57-modda. Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish
(57-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan bemorning kasallik yuqtirilgan manbani, shuningdek o‘zi bilan aloqa qilib tanosil kasalligi va OIV kasalligi/OITS yuqishi xavfini tug‘dirgan shaxslarni yashirishi —
(57-modda birinchi qismining dispozisiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(57-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 113-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
58-modda. Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan shaxslarning tekshirishdan bo‘yin tovlashi
(58-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchraganligi haqida yetarli ma’lumotlar bo‘lgan shaxslarning sog‘liqni saqlash organlari tomonidan ogohlantirilganidan keyin ham tekshirishdan bo‘yin tovlashi —
(58-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(58-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 113-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
59-modda. OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalarni o‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik
(59-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek OIV kasalligi/OITSni yuqtirishga olib keladigan tibbiy va kosmetik muolaja o‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik —
(59-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(59-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |