Bir yodgorlik tarixi: Amir Temurning otliq haykali qanday yaratilgan?



Download 19,68 Kb.
Sana08.04.2020
Hajmi19,68 Kb.
#43398
Bog'liq
amir temur[1]

Bir yodgorlik tarixi: Amir Temurning otliq haykali qanday yaratilgan?


O‘zbekiston – madaniyati boy qadimiy mamlakatdir. O‘rta Osiyodagi hech bir respublika O‘zbekiston singari qadim madaniyat va moziyning ko‘p sonli yodgorliklariga ega emas. Respublikamiz zamini – bu insoniyat paydo bo‘lganidan, to yirik davlatlar tashkil topgangacha bo‘lgan turli davrlarning ajoyib tarixiy yodgorliklarini saqlab kelayotgan o‘ziga xos qimmatbaho zahiradir. Toshkentning Amir Temur xiyobonida qad ko‘targan Amir Temur haykali haykaltaroshlikning tengsiz namunalaridan biri ekanligi shubhasiz. Amir Temur nomidagi xiyobon — shaharning alohida belgilangan maydoni, boshlang‘ich koordinatasi timsolidir. Madaniyat, san’at, fanning alohida gullagan payti o‘sha davr bilan belgilanadi.

Yodgorlik haqida gapirishdan oldin mazkur xiyobonning yaratilish tarixiga, chavandoz haykaligacha qanday yodgorliklar bo‘lganligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bu borada biz keksa shaharlik, tarix o‘qituvchisi Mahmud akaga murojaat qildik. Buni u quyidagicha sharhlaydi:



Xiyobon daraxtlari shox-shabbalari ostida qo‘p voqealar bo‘lib o‘tdi. Mazkur xiyobonda dastlab 1882-yil Toshkentda vafot etgan general-gubernator Konstantin Kaufman qabri joylashgan edi. O‘tgan asr boshlarida bu yerda Konstantin xiyoboni bo‘lgan va Toshkentdagi birinchi haykaltaroshlik kompozitsiyasi o‘rnatilgan edi. 1919 – 1926-yillarda bu yerni o‘sha paytlarda rusum bo‘lgan konstruktivistik uslubda ishlangan, bir vaqtning o‘zida targ‘ibot vazifasini bajaruvchi «O‘roq va bolg‘a» yodgorligi bezab turar edi. Urushdan keyin esa xiyobonning “xo‘jayin”i Stalin haykali bo‘ldi. 1968-yilda Karl Marks monumentini o‘rnatishdi. Monument 1993-yilgacha, haqiqiy xalq qahramoni – Amir Temur saylanguncha “yashadi”. Endilikda poytaxtimiz markazida xiyobon va metro bekatiga o‘z nomini bergan mashhur sarkarda jangovor otida viqor bilan o‘tiribdi. Hozirda buyuk sarkarda Amir Temur monumenti joylashgan yer tarixi Toshkent tarixida eng boy voqealar davri bo‘lgan.

1994-yil 31-avgust, mustaqillik arafasida taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov bronzadan quyma yasagan Amir Temur haykali Toshkent aholisiga taqdim etildi. Haykaltarosh akademik maktab vakili, usta haykaltarosh ko‘p marotaba dunyo bo‘ylab sayohat qildi, Meksikada Rivera, Orasko va Sikeyros haykallarini ko‘rib o‘z ijodini qayta nigohidan o‘tkazdi. Aynan shu ijodiy safar natijasida Badiiy Akademiya akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ilhom Jabborov biz bugun ko‘rib turgan otliq Amir Temur haykalini mana shunday ajoyib ko‘rinishda yaratdi.

2009-yil noyabrida hukumat qaroriga muvofiq, Amir Temur xiyoboni tubdan qayta tiklandi: ko‘pchiligining yoshi 100 dan o‘tgan keksa daraxtlar kesib tashlandi. Xiyobon hududida hashar uyushtirilib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirildi, ko‘rkam, go‘zal va shinam bog‘-xiyobon vujudga keltirildi. Turli manzarali daraxtlar, gullar ekilib, zamonaviy favvoralar o‘rnatildi.

Bizga yosh shaharlik, Huquqshunoslik instituti talabasi Alisherning xiyobon zamonaviy ko‘rinishi borasidagi fikrini bilish qiziqarli bo‘ldi:



O‘zgarishlar natijasida xiyobon yorug‘ bo‘ldi. Institutimiz tomonidan endilikda buyuk sarkarda Amir Temur haykali, shuningdek, Forumlar Saroyi hamda “O‘zbekiston” mehmonxonasi juda yaxshi ko‘rinib turadi. Bundan yarim asr muqaddam qurilgan kurantning yana bir ayni nusxasi qurilishi ham a’lo bo‘ldi. Bu ikkala egizak minoralar poytaxtimiz markaziy xiyoboniga uyg‘unlashtirildi. Hozirgi kunda yangilangan Amir Temur xiyoboni tugallangan kompozitsiyani vujudga keltirib, poytaxtimiz zamonaviy ko‘rinishini yanada jonlantirdi.

Amir Temur haykali shahrimizdagi asosiy yodgorlik sanaladi. Amir Temur o‘rta asrlarning kuchli siyosiy arbobi va sarkardasi bo‘lib, 200 yil hukm surgan va Kavkazdan Xitoygacha, Sibirdan Hindistongacha hududni egallagan yirik va yagona imperiyani tuzgan. Temurning salobatli turishi va yuqoriga cho‘zilgan qo‘li homiylik, xalqqa tinchlik va xotirjamlik va’da berishining ramzidir. Shahrimiz haykaltarosh Ilhom Jabborovning yangi ijod namunalari bilan boyshiga, ular qadim o‘zbek zaminida asrlar davomida turishiga umid qilib qolamiz.



ozodlik haykali dunyoning eng tanilgan obidalaridan biri boʻlib, 1886 yil AQSh - N'yu-Y'ork shahrida qurilgan. Ozodlik haykali, AQShning eng katta timsollaridan biridir.

Misdan yasalgan Ozodlik Haykali, Fransiyatarafidan qurulishining 100-yili sababli AQShga sovgʻa qilingan. Haykal, 1884-1886yillari orasida Frederic Bartholdi tarafidan qurilgan. Haykalning Po'lat skiletini yasuvchisi Gustave Eiffel, poydevorini quruvchisi esa Richard Morris edi. Ozodlik haykali AQSh - N'yu-Y'ork shahridagi Ozodlik orolidajoylashgan

Haykalning oʻng qoʻlida mashʼal, chap qoʻlida esa bir jadval bor. Jadvalning ustida 4 iyul1776 yil deb yozilgan (Mustaqillikni bildiruvchi sana). Mashʼalning esa 7 dengizni ifodalovchi 7 uchi bor. Haykalning uzunligi 46 m boʻlib, poydevori bilan birga 93 m dir. Turistlar haykalning ichidan mashʼalgacha 168 zinapoyadan iborat boʻlgan zinadan chiqishlari mumkin. Haykalning mashʼal ushlab turgan oʻng qoʻlining uzunligi 23 metrdir. Mashʼalning atrofidagi boʻshliqda tahminan 15 kishi bemalol yon-mayon yursa boʻladi. Haykalning boshining kengligi 2 metr, boshidagi tojining uzunligi esa 5 metrdan iborat.

Ozodlik haykali, uni koʻrishni hohlagan barcha turistlar uchun ochiq. Uni koʻrish, zinasidan eng tepasigacha chiqib N'yu-Y'orkmanzaralarini tamosha qilish uchun, haykal joylashganN'yu-Y'orkdagi Ozodlik oroligaborish yetarli.

Haykalga, Singer tikuv mashinalariningquruvchisi Isaac Singerning xotini Isabelle Eufenie Boyer modellik qilgan. Ozodlik Haykali 1884 yilda Fransiyada qurib boʻlingandan 1 yil son'gra 350 parchaga boʻlinib 214 sandiq ichida N'yu-Y'orkga keltirildi. Boʻlaklar, 4 oy ichida poydevorning ustiga birlashtirilib yangidan qurildi va 28 oktabr 1886 yilda minglarcha tamoshabinlarning qarshisida ochilishi eʼlon qilindi.



Ozodlik Haykali, 1984 yil UNESCOning Dunyo madaniyat me'rosi jadvalida oʻz oʻrnini egalladi.

Bu Haykalning nusʼhalari boshqa shaharlarda ham mavjuddir. Misol uchun Parijda Ozodlik Haykalining nusʼhalaridan biri mavjud. U nuska Atlantika okeaniga qaratilgan holda qurilgan. Ulardan biri Parijda, Atlantika okeaniga qaratilib qurilgan. Haykalning qolgan nusʼhalari NevadaPekinOsakaBordeauxkabi shaharlarda ham mavjud.
Download 19,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish