89-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni tashish, saqlash va qo‘llanish qoidalarini buzish
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral o‘g‘itlar va boshqa dorilarni tashish, saqlash va qo‘llanish qoidalarini tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga yoki o‘simliklar, hayvonot dunyosini yo‘q qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(89-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetishiga olib kelsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(89-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni 24-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
891-modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish
Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruxsatnomasiz, xuddi shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan shartlarni buzgan holda zararsizlantirish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(891-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(891-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |