodni militarlashtirishni kuchaytirdi, bu esa harbiy xarajatlarni keskin o‘sishiga olib keldi va iqtisodiyotning barcha sohlariga jiddiy zarar keltirdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining keskin qisqarib ketishi mamlakatni oziq – ovqat ta’mingotini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Urush yilarida shuningdek, ahvoli uchun sanoat mollarini sezilarli kamayib ketishi, ularni keskin yetishmovchiligiga , chayqovchilikni avj olishiga narx – navolarni oshib ketishiga olib keldi. Temir yo‘l, dengiz, avto transporti ahvoli yomonlashdi. Turkiya mehnatkashlari urush yllarida mashaqqatlarni boshdan kechirdi. Ishchilar “millat ximoyasi” shiori ostida o‘tkazilgan ekspulatatsiyani kuchayishidan azob tortdilar. Shu kuni ish kuni 14-15 soatgacha ko‘tarildi. Chayqovchilik qimmatchilik munosabatlari bilan real ish xaqlari 4-5 barovar qisqarib ketdi. Boshqaruvni avtoritar usullarini qo‘llanishi asnosida mehnatkashlar hatto minimal fuqarolik huquqlaridan ham mahrum qilindi. Dehqon xo‘jalik larni aygiqsa safarbarlik munosabatlari bilan ishchi kuchlar yetishmovchiligidan azob tortdilar.
Shuningdek, qat’iy baholarni joriy qilinishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini majburiy yetkazib berish soliqlarni oshib ketishidan qiynalar edilar.
Ishchi va dehqonlarning ahvolini yomonlashib ketishi ularni noroziliklarini uyg‘otdi. Lekin bu noroziliklar ma’muriy tomonidan qattiq bostirildi.
Qattag‘onlarga shuningdek ilg‘or kayfiyatdagi ziyolilar vakillari xam tortildilar. Xususan 1945 yil fevralida boshqa ayblanuvchilar qatori taniqli turk yozuvchisi Suad Darvesh qamalgan edi. Taqiblarga qaramay urush oxirlariga kelib Turkiyada demokratik ilg‘or partiyalar aholi orasida kuchayib bordi .