Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


Tahlil qilishning potensiometrik usuli



Download 6,28 Mb.
bet101/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

Tahlil qilishning potensiometrik usuli

Potensiometrik usul
muayyan indikator elektrodlar hosil qilgan EYUK ni o‘lchash yo‘li bilan ionlar konsentrasiyasining aniqlashga asoslangan. Bu erda,
konsentrasiyani bevosita potensiallari farqini o‘lchash bilan aniqlash mumkin.
Texnologik jarayonlarda eritma konsentrasiyasi, ko‘pincha, rN ning qiymati
bo‘yicha o‘lchanadi: agar rN<7 bo‘lsa, kislotali; rN = 7 bo‘lsa, neytral; rN>7 bo‘lsa, ishqorli eritma bo‘ladi. Avtomatik asboblarda rN ni o‘lchash uchun elektr usuldan foydalaniladi. U tekshirilayotgan eritmaga botirilgan, shishadan tayyorlangan o‘lchash elektrodining eritma rN qiymatiga ko‘ra elektrod eritma chegarasida potensiallar farqini o‘zgartirishiga asoslangan. Biroq, faqat bitta elektrod va eritma o‘rtasidagi potensiallar farqini o‘lchab bo‘lmaydi, chunki o‘lchash asosi ulanganida asbobni eritmaga ulaydigan o‘tkazgich bilan eritma orasida ham potensiallar farqi hosil bo‘lib, u ham eritmadagi vodorod ionlari konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli elektrod potensiallarini o‘lchashda o‘lchash elektrodi bilan bir qatorda yordamchi elektroddan ham foydalaniladi, uning potensiali o‘zgarmas bo‘lib, eritmaning hossalariga bog‘liq bo‘lmaydi. Yordamchi elektrod sifatida kalomel yoki kumush xlorid qoplangan elektrodlar ishlatiladi. Har ikki elektrod galvanik element hosil qiladi. Suvli eritmalarga tatbiq
etiladigan Nernst tenglamasiga ko‘ra bunday galvanik elementining EYUK i, agar
yordamchi elektrodning potensiali nolga teng bo‘lsa, quyidagi ifodadan aniqlanadi:

bu yerda R — universal gaz doimiysi; T — eritmaning mutloq harorati, 0K; G‘- Faradey soni. (6.18) tenglama shuni ko‘rsatadiki, shisha elektrodning EYUK eritmaning rN miqdoriga va uning haroratiga bog‘liq ekan. Eritmaning harorati o‘zgarmas bo‘lganida, shisha elektrodning EYUK faqat eritmaning rN miqdori funksiyasidan iborat bo‘ladi. Bu tenglamaga R, T va G‘ ning son qiymatlarini qo‘yib, 20°S uchun shisha elektrodning potensiali qiymatini (V hisobida) topamiz.

E = -0,0581 ∙ rN. (6.19)

6.23-rasmda tekshirilayotgan eritma 10 ga tushirilgan shisha 1 va kalomel
elektrodlar 7 dan foydalanilgan holda eritmaning rN miqdorini o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Ulardan hosil bo‘lgan potensiallar farqi eritmaning rN miqdoriga
mutanosib bo‘lib, potensiometr 4 bilan o‘lchanadi. SHisha elektrod shisha naychadan iborat bo‘lib, uchi elektrod shishasidan yasalgan yupqa devorli (0,1—0,2 mm) ichi kavak zoldir kavsharlab qo‘yilgan. Zoldirga rN miqdori ma’lum bo‘lgan eritma 3 to‘ldirilgan bo‘lib, eritmaga esa kumush xlorid qoplangan kontaktli yordamchi elektrod 2 botirilgan, u zoldirning ichki sirtida potensiallar farqini olish uchun xizmat qiladi. Shisha elektrodlarning xususiyati shundan iboratki, ularning ichki elektr qarshiligi juda katta bo‘lib, 20°S da 100—200 mOm ga etadi.



Kalomel elektrod 7 dielektrikdan tayyorlangan, ichiga kimyoviy toza simob 5 to‘ldirilgan bo‘ladi. Uning ustida yomon eriydigan kalomel pastasining qatlami 6, to‘yintirilgan kaliy xlorid eritmasi 8 joylashtirilgan. Elektr kontakt hosil qilish uchun kam o‘tkazadigan to‘siq 9 o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali kaliy xlorid asta-sekin sizib o‘tadi va bu bilan tekshirilayotgan eritmadan yordamchi elektrodga chet ionlar o‘tib qolishining oldini oladi. Shunday qilib, shisha va kalomel elektrodlardan iborat rNmetrning elektr zanjiri ketma-ket ulangan elementlar qatoridan tashkil topgan bo‘lib, ularning potensiali o‘lchash asbobi qayd etadigan yig‘indi EYUK ni beradi:



EΣ=E1+E2+E3+Ex , (6.20)


bu erda E1 — kumush xlorid qoplangan kontaktli elektrod bilan xlorid kislota orasidagi potensialning keskin
o‘zgarishi; E2 — xlorid kislota eritmasi bilan shisha elektrod zoldirsi ichki yuzasi o‘rtasidagi potensialning o‘zgarishi;
E3—simob bilan kalomel o‘rtasidagi yordamchi elektroddagi potensialning o‘zgarishi; Ex — shisha elektrod zoldirsi
tashqi sirti bilan tekshirilayotgan eritma o‘rtasidagi potensialning o‘zgarishi.

E1, E2 va E3 kattaliklar nazorat qilinayotgan eritmaning tarkibiga bog‘liq
bo‘lmaydi va faqat haroratga qarab o‘zgaradi. SHisha elektrod zoldirsining tashqi
yuzasida .hosil bo‘ladigan elektr yurituvchi kuch Ex eritmaning rN miqdori va
temperatirasi bilan aniqlanadi hamda (6.18) tenglama bilan hisoblanishi mumkin.
Binobarin, rN-metr elektr zanjirining yig‘indi EYUK ma’lum harorat uchun
tekshirilayotgan eritmadagi vodorod ionlari aktivligining funksiyasidan iboratdir. Bu EYUK ni o‘lchab tekshirilayotgan eritma uchun rN kattalikni topish
mumkin. Nazorat qilinayotgan eritmaning harorati o‘zgarganida shisha elektrodning elektrod potensiali o‘zgaradi. Buning natijasida eritmaning turli
haroratlaridagi aynan bir xil kattalikdagi rN larga elektrod tizimining turli qiymatlari mos keladi. 6.24-rasmda elektrod tizimi EYUK ning nazorat
qilinayotgan eritmaning turli haroratlaridagi rN lariga bog‘liqlik xarakteri ko‘rsatilgan. Eritmaning harorati ortishi bilan tizim tavsifining tikligi oshadi. Izopotensial nuqta deb ataladigan A nuqtada to‘g‘ri chiziqlar kesishadi va demak, elektrod tizimining EYUK eritmaning haroratiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu nuktada eritma haroratining shisha elektrod ichki va tashqi potensiallariga ta’siri o‘zaro
kompensasiyalangan. Izopotensial nuqtaning Ei va rNp bilan belgilangan
koordinatalari elektrod tizimining eng muhim tavsiflari hisoblanadi, ularga rNmetrning harorat kompensasiyasi sxemasini hisoblashda amal qilinadi.
Sanoat rN- metrlarida o‘lchash elektrodi va yordamchi elektrod bitta korpusda
joylashtiriladi va sig‘imlarda o‘rnatiladigan, botirib qo‘yiladigan datchiklar tarzida

yoki quvurlarda o‘rnatiladigan, oqar suvda turadigan datchik tarzida tayyorlanadi. rN zanjirning EYUKini o‘lchashda odatda kirish qarshiligi katta bo‘lgan avtomatik
potensiometrlardan foydalaniladi, ularning shkalasi rN birliklarida darajalanadi.
Tekshirilayotgan eritmalarning harorati keng chegaralarda o‘zgarib turganida
o‘lchash tizimida eritma haroratlarining o‘zgarib turishini avtomatik
kompensasiyalovchi qurilma bo‘lishi kerak. Asbobsozlik sanoatida ishlab chiqariladigan rN- metrlarning eng ko‘p tarqalgan turlariga rN-201 va rN-261 xillari kiradi. Ularning o‘lchash o‘zgartkichlari o‘zgarmas kuchlanish bo‘yicha 0—50 mV va tok bo‘yicha 0—5 mA chiqish signallariga ega bo‘ladi. Bu esa ularning avtomatik potensiometrlar, nazorat qilish va rostlash qurilmalari bilan birgalikda ishlashga imkon beradi. RN- metrning komplekti rN-201 eritmalarida vodorod ionlari aktivligini o‘lchash, qayd etish hamda rostlash uchun mo‘ljallangan. rN-metrga oqar suvda turadigan datchik — sezgir element DM-5M shisha va kumush xlorid qoplangan elektrodlar bilan, yuqori chastotali sanoat o‘zgartkichli P-201 va o‘ziyozar potensiometr KSP-2 kiradi. Sanoat o‘zgartkichi P-201 rN larni o‘lchashda qo‘llaniladigan elektrod tizimlarining sezgir elementlari EYUK ni
unifikasiyalangan o‘xshash elektr signallariga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. O‘zgartkich ko‘rsatuvchi asbob Ml730 A (yoki M325) bilan
jihozlangan. O‘zgartkich chiqish toki bo‘yicha manfiy teskari aloqa bilan qamrab olingan o‘zgarmas tok kuchaytirgichidan iborat, bu esa katta chiqish qarshiliklari olishga imkon beradi. P-201 o‘zgartkichi bilan elektrod tizimining EYUK ini o‘lchash sxemasi 6.25-rasmda ko‘rsatilgan.

6.25 – расм. Электрод тизими
ЭЮК ни ўзгарткич П-201 билан
ўлчаш схемаси.

Elektrod tizimining o‘lchanadigan EYUK Ex teskari ishorali Uchik kuchlanish
bilan taqqoslanadn. Bu kuchlanish rezistor R dan kuchaytirgichning chiqish toki Ichik o‘tayotganida kuchlanish tushuvi natijasida hosil bo‘ladi. Binobarin, elektron
kuchaytirgich EK ning kirishiga Ukip = Ex-Uchik kuchlanishlar ayirmasi beriladi; bu
erda,n

EΣ=Uchiq+Ukir .

Elektron kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisienti (u kuchaytirgich chiqish
kuchlanishining kirish kuchlanishi nisbatiga teng) qiymati ancha katta bo‘lganida
Uchiq>> Ukir bo‘ladi, shuning uchun Ukip ning qiymatini hisobga olmasa ham bo‘ladi.

U holda


EΣ=Uchik=Ichik∙R.

Shunday qilib, rezistor orqali o‘tayotgan tok kuchi amalda elektrod tizimida


hosil bo‘ladigan EYUK ga mutanosib bo‘ladi. Uning kattaligini o‘lchab, Ex ning va
binobarin, eritma rN miqdorini aniqlash mumkin. O‘zgartkichda o‘lchash chegaralari 10 dan 100 mV gacha bo‘lgan o‘ziyozar
potensiometrlarni ulash uchun kuchlanish va tok bo‘yicha chiqishlari bor. Harorat
kompensasiyasi 0 dan 100°S gacha. Sezgir elementdan o‘zgartkichgacha yo‘l
qo‘yiladigan eng katta masofa 150 m. CHiqish signallari o‘zgarmas tok bo‘yicha 0—5 mA; o‘zgarmas tok kuchlanishi bo‘yicha 0 dan (10—100) mV gacha.
Ko‘rsatishlarni aniqlash vaqti 10 s.rN-201 asbobida rN sonlarini o‘lchashning besh
chegarasi bor: 1; 2,5; 5; 10; 15. Elektr chiqish signallari bo‘yicha asosiy xatolik ±1%. ko‘rsatuvchi asbob bo‘yicha ±2%.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish