2682-modda. Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
(2682-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(2682-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2683-modda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari
Ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(2683-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-avgustdagi O‘RQ-560-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2684-modda. Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish organlari
Ushbu Kodeksning 99-moddasida (yo‘l-qurilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzishga oid qismi), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(2684-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |