3 – tajriba. Toluolni nitrolash
Probirkaga 5 tomchi kons. HNO3 va 5 tomchi kons. H2SO4 kislota tomizing, ya`ni nitrolovchi aralashmani tayyorlang. Aralashmaga 4-5 tomchi toluol qo’shib probirkani chayqating. 1-2 daqiqadan so’ng aralashmani suvli stakanga quying. Probirka tubiga nitrotoluolning og’ir tomchilari cho’kadi:
Probirka qizdirilganda esa o- va p- mononitro va dinitrotoluollar aralashmasi hosil bo’ladi. Nitrolash muhitiga qarab o- va p- izomerlar hamda mono- va dinitro – hosilalar o’zaro har xil nisbatda bo’lishi mumkin. Benzol gomologlari benzolga nisbatan oson nitrolanadi. Aromatik uglevodorodlarda yon zanjir qancha ko’p bo’lsa, nitrolash reaksiyasi shuncha oson bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |