Birikkan genlar haqida tushuncha. Kulrang tana – normal qanot va qoramtir tana – kalta qanot belgilarini yuzaga chiqaradigan genlar asosan birgalikda nasldan naslga o‘tadi, ya’ni boshqacha aytganda, o‘zaro birikkan holda bo‘ladi. Bu birikish genlarning muayyan bir xromosomada joylashganligiga bog‘liq. Shunung uchun meyozda bu genlar tarqalib ketmaydi, balki birgalikda nasldan-naslga o‘tadi. Bir xromosomada joylashgan genlarning birikish hodisasi Morgan qonuni bilan mashhur. Bir-biriga birikkan genlar guruhining soni muayyan turdagi xromosomalarning gaploid soniga mos keladi. Tadqiqotlarga qaraganda, genlarning qayta kombinatsiyalanishiga sabab shuki, meyoz jarayonida gomologik xromosomalar konyugatsiyalanganda ularning ma’lum bir foizi o‘z qismlarini ayirboshlaydi yoki boshqacha aytganda, bir-biri bilan chalkashadi. Bunda dastlab gomologik xromosomalarning birida joylashgan genlar endi turli gomologik xromosomalarga o‘tib qolishi aniq bo‘ladi. Ular qayta kombinatsiyalanadi. Turli genlarning chalkashish foizi turlicha bo‘lib qoladi. Bu ular orasidagi masofaga bog‘liq. Genlar xromosomada bir-biriga qancha yaqin joylashsa chalkashganda ular shuncha kam ajraladi, birikish foizi shuncha yuqori bo‘ladi. Chunkibunda xromosomalar turli qismlari bilan almashinadi va bir-biriga yaqin joylashgan genlarning birga bo‘lish ehtimoli ko‘p bo‘ladi. Ana shu qonuniyatlarga asoslanib, genetik jihatdan yaxshi o‘rganilgan organizmlarda xromosomalarning genetik xaritasi tuzilgan. Ma’lum birikish guruhga kirgan gеnlarning joylashish tasviri gеnе- http:eduportal.uz tik xarita dеyiladi. Xaritada har qaysi xromosomada genlarning joylashish tartibi, ularning soni, belgisi, orasidagi masofa ko‘rsatiladi. Masalan, drozofila pashshasida uning 4 ta xromosomasida 500 genning joylashgani aniqlangan. Drozofila pashshasida gomologik xromosomalarning chalkashishi va qismlarining almashinishi faqat urg‘ochilarda sodir bo‘ladi. Erkak pashshalarda bu bosqich bo‘lmaydi, shuning uchun ularda bitta xromosomada joylashgan genlarning birikishi to‘liq
birikish hisoblanadi. Ana shu sababga ko‘ra, tahlil qiluvchi chatishtirish uchun urg‘ochi pashshalarni olish kerak Organik olamda jinsiy farqlarning kelib chiqishi, jinsni aniqlash mexanizmi, jinslar o‘rtasidagi nisbatlarni o‘rganish biologiya uchun nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Hayvonlar jinsi sun’iy yo‘l bilan boshqarilganda edi, qishloq xo‘jaligi uchun juda katta foyda keltirgan bo‘lardi. Jins tuxum hujayra urug‘langandan keyin ma’lum bo‘ladi. Ayrim jinsli organizmlarda (jumladan odamda ham) jinslar nisbati odatda 1:1 ni tashkil etadi. Ko‘pchilik ayrim jinsli organizmlarning erkak va urg‘ochilarida xromosomalari bir xil emas. Ana shu tafovutlar bilan drozofiladagi xromosomalar soni misolida tanishib chiqaylik. Drozofilada xromosoma to‘plami diploid holda 8 ta bo‘ladi. Uch juft xromosomalari jihatidan olganda erkak va urg‘ochi organizmlarda bir-biridan farq qilmaydi. Lekin bir juft xususiga kelganda muhim tafovutlar mavjud. Urg‘ochisida ikkita bir xil (juft) tayoqchasimon xromosomalar bor; erkagida bunday xromosoma faqat bitta, uning juftini ikki yelkali alohida bir xromosoma tashkil etadi. Erkaklari bilan urg‘ochilarida farq qilmaydigan, bir xildagi xromosomalar autosomalar deb ataladi. Erkaklari bilan urg‘ochilarida bir-biridan farq qiladigan xromosomalar esa jinsiy xromosomalar deyiladi. Shunday qilib, drozofilaning xromosomalar soni oltita autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan tashkil topadi. Urg‘ochi pashshada qo‘shaloq holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka holda bo‘ladigan tayoqchasimon jinsiy xromosoma X-xromosoma, ikkinchi jinsiy xromosoma (urg‘ochi pashshada bo‘lmaydigan, erkak pashshada ikki yelkali bo‘ladigan xromosoma) Y-xromosoma deyiladi. Erkak va urg‘ochi pashshaning xromosomalar to‘plamidagi bu jinsiy tafovutlar ko‘payish jarayonida qanday saqlanib qoladi? Bu savolga javob berish uchun meyoz va urug‘lanishda xromosomalar qanday holatda bo‘lishini aniqlab olish zarur. Urg‘ochi pashshaning jinsiy xromosomalari yetilayotganda meyoz natijasida har bir tuxum hujayraga to‘rtta xromosomadan iborat gaploid to‘plam, shu jumladan, bittadan X-xromosoma o‘tadi. Meyozda erkak pashshada ikki xil spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Jinsiy xromosomalar hujayraning qarama-qarshi qutblariga tarqalib ketadi. X-xromosoma bir qutbga, Y-xromosoma ikkinchi qutbga boradi. Shu tufayli erkak pashshalarda ikki xil spermatozoidlar teng
miqdorda hosil bo‘ladi. Bir xil spermatozoidlar 3 ta autosoma bilan bitta X-xromosoma, boshqalarida uchta autosoma bilan bitta Y-xromosoma bo‘ladi. Urug‘lanishda ikkita kombinatsiya bo‘lish ehtimoli bir xil. Tuxum hujayrani X yoki Y-xromosomali sperma urug‘lantirishi mumkin. Birinchi holda urug‘langan tuxumdan urg‘ochi pashsha, ikkinchi holda erkak pashsha rivojlanadi. Organizmning jinsi urug‘lanish vaqtida belgilanadi va zigotaning xromosomalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Jins belgilanishining xromosoma mexanizmi odamda ham xuddi drozofiladagi kabi bir xil. Odam xromosomalarining diploid soni – 46 ta. Shu songa 22 juft autosoma va 2 ta jinsiy mosoma kiradi. Ayollarda jinsiy xromosomalar XX, erkaklarda – XY-xromosomadan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, erkaklarda ikki xil spermatozoidlar – X va Y-xromosomali spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Ayrim jinsli ba’zi organizmlarda (masalan, ba’zi hasharotlarda) Y-xromosoma umuman bo‘lmaydi. Bunday hollarda erkagining xromosomalari bittaga yetishmaydi: X va Y-xromosomalar o‘rnida bitta X-xromosoma bo‘ladi. Bu holda meyoz jarayonida erkak gametalar hosil bo‘lib kelayotganida X-xromosomada kon’yugatsiya uchun sherigi bo‘lmaydi va hujayralarning biriga o‘tadi. Natijada, barcha spermatozoidlarning yarmisi X-xromosomali, qolgan yarmisi esa undan mahrum bo‘ladi. Tuxum hujayra X-xromosomali spermiy bilan urug‘lansa, ikkita – X-xromosomasi bo‘ladigan to‘plam yuzaga keladi va bunday tuxumdan urg‘ochi organizm rivojlanib boradi. Tuxum hujayra X-xromosoma yo‘q spermiy bilan urug‘lansa, u holda bitta X-xromosomasi bo‘lgan organizm bunyodga keladi, u erkak bo‘lib chiqadi. Shu bilan birga, tabiatda jins belgilanishining boshqa turi ham borki, u urg‘ochi jinsning geterogametali bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Bu o‘rinda yuqorida ko‘rib o‘tilgan munosabatlarning teskarisi bo‘ladi. Urg‘ochi jinsga har xil jinsiy xromosomalar XY-xromosoma