80-modda. O‘rmonlarni tiklash qoidalarini buzish
O‘rmonlarni tiklash, ularning holatini va turi tarkibini yaxshilashga, ularning mahsuldorligini oshirishga, shuningdek yetilgan yog‘och zaxiralaridan foydalanishga oid qoidalar va yo‘riqnomalarni buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(80-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunining 4-bobi.
81-modda. Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(81-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(81-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-son “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi 937-XII-sonli “Qimmatli va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar hamda hayvonlar turlarini muhofaza etishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yil 14-iyuldagi 20-sonli qarori bilan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |