1792-modda. Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1792-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1792-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini tayinlash va berish tartibini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1792-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1792-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 702-II-sonli Qonunning 27-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |