B I R I N CH I B O‘ L I M
TEXNOLOGIK PARAMETRLARNI NAZORAT QILISH
USULLARI VA VOSITALARI
I bob. METROLOGIYA ASOSLARI VA O‘LCHASH
VOSITALARI
1.1- § METROLOGIYA HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Metrologiya — o‘lchashlar, uni ta’minlash usullari va vositalari hamda talab
etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan. Metrologiyaning asosini o‘lchashning umumiy masalalari, fizik kattaliklar birligi va ularning tizimlari haqidagi ma’lumotlar, o‘lchashning usul va vositalari, o‘lchash natijasining to‘g‘riligini aniqlash usullari va hokazolar hosil qiladi. O‘lchashga doir fizik kattaliklar mexanik, elektr, issiqlik, optik, akustik bo‘lishi mumkin. Bu kattaliklarning bir turi texnologik jarayon rivojlanishining bevosita ko‘rsatkichi bo‘lsa, boshqalari shu jarayon bilan funksional bog‘langan bo‘ladi. Fizik hodisalarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanish turli fizik kattaliklarni o‘lchash, ya’ni ma’lumot olish bilan bog‘lik. Ma’lumot qancha to‘la va
xolisona bo‘lsa, fizik xodisalarning tub ma’nosini tushunish shunchalik chuqur
bo‘ladi. Fizik kattalikning muayyan qiymati texnologik jarayonning rivojlanishi
hakidagi ma’lumotning muhim qismidir. Turli usul va asboblar orqali ifodalangan
texnologik jarayonning holati haqidagi axborotlarni ma’lumot, ya’ni informasiya deb bilamiz. Informasiyalar, asosan, o‘lchash asboblari va qurilmalari yordamida olinadi. Fizik ob’ektning sifat jihatdan umumiy, lekin miqdor jihatdan har bir ob’ekt uchun alohida xususiyati fizik kattalik deb ataladi. Shunday qilib, har bir fizik kattalik aynan shu kattalikning sonli qiymati birligiga kupaytmasidan iborat bo‘lgan individual qiymati bilan ifodalanadi. Bir-biriga muayyan erksizlik bilan bog‘langan kattaliklar yig‘indisi fizik kattaliklar tizimi deyiladi. Fizik kattaliklar tizimi asosiy, qo‘shimcha va hosila kattaliklardan iborat. Tizimga kirgan va boshqa tizimlarga nisbatan shartli ravishda erkin hisoblangan fizik kattalik asosiy fizik kattalik deb ataladi. Xalqaro birliklar tizimi — SI (Sisteme International - SI) fan va texnikaning barcha sohalari uchun fizik kattaliklarning universal tizimi bo‘lib, 1960 yilning oktyabr oyida O‘lchov va tarozilar XI Bosh konferensiyasida qabul qilingan. SI ning joriy etilishi shu tizimda nazarda tutilgan va uning tarkibiga
kirmaydigan (ammo hozir o‘lchov birliklari sifatida qo‘llanilayotgan) birliklarning
ilmiy-tadqiqot natijalarini hisoblashda, ishlab chiqarish vositalari va asbob
uskunalarini loyihalashda, qurilish hamda qurilgan ob’ektlardan foydalanishda,
shuningdek o‘quv-ta’lim ishlarida ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirayotgan o‘lchov
birliklaridagi turli hillikka barham beradi. SI ning hozirgi qo‘llanilayotgan ayrim
o’lchash tizimlariga nisbatan muhim afzalligi shundaki, u —universal; o‘lchov
birliklarini birxillashtirgan; asosiy, qo‘shimcha va o‘z hosilaviy birliklarini amaliyot uchun qulay o‘lchamlarga mujassamlashtirgan; kogerent, ya’ni hosilaviy birliklar o‘lchamlarini aniqlovchi fizik tenglamalardagi mutanosiblik koeffisientlarini tugatgan tizimidir. Uning tatbiqi bilan hisoblash tenglamalarining yozilishi ancha soddalashdi.
Xalqaro birliklar tizimi (SI) da ettita asosiy va ikkita qo‘shimcha kattalik qabul
qilingan. Shuningdek, ular asosida ko‘pgina hosilaviy kattaliklar va ularning
birliklari ham tasdiqlangan. 1.1-jadvalda xalqaro birliklar tizimi (SI) da ifodalangan asosiy va qo‘shimcha hamda o‘quv jarayonida tez-tez uchrab turadigan muhim hosilaviy kattaliklarning o‘lchov birliklari, belgilari keltirilgan.
1.1 jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |