Bir soatlik ochiq dars ishlanmasi



Download 322,5 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi322,5 Kb.
#19220




SAMARQAND VILOYATI SAMARQAND

TUMAN 2-son IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTA`LIM MAKTAB BOSHLANG`iCH SINF O`QITUVCHISI sAttorova sanobarNING


FANIDAN

BIR SOATLIK OCHIQ

DARS ISHLANMASI

Samarqand 2016 yil

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu


Otlarda birlik va ko`plik

Mavzuga doir tayanch so`zlar

Kim? nima? Kimlar? Nimalar?shaxs, bola, buvijon, ota, qor, chana, dehqon, bog`bon, kasbga oid so`zlarga so`roq berib, ularni farqlashni o`rganish

Mavzuning qisqacha ta’rifi



O'quvchilarni birlik va ko'plikdagi otlar bilan tanishtirish, birlikdagi otlar bilan ko'plikdagi otlarni farqlash, mashqlarni to`g`ri bajarish va husnixat asosida yozish malakasini rivojlantirish;

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi



Metod: : ,,Blits”so`rov metodi,Tarmoqli klaster”,,Charxpalak”metodlari asosida

Shakl: jamoa, guruh bilan ishlash.

Jihoz: mavzuga oid rasmlar,videofilmlar, multimediyalar, tarqatmalar asosida.

Nazorat: o`quvchilarni darsda faolligi kuzatilib, husnixatlari nazoratga olinadi.

Baholash: o`quvchilar baholanib, rag`batlantirilib, reytingi dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Ta’limiy maqsad:o'quvchilarni birlik va ko'plikdagi otlar bilan tanishtirish, birlikdagi otlar bilan ko'plikdagi otlarni farqlash, mashqlarni to`g`ri bajarish va husnixat asosida yozish malakasini rivojlantirish;

Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik, hamjihatlik, kasblarga nisbatan mehr, sinf jihozlarini avaylab asrash kabi ijobiy sifatlarni tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: birlikdagi va ko`plikdagi otlarni farqlash ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.


Kutilayotgan natija

Dars yakunida o`quvchilar kim? nima? Kimlar? Nimalar? so`roqlariga javob berish malakasiga ega bo`lishadi.Birlikdagi va ko`plikdagiotlarni farqlashni o`rganadilar. O`quvchilarda do`stlik, hamjihatlik, kasblarni sevish xususiyatlarini shakllanadi



Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

I bosqich

Tashkiliy qism



  1. Salomlashish, yil fasllari haqida suhbat.

  2. O`quvchilar davomati aniqlanadi.

  3. Har bir o`quvchining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

Suhbat

3 daqiqa

II bosqich

O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash



Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan: husnixat bilan yozish, mashqlarni bajarishga faol qatnashish, dars shiori ishlab chiqish;

O`tilgan darsni ,,Tezkor savol- javob” metodi orqali so`rab baholash;




Munozara

5 daqiqa

III bosqich

Yangi mavzu bayoni



1. Yangi mavzu otishga tayyorgarlik ko`rish;

2. O`qituvchi ot so`z turkumi,haqida tushuncha beradi va birlikdagi hamda ko`plikdagi otlarni farqlashni ko`rgazmalar orqali tushuntiradi

3.“Tarmoqli klaster” usuli orqali o`quvchilar bilimi tekshiriladi;

4. Mashqlar bajariladi;



Suhbat

Musobaqa

Suhbat

Husnixat



Og`zaki savol-javob

20 daqiqa



IV bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash



Yangi mavzuni turli o`yinlar orqali mustahkamlanadi.,,Charxpalak” metodi orqali mustahkamlanadi.

Didaktik o`yin

7 daqiqa

V bosqich

Baholash.

Dars yakuni


O`quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi va dars yakunlanadi. Rag`bat kartochkalari beriladi.

Og`zaki

3 daqiqa

VI bosqich

Uyga vazifa



223-mashq tushuntiriladi.

Tushuntirish

2 daqiqa



Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

O`qituvchi sinfga kiradi. O`quvchilar bilan salomlashadi.

O`qituvchi: Aziz oquvchilar, bugun kim navbatchi?

O`quvchi: Bugun men navbatchi.

O`qituvchi: Yilda nechta fasl bor?

O`quvchi: 4 ta.

O`qituvchi: Hozir qaysi fasl?

O`quvchi: Qish fasli.

O`qituvchi: Qish faslida qaysi buyuk allomalarni tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz?

O`quvchi: G`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy va Mirzo Boburning tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz?

O`qituvchi: Hozir qaysi oy?

O`quvchi: Fevral oyi.

O`qituvchi bolalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.

O`qituvchi: Aziz bolajonlar, darsga hamma tayyormi?

Hamma o`quvchilar o`quv qurollari borligini ya’ni: daftar, darslik, kundalik, ruchka, qora qalamlarini tekshirib chiqadi.

O`qituvchi: Demak, hamma darsga tayyor. Bolajon, bizlar dars davomida nimalarga, qaysi qoidalarga rioya qilishimiz kerak?

O`quvchilar: Biz ona tili darsida asosan husnixat bilan yozish va mashqlarni bajarishga faol qatnashishimiz kerak.

O`qituvchi: Ona tili darsining shiorini aytamiz.

O`quvchilar: Ona tili darsimiz,

Onam tili darsimiz.

O`zbek tilini chuqurroq

O`rganishdir burchimiz.

II. O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.

O`qituvchi: Balli, dono bolalarim. Hozir biz siz bilan,, Tezkor savol- javob” so`rov metodi asosida o`tilgan mavzuni mustahkamlaymiz.



выноска со стрелкой вниз 4выноска со стрелкой вниз 7выноска со стрелкой вниз 8 DONOLAR ZUKKOLAR ZIYRAKLAR


Soylar to`lib oqadi,

Qizlar chechak taqadi,

Xushbo`y hidlar sochadi.

Bu qaysi fasl?

Ishlaringiz ,,besh” bo`lsin!

Quvonch sizga yor bo`lsin

Hoy, bolalar ,bolalar,

Chamandagi lolalar




Turnalar hoy turnalar

Pastlab uchingiz

Bizning ko`l va daryolar

Bag`rin quchingiz

III-Yangi mavzuning bayoni:,, Otlarda birlik va ko`plik”.

Shaxs va narsani bildirib kim? yoki nima?so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar



ot deyiladi.

Otlar birlik shaklida (o'quvchi, bulbul) va ko'p shaklida (o'quvchilar, bulbullar) qo'llanadi.

Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so'rog'iga javob bo`ladi.

Ko'plikdagi otlar kimlar? yoki nimalar? so‘rog'iga javob bo'ladi.



-lar qo'shimchasi birlikdagi otdan ko'plikdagi ot hosil qiladi.

Qoida! Otlar birlik shaklida (o'quvchi, bulbul)

va ko'plik shaklida (o'quvchilar, bulbullar) qo'llanadi.

Birlikdagi otlar kirn? yoki n i m a ? so'rog'iga, ko'plikdagi otlar kimlar? yoki ni malar? so'ro­g'iga javob bo'ladi.

-lar qo'shimchasi birlikdagi otdan ko'plikdagi otni hosil qiladi. Bir shaxs va narsani bildirgan ot birlikdagi ot, birdan ortiq shaxs va narsani bildirgan ot ko'plikdagi ot ekanini esda tuting!



221- mashq .

Gaplarni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan otlarga savol bering.
1. O'quvchi topshiriqni to'g'ri bajardi. 2. O'quvchilar sayohatga tayyorgarlik ko'rdilar. 3. Bulbullar gulzorda sayraydi. 4. Bulbul qafasda yashay olmaydi. 5. Qal-dirg'ochlar ilk bahorda uchib keladi. 6. Ayvonga qaldirg'och uya qurdi. 7. Men o'qigan kitob juda qiziq ekan. 8. Kutubxonada kitoblar saqlanadi.
Bir narsa va shaxsni bildirgan otlar bilan birdan ortiq narsa va shaxsni bildirgan otlarni aniqlang, namunada ko'rsatilganidek ikki ustunga ajratib yozing.


N a m u n a:
Birlikdagi otlar: Ko'plikdagi otlar:

о 'quvchi о 'quvchilar


N

Birlikdagi otlar

Ko`plikdagi otlar

1

O'quvchi

. O'quvchilar

2

. Bulbul

Bulbullar

3

qaldirg'och

Qaldirg'ochlar

4

kitob

kitoblar



Dam olish daqiqasi
Husnixat derlar meni,

Kimki chiroyli yozsa,

Biling shuni do`stlarim,

Maqtayman uni rosa.



Maqollar bahsi

Ilmsiz - bir yashar, Ilmli - ming yashar.



Ona yurting - oltin beshiging.

Izzat tilasang, ko'p dema, . Sihat tilasang, ko'p yema.

Do'st bo'lsang, do'stingning aybini tuzat.

Duo bilan el ko'karar, Yomg'ir bilan yer ko'karar.

El qo'risang, o'zarsan, Qo'rimasang, to'zarsan.

Vaqting ketdi - naqding ketdi.


222- mashq. O'qing.

Qo'shiq kuylar qizaloq,

Tinglar bog'lar, dalalar,

Ovozi sho'x qo'ng'iroq,



Qo'shiq nurday taralar (Rauf Tolib)
Ko`plikdagi otlarni birlikdagi otlarga aylantirib yozing.
Kuylar – kuy

Bog`lar- bog`

Dalalar- dala

IV-Yangi mavzuni mustahkamlash:
,,Charxpalak” metodi asosida

I-guruh


N

Birlikdagi otlar

Ko`plikdagi otlar

1

kitob

?

2

qalam

?

3

ruchka

?

4

qog`oz

?



II-guruh


N

Birlikdagi otlar

Ko`plikdagi otlar

1

?

olmalar

2

?

noklar

3

?

uzumlar

4

?

qovunlar



III-guruh


N

Birlikdagi otlar

Ko`plikdagi otlar

1

terak

?

2

chinor

?

3

archa

?

4

qayin

?


V-Baholash.

Rag`bat kartochkalari orqali o`quvchilar bilimlarini baholash. Baholash marosimida har bir o`quvchining bahosini izohlab berish. Baholash vaqtida o`quvchilarni shaxsiy munosabatlarini emas, balki bilimlarini, sayu-harakatlarini hisobga olish.






VI-Uyga vazifa.

223-mashq. Berilgan qoidani yodda tuting!




Download 322,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish