Aim.uz
Birinchi jahon urushi arafasi va urush yillarida jismoniy tarbiya va sport
Birinchi jahon urushi arafasi, urush yillarida jismoniy tarbiya va sportni milliylashtirish avjiga chiqdi. Imperialistic hokimiyat haibiy qurollanishni kuchaytirish, o'rinbosarlami (rezerv) harbiy-jismoniy jihatdan tayyorlashishini yax- shilashga katta kuch saif qila boshladi. 1911-yildan boshlab Germaniyadagi sport uyushmalarining barcha yo'riqnoma va dasturlari yoshlami milliy ruhda tarbiyalashga da’vat etadi. Bunda ko'proq harbiy-sport o'yinlari, katta guruhda yurish- lar (forsirovanniy marsh), sport va motorlashgan klublar tashkil qilish avjiga chiqdi. Nemis maktablarida haibiy- jismoniy tayyorgarlik darslari tashkil qilinib, haftada 3 soat- gacha mashg'ulot o'tkazila boshlandi va har kuni 10 daqiqali gimnastika va yurish (marshirovka) tashkil qilindi.
Fransuz harbiy leytenanti Joij Eber (1875—1957) o'zining haibiy jismoniy tayyoigdrlik usulini tashkil etdi. Bunda yurish, sakrashlar, yuk ko'tarish, uloqtirish, suzish, himoya va hujum kabi jismoniy mashqlaiga tayanildi. Shuningdek, u haibiylaiga miltiq, to'pponcha, shpagadan foy- dalanish, otda yurish, mototsikl haydash, qayiqlarda eshkak eshish, yelkanlami tiklash, belkurak, lom, arra, bolta va bolg'alami qo'llay bilish kabi sifatlami tezda o'zlashtirishni tavsiya etdi.
Eber sportga qarshi bo'lib, faqat sportdagi professional- likning jiddiy tarafdori edi. U ≪Spoit jismoniy madaniyatga qarshi≫ nomli kitobini yozadi. U shu sohaga rahbarlik qilsa- da, ilmiy tayyoigarlikka ega emas edi va o'z uslubiyatini faqat tajribalar asosida tashkil etadi. Eber Demenidan farqli ravishda xotin-qizlaming jismoniy taibiyasiga qarshi noilmiy fikrlar bildiradi. Uning fikricha, erkaklaming mashqlarini xotin-qizlar ham bajarishi lozim. Buni o'rgatilgan hayvonlar misolida ko'rish mumkinligini ta’kidlaydi.
Ebeming uslubiyatini Fransiya va boshqa bir qator mam- lakatlardagi harbiy o'quv yurtlarida haibiy-jismoniy tayyor- gariik mashg'ulotlarida qo'lladilar.
Jismoniy tarbiyani milliylashtirish AQSH, Angliya va boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirildi.
O'q otish jamiyatlari, jismoniy va harbiy tayyoigarlik qo'mitalari, skautlar jangovor otryadlarining tashkil etilishi, shuningdek, o'quv yurtlari dasturlariga harbiy-jismoniy tay- yorgarlikning kiritilishidan maqsad salomatligiga ko'ra yaroqli kishilami harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat edi.
O'z-o'zini nazorat qilish uchun savollar
1. Yangi davrdagi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi qanday boigan?
2. XVIII—XIX asrlarda yetakchi boigan pedagogik nazariyada jismoniy taibiya masalalari qanday ifodalanadi? Ulardagi o'xshash farqlar, tamoyillar nimalardan iborat?
3. Gimnastika tizimlarining vujudga kelishi va bosh- qalaridan farqi nimalarda edi?
4. Germaniya, Fransiya, Shvetsiya kabi Yevropa mam- lakatlarida nima uchun gimnastika vositasida, Angliya va Amerika mamlakatlarida esa sport va o'yinlar vositasida jismoniy taibiya vazifalari hal etilgan?
5. Ishchilar sport tashkilotlarining vujudga kelishiga sabab nima?
6. Yangi davrda havaskorlik sporti va professional sportning farqi nimada?
7. Rekreatsion sport tushunchasi nima?
8. Birinchi jahon urushi yillarida jismoniy tarbiya va spoitni milliylashtirishning sabablari nimada? J.Ebeming usullari nimaga qaratilgan edi?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |