2241-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish, ya’ni shaxslar va transport vositalarining o‘tkazish punktlarida bo‘lishi hamda harakatlanishi tartibiga rioya etmaslik, shaxslarning o‘tkazish punktlaridagi taqiqlangan joylarga va transport vositalariga g‘ayriqonuniy kirishi —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2241-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2241-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida nizom”.
2242-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va to‘siqlarni yo‘q qilib yuborish yoki ularga shikast yetkazish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va to‘siqlarni yo‘q qilib yuborish yoki ularga shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2242-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2242-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |